Ikkinchi yo’nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan mintaqalar, xususan yirik shaharlarga nisbatan cheklash usullarini qo’llash (ma’muriy yoki moliyaviy cheklashlar orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishga chek qo’yish orqali hududiy tafovutlar kuchayishining oldi olinadi. Mazkur usul dunyoning deyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida aglomeratsiya markazlariga nisbatan keng qo’llaniladi. O’zbekistonda yirik va katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishni oldini olish, kichik shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini rivojlantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |