O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya



Download 231,21 Kb.
bet6/36
Sana31.12.2021
Hajmi231,21 Kb.
#235135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
amaliy 25980

AMALIY MASHG’ULOT №2

Mavzu: Standart, ularning turlari, ishlab chiqish tartiblari, tasdiqlanishi, standartlarni ro’yxatdan o’tish tartibi.
Mashg’ulotning maqsadi: Standart, ularning turlari, ishlab chiqish tartiblari, tasdiqlanishi, standartlarni ro’yxatdan o’tish tartibi.

Topshiriqlar:

  1. Standartlashtirish tug’risida respublika qonuni

  2. Standartlashtirish asosiy tushunchalar va atamalar.

  3. Standart, ularning turlari.

  4. Standartlarni ishlab chiqish, kelishib olish tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi bilan tanishish.

  5. Standartlashtirish usullarini o’rganish.

  6. Parametrik standartlashtirish bo’yicha bilimlar hosil qilish.



Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo’lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko’p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo’naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi.

Jumladan, bu faoliyat standartlar va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo’ladi. Mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifasiga mos kelishi, savdodagi g’ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko’maklashish standartlashtirishning muhim natijasi bo’lib hisoblanadi.

Standart so’zi inglizcha “Standart” so’zidan olingan bo’lib, me’yor, o’lcham, andoza degan ma’nolarni bildirib me’yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi.

Standart deganda ko’pchilik manfatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo’naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlari yoki natijalariga tegishli bo’lgan umumiy va takror qo’llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjat tushuniladi.

Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslanishi va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.

Standartlar darajasiga qarab halqaro, davlat, korxona va hudud miqyosida faoliyat ko’rsatadi.

Mahsulotning hamma hayotiy davrida (tadqiqot va loyihalash, iste’mol yoki ishlatilishida) sifatni yetarli darajada boshqarishni amalga oshirish uchun standartlar va texnikaviy shartlar majmuining zarurligi sezilib, ular esa sifatni boshqarishda tashkiliy, texnikaviy asos bo’lib hisoblanadi.

Mahsulot tadqiqot va loyihalash bosqichida standartlashtirish yordamida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi.

- mazkur mahsulotning sifat tavsiflarini kompleks standartlashtirish aso-sida tayyor mahsulotga, shuningdek fan va texnika yutuqlarini va xorijdagi iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarni inobatga olib hamda xom ashyoga, materiallarga, yarim fabrikatlarga va komplektlanuvchi buyumlarga talablar belgilaydi;

- mahsulotning vazifasiga va ishlatilishiga qarab, unga yagona sifat ko’rsat-kichi tizimini aniqlaydi;

optimal sifatni ta’minlash uchun mahsulotni loyihalashda normalar, ta-lablar va usullar belgilaydi;

- ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sharoitlari asosi hisoblangan bir-xillashtirish (har xillikni boshqarish) darajasini oshirishni, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, fan va texnika taraqqiyotini tezlashtirish, mahsulotni ishlab chiqarishda, uni ishlatishda va ta’mirlashda mehnat unumdorligini oshirishni belgilaydi.

Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo’yish bosqichida mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o’zlash-tirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralari-dagi munosabatlarni yaxshilashga yo’naltirilgan.

Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o’z vaqtida yuqori sifatli loyiha-konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko’rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo’lsa mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.

Mahsulot ishlab chiqarish bosqichida mahsulotning xususiyatlarini va uning tavsiflarini, korxonaning tashkiliy-texnikaviy darajasini, korxona ichidagi ixtisoslashtirishni, ishchi va muhandislarning tajribasini, sifat bo’yicha korxonadagi ishlarni ma’suliyatli tashkil etishni korxona standarti hisobga oladi.

Standartlashtirish mahsulot muomalada bo’lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.

Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko’rilmoqda.

Standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan, ya’ni:

- atamalarni standartlashtirish;

- o’lchov va sinov uskunalarini va ularni konstruktsiyasiga va mahsulot tex-nologiyasiga bog’lab standartlashtirish;

- mahsulotning o’zini standartlashtirishdan iborat.

Davlatimizda standartlashtirishni rivojlanishi sanalariga nazar tashlasak, Respublikada standartlashtirish ishlarini boshlanishi 1923 yilda Toshkent shaxrida Turkiston tosh tarozilar Markaziy byurosini tashkil etilishi bilan belgilanadi.

Keyinchalik 1926 yilda Standartlashtirish byurosi tashkil etiladi. 1933 yilda bu byuro O’zbekiston bo’yicha tosh va tarozilar ishlari bo’yicha markaziy boshqarmaga va keyinchalik standartlashtirish va metrologiya O’zbekiston Marka-ziga aylantiriladi. 1973 yilda O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish boshqarmasiga aylantiriladi.

1992 yilda O’zbekiston mustaqillikka erishganiga ko’p o’tmay Respublika Vazirlar Mahkamasining 2 mart 93-sonli qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzurida O’zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi qilib yangidan tashkil etiladi (O’zdavstandart).

2002 yilda esa “O’zdavstandart” Vazirlar Mahkamasining 3 oktyabrь 342-sonli qarori bilan O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikat-lashtirish agentligi (“O’zstandart” agentligi) ga aylantirildi.

“Standartlashtirish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “O’zstandart” agentligi standartlashtirish ishlarini o’tkazishning umu-miy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan xamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1993 yilning 28 dekabrida imzolangan “Standartlashrishi to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni standartlashtirish bo’yicha qoidalar, me’yoriy hujjatlar, standartlar ustidan davlat nazorati, unga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va ularning hayotga tatbiq etilishi, standartlashtirish bo’yicha ishlarni o’tkazishning yanada yuqoriroq rivojlanish bosqichiga ko’tarilishiga asos bo’ladi.

“Standartlashtirish to’g’risida” gi qonun 4 bo’limdan iborat bo’lib, bu bo’limlar 12 moddani o’z ichiga olgan. Qonunda standartlashtirishning asosiy maqsadlari aniq va ravshan ko’rsatilib, ifodalab berilgan. O’zbekiston Respubli-kasida standartlashtirish ishlarini o’tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko’satadi. SHuningdek, qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni ushbu qonunni qo’llashga doir yo’riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar.



Qonunning ikkinchi bo’limi standartlashtirishga doir normativ hujjatlarga bag’ishlangan. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar yoritilgan. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O’zbekis-ton Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lishi, ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozimligi ko’rsatil-gan. Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo’l qo’yilmasligi qayd etilgan.

Qonunning uchinchi bo’limida standartlar ustidan davlat nazoratini tashkil etilishi yoritilgan. Uchinchi bo’limning sakkizinchi moddasida idoraviy bo’ysu-nuvi va mulk shaklidan qat’iy nazar ho’jalik faoliyati sub’ektlarining, shuningdek, shu jumladan sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, tayyor-lash, saqlash, tashish, foydalanish, ta’mirlash va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati ob’ekti hisoblanishi aytilgan.

Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi 9 moddada kelti-rilgan. Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari, davlat boshqaruv organlari-ning vakillari ekanligi ko’rsatilgan.

Qonunda davlat yo’li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg’alash huquqini olgan ho’jalik faoliyati sub’ektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash va rag’bat-lantirish chora-tadbirlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo-nidan belgilanishi ko’rsatilgan.

Standartlashtirish bo’yicha asosiy atamalar va tushunchalar O’zbekiston Respublikasi standarti O’z RST 1.10-93 keltirilgan. Ya’ni fan va texnikada ishlatiladigan standartlashtirish sohasidagi asosiy tushunchalarning atamalari va ta’riflari belgilangan.

Standartda belgilangan atamalar hujjatlarning hamma turlarida, ilmiy, texnikaviy, o’quv va ma’lumotnoma adabiyotlarida qo’llanilishi shart. Boshqa hollarda bu atamaning qo’llanishi ixtiyoriyligi ko’rsatilgan.

Ushbu ma’ruzaning standartlashtirish roli va rivojlanishi mavzusida standartlashtirish tushunchasini ta’rifi berilib, uning ahamiyati yoritilgan edi. Endi standartlashtirish ob’ekti degan tushuncha bilan tanishamiz.

Odatda standartlashtirish ob’ekti sifatida standartlashtiriladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.

“Standartlashtirish ob’ekti” tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun “Mahsulot, jarayon, xizmat” iboralari qabul qilindi, buni xar qanday materialga, tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimga, ularning mosligiga, qoidasiga, ish olib borish tartibiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldordir deb tushunmoq kerak.



Standartlashtirish har qanday ob’ektning muayyan jihatlari (hususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, o’lchov asbobiga nisbatan yondashiladigan bo’lsa, uning korpusining shakli, aniqlik sinflari va sh.k. ni alohida standartlashtiriladi.

Standartlashtirish ob’ekti sifatidagi xizmat qilishni (xizmat shartlarini qo’shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini o’z ichiga oladi.

Standartlashtirishning boshqa ob’ektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlari tomonidan belgilanadi.

Odatda standartlashtirish bilan tegishli idoralar shug’ullanadi.

Standartlashtirish idorasi deganda milliy, mintaqaviy yoki xalqaro miqyosda tan olingan, nizomiga muvofiq asosiy vazifasi keng iste’molchilar ommasiga mo’ljallangan standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash yoki qabul qilish bilan shug’ullanuvchi standartlashtirish idorasi tushuniladi.

Halqaro standartlashtirish – barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin holda ishtirok etishi mumkin bo’lgan standartlashtirish.

Mintaqaviy standartlashtirish – dunyo miqyosida birgina jug’rofiy yoki iqtisodiy mintaqasiga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin bo’lgan standartlashtirish.

Milliy standartlashtirish – muayyan bir mamlakat doirasida o’tkaziladigan standartlashtirish.

Standartlashtirishda mahsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar, tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.

Standartlashtirish maqsadlari ko’p qirrali bo’lib, birxillashtirish (har xillikni boshqarish), bir turga keltirish, moslashuvchanlik, o’zaro almashinuvchanlik, sog’liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, tashqi-muhitni asrash va sh.k.o’z ichiga oladi.

Moslashuvchanlik deganda ma’lum sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun nomaqbul ta’sir ko’rsatmasdan mahsulot jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo’llanishiga yaroqliligi tushuniladi.

O’zaro almashinuvchanlik – bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o’rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqligidir. O’zaro almashinuvchanlik funktsional jihati “funktsio-nal o’zaro almashinuvchanlik” deb ataladi, o’lcham jihati esa “o’lchamli (geometrik) o’zaro almashinuvchanlik” deyiladi.

Birxillashtirish (xilma-xillikni boshqarish) ruschada unifikatsiya (upravlenie mnogoobraziem) deb muayyan ehtiyojni qondirish uchun zarur bo’lgan eng maqbul o’lchamlarni yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi.

Standartlashtirish sohasidagi ishlarda me’yoriy hujjat atamasi keng qo’llaniladi.

Me’yoriy (normativ) hujjat deb har xil faoliyat turlari va uning natijalariga daxldor qoidalar, umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiflarni o’zida qamrab olgan hujjatga aytiladi.

1. “Me’yoriy hujjat” atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek usuliy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o’z ichiga qamrab oladi.

Yuqorida standartlashtirishga oid ba’zi tushunchalarni O’z RST 1.10-93 da 70 tadan ortiq tushunchalar atamalari va ta’riflari berilgan.

2. O’z ichida yoki sathida axborot yozilgan har qanday axborot vositasini hujjat deb tushunmoq kerak.

3. Me’yoriy hujjatlarning har xil turlarini belgilaydigan atamalar bir butun hujjat va uning mazmuni tarzida ta’riflanadi.

Download 231,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish