Standart, ularning turlari.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo’llaniladi:
- xalqaro (davlatlararo, mintaqiy) standartlar;
- O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
- tarmoq standartlari;
- texnik shartlar;
- korxona standartlari;
- xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari;
- ma’muriy-hududiy standartlar.
Davlat yagona va uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo’llash tartibi “O’zstandart” tomonidan belgilanadi.
Standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlarning ta’riflari bilan tanishib chiqamiz.
Xalqaro standart – bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo’yicha) shug’ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo’lgan standart.
Mintaqaviy standart – bu standartlashtirish bilan shug’ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo’lgan standart.
Davlatlararo standart (GOST) – bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan standart.
Milliy standart – bu standartlashtirish bilan shug’ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo’lgan standart.
O’zbekiston Respublikasining davlat standarti – bu standartlashtirish bo’yicha davlat idorasi yoki boshqa tegishli huquqga ega bo’lgan Respublika idorasi (O’zstandart, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi) tomonidan tasdiqlangan standart.
Korxona standarti – bu mahsulotga, xizmat yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va uning tomonidan tasdiqlangan standart.
Texnikaviy shart – bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda, ishlab chiqaruvchi tomonidan, yoki buyurtmachi va ishlab chiqaruvchi bilan birgalikda, yoki buyurtmachi bilan tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) bo’lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjat.
Rahbariy hujjat – bu standartlashtirish idoralarining va xizmatlari-ning vazifalarini, burchlarini ayrim bosqichlarini bajarish usullari, tartibini va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat.
Standartlashtirish bo’yicha tavsiyanomalar – bu standartlashtirish bo’yicha milliy idora belgilagan tartibda uning huquqiy doirasidagi masalalar to’g’risida ish olib borish tartib va usullarini vazirliklar (mahkamalar), assotsiatsiyalar, kontsernlar, tashkilotlar, korxonalar uchun ixtiyoriy ravishda qo’llashga tavsiya qiladigan hujjat.
Yo’riqnoma (qoidalar) – bu ishlarni yoki ularning ayrim bosqichlarining mazmuni va tartibini belgilovchi me’yoriy hujjat.
Uslubiy ko’rsatmalar – bu ishlarni bajarish usullarini (yo’llarini, yo’sinlarini) belgilovchi me’yoriy hujjat.
Standartlashtirish ob’ektining o’ziga xos hususiyatlariga va unga belgilanadigan talablar mazmuniga bog’liq ravishda O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi asosiy turdagi standartlarni nazarda tutadi.
Standartlashtirish ob’ektlariga o’z navbatida quyidagilar:
- yagona texnikaviy tilni qo’shib hisoblaganda umumtexnikaviy ob’ektlar, umumiy mashinasozlikda qo’llaniladigan buyumlarning namunaviy konstruktsiyala-ri, materiallar va moddalarning hususiyati haqidagi ishonchli ma’lumotlar, texnikaviy-iqtisodiy axborotni tavsiflash va kodlash;
- aniq maqsadga yo’naltirilgan davlat ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va loyiha ob’ektlari;
- respublikaga (yoki muayyan korxonalarga) mahsulot yoki texnologiyasining raqobat qilish qobiliyatini oshirishni ta’minlash imkoniyatini beradigan fan va texnika yutuqlari;
- respublika ichki ehtiyojini qondirish uchun, shuningdek, boshqa davlatlarga eksport sifatida yetkazib berish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlari;
- standartlarning talablari va texnikaviy shartlarini halqaro, mintaqiy va sanoati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari talablari bilan uyg’unlashtirilishi kiradi.
“O’zstandart” agentligi, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va Sog’liqni saqlash vazirligi standartlashtirish bo’yicha tarmoqlararo ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun o’z huquqlari doirasida yo’riqnomalar, qoidalar, nizomlar, uslubiy ko’rsatmalar, rahbariy hujjatlarni va tavsiyalarni ishlab chiqadilar va manfaatdor tomonlar bilan kelishilgan holda tasdiqlaydilar.
O’zbekiston Respublikasida standartlarni ishlab chiqish, kelishish, tasiqlash va ro’yxatga olish tartibi O’zRST 1.1 – 92 standarti bilan belgilanadi.
Standartlar asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
- asosiy bo’luvchi tashkiliy-uslubiy standartlar;
- umumtexnikaviy standartlar;
- texnikaviy shartlar (mahsulot, jarayon, xizmatlar uchun) standartlari;
- texnikaviy talablar standartlari;
- nazorat usullari (sinovlar, analizlar, o’lchashlar, ta’riflar) standartlari.
Lozim bo’lgan taqdirda mahsulotning asosiy texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarini, uning nomlarini (turlarini) oqilona tarkibi va boshqa talablarni aniq belgilaydigan bir turdagi mahsulot guruhiga standart ishlab chiqilishi mumkin.
Asosiy bo’luvchi (tashkiliy-uslubiy) standart deganda ta’sir etish doirasi keng bo’lgan va ma’lum sohaga tegishli umumiy qoidalarni o’z tarkibiga olgan standart tushuniladi. Bunday standartlar tashkiliy-texnikaviy jarayonlar-ning bajarilishi, ishlab chiqish, ishlab chqarish ishlab chiqarish va mahsulotni qo’llash jarayonlari tartibini (qoidalarini), shuningdek faoliyatning muayyan sohasida ishlarni tashkil etishning asosiy (umumiy) qoidalarini belgilaydi.
Umumtexnikaviy standart deganda mahsulotni ishlab chiqarish jarayonlarida yaratish, ishlab chiqarish, muomalada bo’lish va iste’mol qilishning texnikaviy birligi va o’zaro bog’lanishni talab qiluvchi standart tushuniladi.
Umumtexnikaviy standartlar mahsulotning texnikaviy jihatdan bir-biriga mos bo’lishini va o’zaroalmashinuvini ta’minlash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish, shuningdek mehnat havfsizligi, atrof-muhitni zararli ta’sirlardan himoya qilish, namunaviy texnologik jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish (sinash) usullari, hujjatlarni birxillashtirish talablarini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi standartlari va texnikaviy shartlarini ishlab chiqish, odatda har bir manfaatdor korxona va tashkilotning muxtor vakili bo’lgan mutaxassislardan tashkil topgan texnikaviy qo’mitalar kuchi bilan yoki standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Barcha darajadagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazishning umumiy tartibi o’rnatilgan. O’zRST 1.1-92 “O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. O’zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi” standartiga binoan O’zbekiston Respublikasi standartini (keyinchalik-standart) standartlashtirish bo’yicha texnikaviy qo’mitalar, standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, korxonalar birlashmalari, korxonalar va tashkilotlarda ishlab chiqishlari mumkin. Turli tashkilotlar mutaxassislari ishchi guruhlari tomonidan standartni ishlab chiqishlariga yo’l qo’yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi ishlab chiquvchi tashkilotlar hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko’lamini va mudatlarini aniqlaydi.
Standartning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi tartibi GOST 1.5-85 ga muvofiq amalga oshiriladi.
Standartning ishlab chiqilishida tashkiliy-usuliy birlikka erishish va ishlab chiqilishi jarayonini nazoratini olib borish maqsadida 4 ta bosqich joriy etiladi.
1 – zaruriyat tug’ilganda standart loyihasini ishlab chiqishga texnikaviy topshiriq ishlab chiqish va tasdiqlatish;
2 – standart loyihasini birinchi taxririni ishlab chiqish va uni fikr- muloxazalar olish uchun yuborish;
3 – fikr-mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini oxirgi taxririni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashga taqdim etish;
4 – standartni tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish.
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini bir-biri bilan qo’shib olib borishga yo’l qo’yiladi.
Standart loyihasi texnikaviy qo’mita ish rejasiga, tasdiqlangan standartlashtirish jadvaliga, yangi mahsulot turlarini yaratish rejasiga, manfaatdor tashkilotlar taklifi va ishlab chiquvchi korxonalarning tashabbusiga binoan ishlab chiqiladi.
Standart loyihasiga tushuntirish xati ham tuziladi va lozim topilsa, standatni joriy qilish bo’yicha asosiy tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasi loyihasi ishlab chiqiladi.
Standart loyihasi, tushuntirish xati, asosiy tadbirlar rejasi loyihasi ro’yxat bo’yicha barcha manfaatdor tashkilotlarga fikr-mulohazalar olish uchun yuboriladi. Bular qabul qilgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay fikr-mulohazalarini standartni ishlab chiquvchi tashkilotga yuboradilar.
Fikr – mulohazalar asosida standart loyihasining so’nggi taxririni ishlab chiqiladi hamda tushuntirish xatini va asosiy tadbirlar rejasini loyihasini aniqlanadi.
Barcha rasmiy-tashkiliy ishlardan so’ng standart loyihasi tasdiqlashga ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan o’rnatilgan to’plamda beriladi.
O’zbekiston Respublikasi “O’zstandart” agentligi, Davarxitektqurilishqo’m, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va Sog’liqni saqlash vazirligi nomlari bo’yicha o’zlariga tegishli standartlarning loyihalarini hujjatlarini 15 kunda ko’rib chiqilishini, shuningdek, davlat ekspertizasidan o’tkazilishini ta’minlaydilar va tasdiqlash yoki kam-ko’stini to’g’rilash haqida qaror chiqaradilar.
O’zbekiston Respublikasi hududidagi standartlarni davlat ro’yxatiga olishni “O’zstandart” agentligi amalga oshiradi. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro’yxatidan o’tkaziladi. Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat’iy nazar, standartga raqamli belgini “O’zstandart” agentligi beradi.
Belgi o’z navbatida hujjatning ko’rsatkichidan – O`z DSt, ro’yxatning tartib raqamidan va tasdiqlangan yilning sonidan iborat bo’ladi. Masalan, O`z DSt 6.17.01: 1999 bunda 6.17.01 – ro’yxatning tartib raqamini va 1999 - tasdiqlangan yilini bildiradi.
Standartlarning yuqori sifatli qilib ishlab chiqilishi mahsulotlarning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlaydi. Yuqori sifatli standartlarni ishlab chiqishda standartlash usullaridan effektiv foydalanish katta ahamiyatga ega. Standartlashtirish usullari kompleksli standartlashtirish va oldindan standartlashtirishdan iborat.
Konkret (aniq) masala (problema)ni optimal (maqbul) ravishda yechish maqsadida kompleks standartlashtirish ob’ektini o’ziga, umuman va uning tarkibiy qismlariga hamda boshqa moddiy va moddiy bo’lmagan faktorlarga (omillarga) o’rnatilgan maqsadli va rejali hamda o’zaro bog’langan tizimli talablarni amalga oshirish orqali standartlashtirish – kompleks standartlashtirish deyiladi.
Kompleks standartlashtirish (KS) ob’ektlariga ta’sir etuvchi asosiy tarkibiy qismlari va boshqa omillari quyidagilarga bo’linadi:
moddiy kirish - xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar, detallar, uzellar - (yig’ma tugunlar), tutashmalar va boshqalar;
moddiymas kirish - xisoblash usullari, loyihalash, nazorat (sinov, o’lchash, taxlil), sifatni ta’minlash tizimi;
texnologik kuzatish - texnologik jixozlar, texnologik jarayon, kirish va texnologik nazorat.
KS ning yuqori texnik-iqtisodiy effektivligi (samaradorligi) qator muhim shartlarga rioya qilinganda ta’minlanadi:
tizimlilik – bu yerda KS ob’ekti o’ziga va asosiy elementlari, ya’ni shu ob’ektni yaratishda va foydalanishda qo’llanadigan elementlarga qo’yiladigan o’zaro bog’langan talablar;
komplekslik va maqbul cheklash – tizimlilik printsipiga rioya qilinganda KS ob’ektni sifatiga hal etuvchi ta’sir qiladigan elementlarnigina standartlash;
perspektivlik (istiqbollik) – KS ob’ektini o’zini va ob’ekt elementlarini umuman dunyo darajasi va ilm-fan va texnika rivojlanishi tendentsiyasiga mosligi darajasini inobatga olishni mo’ljallash;
amaldagi (xarakatdagi) standartlar bilan bog’lash, amaldagi me’yoriy xujjatlarning salmog’idan maqsadli xajmdagisini qo’llashni nazarda tutish;
realizatsiya (amalga oshirish) – kompleks, standartlashtirish rejasi (KSR) da nazarda ko’zda tutilgan barcha me’yoriy xujjatlar kompleksini o’z vaqtida joriy (vnedreniya) etilishini ta’minlash.
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarning murakkabligi va turliligi kompleks standartlashtirishga tizimli yondoshishni talab etadi.
O’zbekistonda 275 tadan ortiq KS rejalari ishlab chiqarilgan va amalga oshirilmoqda. Bu rejalar 10000 dan ortiq davlat va tarmoq standartlari va texnik shartlarni o’zaro bog’laydi. Masalan, maishiy muzlatkichlar, elektr maishiy asboblar, shoyi va paxtaqog’oz materiallari va boshqalar.
Oldindan standartlashtirish mustaqil qo’llaniladigan tugal tayyor buyumlarning va har xil texnikaviy tizimlarning birgalikda ishlatiladigan tugal tayyor buyumlarning texnika-iqtisodiy tavsiflariga o’zining sifati va darajasi bilan eng muhim ta’sir ko’rsatadigan xomashyo, materiallar, detallar, yig’ma tugunlar, yig’ma birliklar, budlovchi buyumlar, asboblar, namunaviy texnologik jarayonlarga bo’lgan talablarini oldindan standartlashtirishga oldindan standartlashtirish deyiladi.
Oldindan standartlashtirishda qator terminlar (atamalar) qo’llaniladi:
oldinlashgan standart (istiqbolli talabli davlat standartlari) –
mahsulot sifati va texnikaviy daraja pog’onalari bo’yicha differentsiallangan texnikaviy daraja va bir turdagi mahsulotlar turkumi sifatining asosiy ko’rsatkichlariga talablarni reglamentlaydigan “Umumiy texnik talablar” turidagi davlat standarti;
bir turdagi mahsulotlar turkumi - vazifasi va maqsadi, qo’llanish doirasi, tuzilishi va asosiy sifat ko’rsatkichlarining nomlari bir xil bo’lgan mahsulotning eng katta mumkin bo’lgan to’plami;
mahsulot sifati va texnik daraja bosqichi - asosiy standartda reglamentlashtirilgan (belgilangan) bir turdagi mahsulotlar turkumi yoki aniq mahsulot sifati va asosiy texnik daraja ko’rsatkichlarining majmui;
konkret (aniq) maxsulot – aniq (muayyan) kontruktiv-texnologik yechimli va maqsadli (funktsional) vazifasini konkret (aniq) ko’rsatkichli qiymatlari bilan tavsiflanadigan maxsulotning modellari (navi (marka), xili (tipi).
Oldindan standartlashtirishda me’yoriy hujjatlar mahsulotning hayoti davrining ilk bosqichlarida ishlab-chiqiladi va tasdiqlanadi. Bu holda pog’onali ko’rsatkichli standartlarni yaratish va normativ (me’yoriy) hujjatlarni yaratishni boshqarish funktsiyasini bajaradi.
Oldinlashgan standartlarni yaratish jarayonida ilm-fan va texnika rivojlanishi tekdentsiyasi (intilishi) ning yutuqlari inobatga olinadi. Bundan tashqari joriy qilishda va keyinchalik standartlardagi sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda inobatga olinadi.
Oldinlashgan standartlarni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqishni tashkil etish rejasi deb qarash mumkin.
O’zbekistonda istiqbolli standart sifatida qabul qilingan xalqaro standartlar ham oldinlashgan standart bo’lishi mumkin.
Parametrik standartlashtirish standartlashtirishga qo’yilgan masalalarni yechishda (hal etishda) parametrik standartlar alohida va muhim o’rin turadi. Xalq xo’jaligiga ko’proq ratsional (maqul) bo’lgan mashinalar, asboblar va sh.k.ning parametrlarini va o’lchamlarini (razmerlarini) qatorini belgilaydi.
Parametrik qatorlarni ishlab chiqish birinchi navbatda standartlashtiriladigan kattaliklar tizimida yagona qonuniylikni talab etadi. Bularga quyidagi tavsiflarni keltirish mumkin: quvvat, aylanish chastotasi, unumdorlik, ko’tarish qobiliyati, kuchlanish (usilie) va boshq.
Bu masala afzal sonlar qatorini o’rnatish bilan yechiladi. (hal etiladi, amalga oshiriladi). Ya’ni bu afzal sonlar qatoridan standartlarni ishlab chiqishda va buyumlar, mashinalar, asboblar va sh.k. larning loyihalanishida parametrlar, o’lchamlar va boshqa tavsiflarning qiymatlarini tanlab olish kerak bo’ladi.
Afzal sonlar tizimi parametrik standartlashtirishning rivojlanishi ba’zasi (asosi) bo’lib hisoblanadi. Bunda parametrlar va o’lchamlarning faqat ma’lum matematik qonuniylikka bo’ysunadigan qiymatlarni tanlab olinadi. Bu esa mahsulotning o’lchamlari va parametrlarini sanoatning bitta tarmog’idagidan tashqari butun xalq xo’jaligida keng unifikatsiya (birxillashtirish) imkoniyatini beradi.
Bular arifmetik yoki geometrik progressiya turida tanlab olinishi mumkin.
Arifmetrik progressiya qatori ikkita qo’shni hadlarning ayrmasini qiymati qatorning butun diapazoni bo’yicha o’zgarmas qolishi bilan tavsiflanadi, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |