19
Xulosa
Erkin iqtisodiy munosabatlar joriy etilayotgan sharoitda mehnat
munosabatlari sohasida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan himoya
qilishni ta'minlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa mehnatga oid
munosabatlarni shartnomaviy tartibga solishning roli oshgan hozirgi bir paytda
nafaqat qonunlar bilan, balki lokal normativ hujjatlar(jamoa shartnomalari, jamoa
kelishuvlari, mukofotlash to„g„risidagi qoidalar) va mehnat shartnomasida
xodimlarning qo„shimcha mehnat huquqlari belgilab qo„yilmoqda. Xodimlarning
mehnat vazifalarini bajarish bilan bog„liq holda ularga taqdim etilgan huquqlarga
rioya etish ish beruvchilar, shuningdek boshqa barcha nazorat qiluvchi organlar
uchun majburiy hisoblanadi.
Fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirish shakli sifatida
mehnat shartnomasi muhim ahamiyat kasb etadi va ish beruvchilar bilan xodimlar
o„rtasida mehnatga oid munosabatlarni yo„lga qo„yishda mehnat shartnomasini
tuzishshga alohida talablar qo„yilganki, ularga rioya qilmaslik xodimlar
huquqlarini buzish hisobalanadi hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday
holatlar ularning iqtisodiy manfaatlariga jiddiy salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Xodimlar mehnat vazifalarini bajarish bilan bog„liq huquqlari buzilgan yoki
manfaatlariga zarar yetkazilgan degan xulosaga kelsalar o„zining buzilgan
huquqlarini ish beruvchidan tiklab berishlarini so„rashlari hamda yetkazilgan
zararni qoplashni talab qilishlari mumkin. Xodimlarning huquqlarini korxona
doirasida himoya qilishda kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik
organlari, shuningdek mehnat jamoalari katta rol o„ynaydi va ular bu sohada aniq
vakolatlarga ega.
Shuningdek,
xodimlarning
huquqlari
himoya
qilinishida
mehnat
qonunchiligiga rioya qilishini nazorat qiluvchi tashkilotlar, xususan prokuratura
organlari, mehnat huquq va mehnat texnika inspeksiyalari, davlat sanitariya,
yong„indan himoya qiluvchi, konlarda mehnatni muhofaza qiluvchi bo„limlar
faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Ular tizimli ravishda xodimlar mehnat
huquqlariga ish beruvchi tomonidan rioya qilinishini muntazam kuzatib boradilar.
Xodimlar o„zining buzilgan huquqlarini turli davlat organlariga murojaat
qilish orqali tiklash imkoniyatiga egalar. Jumladan, g„ayriqonuniy ravishda ishdan
bo„shatilgan xodim ishga tiklash to„g„risidagi ariza bilan korxonaning yuqori
turuvchi organiga, sud idoralariga murojaat qilishlar mumkinligi qonun bilan
kafolatlangan.
Mehnat shartnomalarini tuzishda amaliyotda ko„pincha g„ayriqonuniy
shartlar kiritish, ularni xodimlar tomonidan tan olinishi, mehnat shartnomalarini
rasmiylashtirish muddatlariga rioya qilmaslik, o„z vaqtida buyruq chiqarmaslik
hamda buyruq bilan xodimlarni tanishtirmaslik kabi salbiy oqibatlar odatiy holga
aylanib qolgan va ular bartaraf etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: