Ishning maqsadi fizikani o‘rganishda 9-sinflarda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
Fizika darslarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish muammosini o‘rganish maqsadida pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish.
9-sinflar uchun fizika bo‘yicha nisbatan taniqli bo‘lgan kompyuter dasturlarini tahlil qilish.
9-sinf fizika darslarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Ishlab chiqilgan metodikani eksperimental sinovdan o‘tkazish.
Qo‘yilgan vazifalarni echish uchun quyidagi metodlardan foydalaniladi:
dissertatsiya ishi muammosiga bag‘ishlangan psixologik-pedagogik va o‘quv-metodik adabiyotlarni tahlilini o‘tkazish;
fizikani o‘qitishda kompyuterlardan foydalanuvchi fizika fani o‘qituvchilari tajribasini tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |