O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti qo‘lyozma huquqida usmonova sohiba toyir qizi fizikani o‘qitishda kompyuter texnologiyalardan foydalanishning o‘rni



Download 1,03 Mb.
bet2/22
Sana31.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#235138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Магистерлик диссертацияси Сохиба2

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Keyingi yillarda Respublikamizda amal qilinayotgan ta’lim to‘g‘risidagi qonunlarda ta’lim tizimini isloh qilish vazifasi belgilanib, barcha ta’lim muassasalariga fanlarning o‘qitilishini zamonaviylik, insonparvarlik, beriladigan bilimlar ko‘lamini hayotiy jarayonlar bilan ta’minlash, buning uchun o‘qitishning zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo‘llash kabi talablar qo‘yilgan.

Ma’lumki, Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida so‘zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va oliy ta’lim muassasalariga jadallik bilan olib kirish g‘oyasi ilgari surilgan edi. 2002 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” to‘g‘risidagi Qarori e’lon qilindi.

Bulardan ko‘rinadiki, hozirgi paytda fizika ta’limiga innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini jadal tadbiq etish pedagogik-uslubiy g‘oyaga aylangan. Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga kirib kelishi ayniqsa fizika fanini o‘qitishda yangi turdagi mashg‘ulot turlarining (fizik model bilan tanishuv, kompyuterda tajriba o‘tkazish, eksperimental masalalar echish, tadqiqot olib borish, ijodiy topshiriq) vujudga keltirishga sabab bo‘ldi. Bular orasida fizika ta’limini asosiy muammolaridan biri axborot texnologiyalarini keng joriy etish, laboratoriyalarning virtual stendlarini yaratish, fizik jarayonlarni modellashtirish shu kunning dolzarb muammolaridan biridir.

Jamiyat taraqqiyoti, mamlakatimizda ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan islohatlar jahon andozasiga mos etuk va yuqori darajada fikrlaydigan kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu esa o‘qitishni ham mazmun, ham uslub jihatdan yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga olib keladi. Shu munosabat bilan ilmiy-metodik izlanishlar olib borish, jumladan kompyuter texnologiyalarini ta’lim tizimida foydalanishga oid yangi turdagi dastur va darsliklarning yangi avlodini yaratish, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini tashkillashtirish zaruriyati tug‘iladi. Ma’lumki, fizika fanini o‘qitishda va tajribalar o‘tkazishda ma’lum muammolarga duch kelinadi. Bu muammolar laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan texnik jihozlarning yetarli emasligi, ularning qimmat narxda ekanligi va ma’lum fizik jarayonlarni oddiy laboratoriya jihozlari orqali amalga oshirishning imkoniyati yo‘qligi shuningdek, masofali ta’limda fizikadan laboratoriya ishlarini tashkillashtirish muammosi va boshqa sababalarni o‘z ichiga oladi. Fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarida virtual laboratoriya ishlari orqali fizik jarayonga murakkab bo‘lgan shartlarini (havoning qarshilik kuchlarini hisobga olish va boshqa shartlarini e’tiborga olish orqali) kiritish o‘z navbatida o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va oliy ta’lim fizikasini o‘qitishda uzliksizligini ta’minlashga erishish mumkin.

Fizika fanini o‘rganishda laboratoriya ishlarini bajarish muhim o‘rin egallaydi. O‘quv jarayonida laboratoriya mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish muammosi murakkab va ko‘p qirralidir.

Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuterlardan foydalanish muammosi bilan S.E.Kamenets, V.V.Laptev, E.M.Ravodin, I.V.Robert, E.I.Mashbits, A.I.Rakitov va boshqalar shug‘ullangan. Informatsion vositalardan foydalanish teskari aloqaning sifatini oshirishga yordam beradi. Lekin ko‘pchilik o‘qituvchilar uchun kompyuter bilan ishlash, ayniqsa multimediyali kurslar bilan ishlash muammo bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham, fizikani o‘rganishda kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish metodikasini yaratish zaruriyati vujudga kelmoqda. Bu texnologiyani 9-sinflarga olib kirish nisbatan xaqiqatga yaqin bo‘ladi, chunki, o‘quvchilar texnika bilan ishlashga tayyor va buning uchun yetarlicha vaqti ham mavjuddir[12].

Bugungi kunda fizikaning turli bo‘limlarini kompyuterni qo‘llab o‘rganish bo‘yicha ko‘plab ishlar mavjud bo‘lsada, biz tanishishga muyassar bo‘lgan dasturlarning barchasi ham qulay foydalanuvchi interfeysiga, sifatli grafik rasmiylashtirish va yetarlicha metodik ishlanmalarga ega emas. Ularning ko‘pchiligi hanuzgacha DOS – interfeysiga ega, lekin grafik interfeys nisbatan qulaydir. Sifatsiz animatsiyalardan foydalanish esa, o‘quvchilarda sodir bo‘layotgan jarayonlarga nisbatan noto‘g‘ri taasurot qoldirishi mumkin. Haqiqatga yaqin animatsiyalar esa o‘quvchilarda jarayonlarni idrok etishiga yordam beradi. Yaxshi tuzilgan praktikumlar murakkab jarayon va hodisalarni to‘g‘ri tushunishga turtki bo‘ladi va o‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqishni faollashtiradi.

Shuningdek, hozirgi kunda fizikaviy eksperimentlarni kompyuterda modellashtirish bo‘yicha juda ko‘plab ta’lim dasturlari mavjud. Pedagogik dasturiy vositalar tanlovi juda keng qamrovli bo‘lib, oddiy o‘qituvchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan talab etiladigan axborotlar makonida o‘zini yo‘qotib qo‘ymoqda.

Shuning uchun ham fizika fani o‘qituvchilarini o‘z faoliyati davomida darslarni tashkillashtirish uchun yordam beruvchi tayyor kompyuter mahsulotlari bilan tanishtirish zarur. Buning uchun esa fizika bo‘yicha dasturiy-metodik materiallarni tahlil qilish, ularni tizimlashtirish va tayyor dasturiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha aniq tavsiyalarni taklif etish talab etiladi. Bularning barchasi tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslaydi.


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish