O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti qo‘lyozma huquqida usmonova sohiba toyir qizi fizikani o‘qitishda kompyuter texnologiyalardan foydalanishning o‘rni



Download 1,03 Mb.
bet14/22
Sana31.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#235138
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Магистерлик диссертацияси Сохиба2

Atom va yadro fizikasi. Atom tarkibidagi elektron harakati, elektron tuzilishi, yadro tuzilishi, elementar zarralar va uning tarkibiy qismlari, harakterlovchi qonun va kattaliklami o‘rganishda ham o‘ziga xos muammolar mavjud.

Bu bo‘limlarga oid o‘quv eksperimentini amalga oshirishda eksperimental o‘qituv usuli va texnikasida ham o‘ziga xos muammolar mavjud. O‘quv muassasalarida o‘qitishning eng samarali usullaridan bin o‘qitishning texnik vositalaridan keng foydalanib o‘qitishdir. Fotografiya, o‘qitishning statik ekran vositalari diaproektor, epiproektor va universal proektsion apparatlar, o‘quv kinosi, televidenie, programmali eshittiruv, o‘rgatuvchi programmali mashinalardan unumli foydalanish o‘qituvchining o‘quvchiga ta’sirini kuchaytiradi va o‘qitish jarayoni samarali bo‘ladi. O‘quv-tarbiya jarayonida O‘TVdan keng foydalanish quyidagilami keltirib chiqaradi:

    1. o‘qitishning ko‘rgazmaliligini oshiradi, materialni oson o‘zlashtirish omili bo‘ladi;

    2. o‘rganilayotgan hodisa, jarayon yoki ixtiyoriy mazmun haqida aniqroq va to‘laroq ma’lumot berishga imkon beradi, bu bilim sifatini va yashovchanligini orttiradi;

    3. bilim berishning yangi va takomillashgan shakllarini topish va ma’lumlarini takomillashtirish va rivojlantirishda o‘qituvchi imkoniyatini kengaytiradi.

O‘quv-tarbiya ishlarida vazifasi, didaktik ahamiyati, mashg‘ulotlarning maqsadi va xiliga bog‘liq holda turli ko‘rgazmali vositalar qo‘llaniladi. O‘quv muassasalarida o‘qitiladigan fanlarning muvaffaqiyatli o‘qitilishi o‘qituvchining materialni ko‘rgazmali va obrazli, ta’sirli bayon qilishiga, o‘qitishning tasviriy va ovozli texnikaviy vositalaridan foydalanib, jonli obrazlar yarata olishiga bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchi haqiqiy manzarani aniq tasvirlab beruvchi ko‘rgazmali vositalardan foydalanishni obrazli nutqi bilan uyg‘unlashtirib olib borsa, o‘quv-tarbiya faoliyatida yuqori samaraga erishadi. O‘qitish va tarbiya vositalari ekran vositalari, ovozli vositalar va ovozli ekran vositalariga ajratilishi mumkin. Ovozsiz kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar, ovozsiz videofilmlar, ovozsiz disketdagi tasvirlar ekran vositalaridir. Ovozni magnit plyonkaga, kinolentaga yozish, gramplastinkalar, disketlarga yozish va qayta eshittirish ovozli vositalarga kiradi. Ovozli kinofilmlar, videofilmlar, disketlar, diapozitiv va diafilmlar, o‘quv teleshittirishlari ovozli ekran vositalariga kiradi. Bu vositalar audiovizual o‘qituv va tarbiya vositalar (AVO‘TV) ovozli ko‘rish vositalari deyiladi. Ularni namoyish etishda o‘ziga xos texnik vositalar (apparatlar)dan foydalaniladi. Fotorasm, diapozitiv, slayd, diafilmlar tayyorlashda fotoapparatlardan, ularni namoyish etishda esa diaproektor, epiproektor, universal proektsion apparatlardan, kodoskop (grafoproektor) lardan foydalaniladi. Ovozli vositalami namoyish etishda esa patefon, proigrivatel (gramplastinka), magnitofon (magnit lentalar), kompyuter (disketdagi ovoz) dan foydalaniladi. Ovozli tasvirli lentalar (kinolentalar, videolentalar, disketlar) ni esa kinoapparatlar, videomagnitofonlar va kompyuterlardan foydalanib namoyish etiladi. Audiovizual qo‘llanmalaming didaktik funktsiyalari turlicha bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

      1. materialni qabul qilish va o‘zlashtirish uchun hamda ko‘rish-eshitish printsipidagi bilimlar va tasawurlar manbai;

      2. mustaqil ishlami tashkil qilish uchun qo‘llanmalar, mashqlar;

      3. bilimlami namoyish qilish, tashkil qilish, qaytarish, umumlashtirish va sistemalashtirish vositalari bo‘lib xizmat qiladi.

Audiovizual o‘quv-tarbiya vositalari (O‘TV) quyidagilarga imkon beradi:

  1. ravon, ta’sirli namoyish qilish hisobiga absrakt materialni bayon qilishda o‘quvchilaming fazoviy tasavvurlarini aniqlashtirishga;

  2. predmetning xossalari, turi, strukturasi, tuzilishi va asosiy qismlari haqida aniq tasavvur hosil qilishga;

  3. murakkab bo‘lgan o‘quv materialining asosiy masalalariga kino materiallarini fragment qilib ko‘rsatish bilan o‘quvchilar diqqatini jalb qilishga;

  4. kam uchraydigan va xavfli hodisalami, asosiy tajribalar va noyob asboblami ishonchli idrok qilishni ta’minlashga;

  5. u yoki bu fizik hodisaning jarayon mexanizmini molekula, atom, yadro yoki elektron darajasida o‘rganishiga;

  6. mashina va mexanizmlaming, asboblar va qurilmalaming detal va qismlarining tuzilishi hamda ishlash printsipini tushuntirishga;

  7. transport, qurilish, aloqa, sanoat va qishloq xo‘jaiik ishlab chiqarishda asosiy fizik hodisalaming ko‘rinishlari bilan tanishishiga;

  8. maktab fizika kursining bo‘limlari bilan bevosita aloqasi bo‘lgan fan- texnika programmasining yo‘nalishlari bilan, xususan, mexanizatsiyalash, issiqlik texnikasi va energetikasi, materiallami ishlab chiqish va qayta ishlash texnologiyasi, elektrlashtirish va radiolashtirish, atom energetikasi va optik asboblar bilan tanishishga;

  9. fan-texnika taraqqiyoti manzarasini ochib berishga;

  10. fan-texnika kashfiyotlarining ochilishiga to‘g‘ri kelgan davrdagi tarixiy sharoitni tasavvur qilishga.

Bundan tashqari AVO‘TV emotsional ta’sir qilish orqali o‘rganilayotgan masalaga tinglovchilarning qiziqishini uyg‘otadi, diqqatini, ijodiy fikrlashini, kuzatuvchanligini, xotirasi va mantiqiy fikrlashini o‘stiradi. O‘quv muassasalarda AVO‘TV va o‘qitishning texnik vositalari (apparaturalari) talab darajasida ta’min etilgan bo‘lsa, o‘qituvchi ulardan to‘g‘ri va unumli foydalansa, o‘qitish samarali bo‘ladi. Keyingi yillarda ushbu ta’minotda kamchiliklar paydo bo‘ldi va u ma’lum muammolami keltirib chiqardi:

    1. O‘zbekistondagi bu sohadagi isMab chiqarish jahon talabi darajasiga etmadi va u O‘zbekiston o‘quv muassasalarini ta’minlay olmaydi;

    2. horijdan katta mablag hisobiga olanayotgan (Koreya, Xitoy, . ) zamonaviy qurollar va vositalaming oz qismigina ishlatilmoqda;

    3. o‘quv muassasalari Yangicha jixozlanmagan holda sobiq ittifoq davridagi jixozlardan foydalanish keskin susaydi;

    4. sanab o‘tilgan omillar o‘quvchi va talabalarda bilim olishga intilishni susayishiga, o‘qitish samaradorligi pasayishiga olib keldi.

Kompyuter bankida ko‘p miqdorda va katta hajmda turli ma’lumotlarni jamg‘arish mumkin. Fizika o‘qitish metodikasiga oid nazariy materiallami, masalalar va ulaming echimlarini, laboratoriya va amaliyot ishlari qurilmalarini o‘rganish bo‘yicha, ularda lajriba o‘tkazish usullari va yo‘l-yo‘riqlari haqidagi elektron qo‘llanmalar, namoyish tajribalarini amalga oshirish jarayoni bo‘yicha, uy tajriba va kuzatishlari, mustaqil tajribalar bo‘yicha turli ma’lumotlami kompyuter bankiga kiritish va disketlarga yozib olish murnkin. Ular ovozli, ovoz va tasvirli, tasvirli oqqora va rangli tasvirda yozilgan bo‘lishi mumkin. Mazkur ta’lim-tarbiya va texnik vositalardan fizika o‘qitishda barcha mashg‘ulotlarda bilim berishda, olingan bilimni mustahkamlashda, olingan bilimni hisobga olish va nazorat etishda foydalanish mumkin. Bayon etiigan fikrlarning amalga oshirilishi fizika o‘qitish samaradorligini keskin oshiradi. Fizika o‘qitishda kompyuter imkoniyatlaridan to‘la foydalanishda o‘quv muassasalarini kompyuter qurilmalari bilan talab darajasida ta’min etilmaganlik va undan foylanuvchilaming “kompyuter savodxonligi”ning pastligi muammolari mavjud bo‘lib, ushbu muammolar yaqin yillarda hal etiladi. Fizika o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Fizika o‘qitishda rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun o‘quv tajribasi imkoniyatlarini kuchaytirish zarur. O‘quv tajribasining barcha turlarida axborot texnologiyasi tarkibiga kirishiluvchi radio, televidenie, kompyuter tizimi, telefon va telegraf tizimi, o‘qitishning texnik vositalari (O‘TV), o‘quv-tarbiya vositalari (audiokameralar, videokassetalar, videofilm, kinofilm, diapozitivlar, slaydlar, grammplastinkalar, magnitlentalar, kinofilm lentalari, kompyuter disketlari va fleyshlari, . . .) kompyuter tizimida muloqot va internet tarmogi, kompyuter vositasida bilim olish, multimediadan foydalanish, radio, telefidenie va kompyuter yordamida konferentsiya va seminarlar uyushtirishdan foydalanish fizika o‘qitish samaradorligini yanada oshiradi. Hozirgi kunda o‘qitishning texnik vositalari ta’minoti (texnik ta’minoti), o‘quv-tarbiyaviy vositalar ta’minoti (dasturiy ta’minot) va axborot vositalari ta’minoti (informatsion ta’minot) alohida mavjud bo‘lsada, ulardan foydalanib fizika o‘qitishni tashkil etish (tashkiliy ta’minot) va ulami o‘quv tajribasi sifatida amalda qo‘llash (tadbiq etish ta’minoti) amalga oshirilmagan. Uni amalga oshirishda kompyuterlashtirish va kompyuter savodxonligini kuchaytirish muammosini hal etish vazifasi turadi[11].


    1. Download 1,03 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish