O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti qo‘lyozma huquqida usmonova sohiba toyir qizi fizikani o‘qitishda kompyuter texnologiyalardan foydalanishning o‘rni


III-BOB. FIZIKA DARSLARIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH BO‘YICHA METODIK TAVSIYALAR



Download 1,03 Mb.
bet16/22
Sana31.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#235138
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Магистерлик диссертацияси Сохиба2

III-BOB. FIZIKA DARSLARIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH BO‘YICHA METODIK TAVSIYALAR

    1. 3.1. 9-SINF FIZIKASIDA KOMPYUTERLI LABORATORIYALARINI BAJARISH BO‘YICHA TAVSIYALAR


Yangi informatsion texnologiyalarning o‘quv jarayonlariga qo‘llanilishi o‘qitish samaradorligi keskin ortib borishiga olib kelmoqda. Informatsion texnologiyalarning o‘quv jarayoniga qo‘llanilishida avvalo ta’lim prinsiplariga amal qilinadi. Biz yuqorida sanab o‘tgan barcha metodlar va tamoyillarsiz bunday texnologiyalarni ta’limda samarali qo‘llash mumkin emas. Ma’lumki: fizik praktikumlarni keyingi yillarda kompyuterlashtirish borasida izlanishlar tobora ko‘plab olib borilmoqda. Praktikumni bajarish davomida o‘lchanayotgan barcha kattaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga maxsus o‘zgartirgichlar orqali yuboriladi. Kompyuterda har qanday kichik o‘zgarishlarni va bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni uzluksiz kuzatib borish imkoniyati yaratiladi. O‘lchash aniqligi keskin ortadi va osonlashadi. Ushbu qisqagina mavzuda interfeys (muloqot vositasi) asoslarini to‘la bayon etish fikridan juda yiroqdamiz, lekin o‘zbek tilida bu sohada adabiyotlar umuman yo‘qligini hisobga olib, fizik o‘lchashlarda interfeysdan foydalanishning mexanizmini qisqacha bayon etishni ma’qul deb topdik. Hozirgi kunda zamonaviy ishlab chiqarishda ham keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Ularning mohiyati shundaki, rivojlanish oqibatida fundamental fanlarning yutuqlari juda tez amaliyotga kirib kelmoqda. Shu sababli o‘qitish jarayonida oldingi davr (klassik) laboratoriya metodikasiga asoslangan ta’lim tizimining boshqa bosqichlari sharoitida bajarishning imkoniyati bo‘lmagan zamonaviy amaliy ishlarni bajarilishi zarur bo‘lib qoldi. Aks holda, o‘quvchi fundamental fanni bilsa ham, uni amaliyotga talab darajasida umuman qo‘llay olmaydi. Masalan: razryadlanish kondensator sig‘imiga va zanjirning tarkibiga bog‘liq. Bunday holatlar esa, nainki radiotexnikada, balki avtomatikada ham katta ro‘l o‘ynaydi, ya’ni zanjirning ozgina o‘zgarishi bilan zaryad xususiyatlari keskin o‘zgarib ketishi mumkin. O‘qituvchi bunday holatlar bo‘yicha amaliy tushunchaga ega bo‘lishi kerak. Shundagina u amaliyotda qo‘llaniladigan yuqoridagiga o‘xshash jarayonlarni tushuna oladi, zarur bo‘lsa, boshqara oladi yoki o‘z navbatida umumta’lim maktablarida kompyuterdan foydalanib dars bera oladi. Bu fikrlar va tanlangan misoldan maqsad, kompyutersiz bunday laboratoriya ishlarini bajarish mumkin emasligini ko‘rsatishdan iboratdir. Demak, kompyuter texnologiyalaridan foydalanadigan bo‘lsak, oldingi sharoitda umuman bajarib bo‘lmaydigan ishlarni ham bajarish mumkin va laboratoriya ishlarining samaradorligini keskin oshirishimiz imkoni yaratiladi. Yana shuni aytish kerakki, yuqorida aytilgan fikrlarni eslatgan holda kompyuter bilan laboratoriya ishlari bajarilganda ko‘p hollarda ular fundamental tadqiqotlarni rang-barang natijalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Deyarli barcha fizik kattaliklarning o‘zgarish vaqtlari yuqoridagi talablarga to‘la to‘kis javob beradi. Avvalo bunga qo‘llanilgan tajriba usuli mos keladi. Albatta yuqorida aytilganlarning barchasi har bir fizik parametrni sezgir elementini chiziqli diapazoni uchun o‘rinlidir. Amalda qo‘llanilgan sezgir elementlarni nazariy tahlil qilish ancha qiyin masala va maxsus izlanishlarni talab qiladi. Lekin tajribada aniqlangan xatoliklar nisbatan qaralganda ancha yuqori ekanligi aniqlandi.

Bugungi kunda ta’lim, ilm-fan, texnologiya kabi sohalarda katta qiziqish uyg‘otadigan kompyuter axborot tizimlari mavjud. Bundan tashqari, ilm-fan, texnologiyaning uzluksiz rivojlanishi yangi axborot tizimlarining paydo bo‘lishiga, mavjud bo‘lganlarini rivojlantirishga va takomillashtirishga olib keladi. Ta’limga kelsak, yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek kompleks modernizatsiya nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda alohida e'tiborga ega bo‘lgan asosiy masalalardir. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini joriy etish amaldagi ta’lim texnologiyalarini samarali to‘ldirgan yoki an'anaviy ta’lim shakllaridan qo‘shimcha afzalliklarga ega bo‘lganligi bilan ustuvorligi ta’minlanadi. Misol uchun, fizikani o‘qitishda virtual laboratoriya ishlaridan foydalanish laboratoriya ishini yanada sifatli va qiziqarli qilish imkonini beradi, shuningdek, ta’lim sifatini yaxshilaydi.

Fizika ilmiy va texnologik taraqqiyotning asosi bo‘lganligi sababli, fizikaning qiymati va fizikaning o‘rni tobora ortib bormoqda. Inson faoliyati deyarli barcha sohalarida fizikaviy bilim va fizikaviy usullarni talab qiladi. Fizikaviy bilim va ko‘nikmalardan foydalanish har bir kishi uchun kundalik hayotning amaliy muammolarini hal qilish uchun zarurdir.


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish