2.2. FIZIK MASALALARNI ECHISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITALARIDAN FOYDALANISH
Bugungi jamiyatda axborot texnologiyalaridan foydalanish inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida amaliy zaruriyatga aylanmoqda. Bu texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasining maktab partasidan shakllantirishi ko‘pchilik hollarda bugungi o‘quvchi kasbiy tayyorgarligining muvaffaqqiyatli bo‘lishligini aniqlaydi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu ko‘nikmalarni egallash nisbatan samaraliroq bo‘ladi, qachonki bu jarayon nafaqat informatika darslarida, balki barcha fan o‘qituvchilari darslarida o‘z davomi va rivojini topsagina. Bu yondoshuv yangi talablarni ilgari suradi, yangi texnikani o‘zlashtirishga majbur qiladi va zamonaviy axborot o‘qitish muhitidan foydalanishga asoslangan o‘qitishning yangi metodikalarini yaratishni talab etadi.
XXI asr – axborot texnologiyalari asri bo‘lganligi bois, har qanday o‘qituvchi, jumladan fizika o‘qituvchisi ham axborot – kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirishi lozim, demak, o‘quvchilarni turli xil manbalardan, masalan elektron manbalardan axborotlarni ola bilishga o‘rgatish zarur. Bugungi kun o‘qituvchisiga xizmat qiluvchi ko‘plab axborot, ta’lim portallari, ta’lim saytlari va multimediya kurslari mavjud.
Respublikamiz ta’lim muassasalarida bu jarayonni tashkillashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Barcha ta’lim muassasalarida internetga chiqish, barcha fan o‘qituvchilariga va o‘quvchilariga yetarli darajada kompyuterlar, multimediyali proektorlar, DVD – pleerlar imkoniyatlari muxayyo.
Axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi fanni chuqurlashtirilib etkazishi hisobiga o‘quv jarayonini individuallashtirish imkoniyatini berish bilan bir qatorda elementar bilim va malakalarni qayta ishlash imkoniyatini ham yaratadi. Ko‘pchilik maktablarda o‘qituvchi bir xil rivojlanish, bilim va malaka, idrok etish tempi kabi indiviual sifatlarga ega o‘quvchilar bilan ishlashga majburdir. Kompyuter har bir o‘quvchiga mustaqil ishlash imkoniyatini berishi hisobiga past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilimi oshadi va kuchli o‘quvchilar esa tashlab qo‘yilmaydi.
Axborot texnologiyalarini qo‘llashning yana bir imkoniyati – o‘quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishdir. O‘quvchi nazorat testlarini yechadi, masalani tushungan holda mustaqil ishlaydi va shuning hisobiga unda fanga qiziqishi ortadi, fanni o‘zlashtirishiga va bajargan ishiga qarab baho olishligiga ishonchi ortib boradi. O‘z javoblarining natijalariga qarab yo‘l qo‘yilgan xatolarini mustaqil ko‘rishi va ularni tahlil qilishi yoki elektron testdagi yordamlarga qarab tuzatishi mumkin. Kompyuterdan foydalanishning yana bir afzalligi – o‘quvchilarni bir xil amallarni qayta bajarish kabi og‘ir mehnatdan ozod etadi, tajribalarni tezkor bajarilishini ta’minlaydi va shuningdek, miqdorlarning bir biriga naqadar bog‘liqligini ko‘rishi mumkin.
Eng muhim imkoniyatlaridan biri esa, ba’zi fizik jarayonlar va hodisalarni, masalan, jismning erkin tushishi, bosim, harorat o‘zgarganda gazning o‘zini tutishi, harakat parametrlari o‘zgarganda tebranish grafigining o‘zgarishi kabi holatlarni kompyuterda modellashtirish imkoniyatining mavjudligidir. Bunday modellar hodisaning fizikaviy mohiyatini chuqur anglash imkoniyatini beradi.
Asosiy muammo shundaki, ularni yaratish uchun materiallarni qidirish qanday kechishida. Taqdimot materiallarining asosiy manbai sotuvdagi multimediyali disklar, Internet tarmog‘idagi materiallar va o‘qituvchi tomonidan yaratilgan ishlanmalar. Axborot manbalari orasida Internet tarmog‘ini alohida qayd etish lozim, unda har xil fizik jarayonlarni namoyish etuvchi ko‘p sondagi fotografiyalar va videofilmlar erkin joylashtirilgan. Bu turdagi materiallarni o‘zida mujassam etuvchi saytlar soni doimiy ravishda oshib bormoqda, masalan, “Fizika v animatsiyax” (http://www.infoline.ru/g23/5495; videouroki.ru) sayti bo‘lib, unda ko‘plab fizik jarayonlarning animatsion sxemalarini topish mumkin. Moskva Universiteti fizika fakultetining (http://phys.web.ru) saytida ko‘plab yangi va qiziqarli materiallar va foydali resurslarga murojaatlarni ko‘rish mumkin. Bu yerdan yangi astronomik ma’lumotlarni, chiroyli fizik hodisa va animatsiyalarni topish mumkin. Axborot texnologiyalarini qo‘llash natijasida fizikaga qiziqish ortadi, ta’lim sifati ko‘tariladi, idrok etish faoliyati faollashadi, ilmiy fikrlash shakllantiriladi, individuallashgan va tabaqalashtirilgan yondoshuv amalga oshiriladi, shaxsning ijodiy rivojlanishi kuchayadi va o‘quvchilarda axborot texnologiyalari bilan ishlash qobiliyati ham ko‘tarilib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |