O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya


O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish hizmati



Download 231,21 Kb.
bet14/36
Sana31.12.2021
Hajmi231,21 Kb.
#235135
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
amaliy 25980

O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish hizmati.

Respublika standartlashtirish bo’yicha ishlarning tashkil etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib borilishini quyidagi idoralar ta’min qiladilar:

- tarmoqlararo yo’nalishga belgilangan mahsulot bo’yicha -O’zstandart; agentligi

- qurilish va qurilish sanoati, loyihalash va konstruktsiyalash bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi;

- tabiiy resurslardan foydalanishni yo’lga qo’yish, atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirotlardan muhofaza qilish sohasi bo’yicha - O’zbekistonda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi;

- tibbiyot yo’nalishidagi mahsulotlar,tibbiy texnika buyumlari, dorivor moddalar va respublika sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalar miqdorini tartibga solish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi;

O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo’yicha ishlarni vazirliklar, texnikaviy qo’mitalar, korxonalar,birlashmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida tuzilgan yillik reja bo’yicha O’zstandart agaentligi amalga oshiradi.

Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar talablari bilan uyg’unlashtirishni,kishilarning hayoti va sog’ligi uchun xavfsizlikni,atrof - muhitning muhofaza qilishini, iste’molchilar huquqining himoya qilinishi,milliy sotsial-iqtisodiy va milliy texnikaviy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish kiritiladi.

O’zstandart, agentligi Davarxitektqurilishqo’m, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan sohalar bo’yicha) respublika standartlarini ko’rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo’llanish muddatini cho’zadilar va bekor qiladilar hamda unga o’zgartirishlar kiritadilar.

Respublikada ishlab chiqilgan standartlar va ularga o’zgartishlar tasdiqlanishi darajasidan qat’iy nazar O’zstandart davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.

Qoraqalpog’iston Respublikasi,viloyatlar va shaharlarda standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilish,muvofiqlashtirish va uning muqobil darajasini ta’minlash ishlarini O’zdavstandart, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va Sog’liqni saqlash vazirligining tegishli hududiy idoralari va boshqarmalari amalga oshiradi.

Sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilish va ularni muvofiqlashtirish uchun zaruriyat bo’lgan hollarda, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kontsernlar va boshqa xo’jalik tuzilmalarida bo’linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori ilmiy - texnikaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan tashkilotlarda standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlari tuziladi.



O’zbekistonda standartlashtirishni rivojlanish sanalari.

  • Respublikamizda standartlashtirish ishlarini boshlanishi 1923 yilda Toshkent shaxrida Turkiston tosh tarozilar Markaziy byurosini tashkil etilishi bilan belgilanadi.

  • 1926 yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Xalq Komissariatining Ishchi – dexqon Inspektsiyasi qoshida Standartlashtirsh byurosi tashkil etildi.

  • 1933 yilda Standartlashtirish byurosi Butunittifoq standartlashtirish komitetining O’zbekiston bo’yicha tosh va tarozilar ishlari bo’yicha markaziy boshqarmaga aylantiriladi.

  • 1939 yilda ushbu boshqarma O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshida tashkil etiladi va uning tarkibida Standartlar va o’lchov asboblari davlat nazorati Respublika labaratoriyasi (O’z RLGN) tuziladi va keinchalik esa bu labaratoriya Standartlashtirish va metrologiya O’zbekiston markaziga aylantiriladi. (O’z TSSM)

  • 1973 yilda O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshidagi o’lchov va o’lchov asboblari boshqarmasi SSSR Gosstandarti qoshidagi O’zbekiston respublikasi standartlashtirish boshqarmasiga aylantiriladi. (O’z gosstandar).

  • 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining №93 qaroriga asosan Vazirlar maxkamasi qoshida O’zbekiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi qilib yangidan tashkil etiladi (O’z gosstandart)

  • 2002 yilda esa O’zgosstandart O’zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatsiyalash agentligiga («O’zstandart agentligi») aylntiriladi.

O’zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar

O’zstandart agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

— Davlatlararo standart-GOST

— O’zbekiston davlat standarti - O’z DSt

— Umumdavlat klassifikatori - O’z DT

— Normalar va qoidalar -*)

— O’zbekiston rahbariy hujjati - O’z RH

— Tavsiyalar - O’z T
Tarmoqlar bo’yicha yuritiladigan normativ hujjatlar

Tarmoq tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.

— Tarmoq standarti –TSt

— Tarmoq klassifikatori –TT

— Normal va qoidalar -*)

— Rahbariy hujjat - RH

— Tavsiyanomalar –T



Ma’muriy-hududiy normativ hujjatlar

Viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

— Ma’muriy –hududiy standart –MHSt



Korxona bo’yicha normativ hujjatlar

Korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.

— Texnik shartlari - TSh



— Korxona standarti - KSt

Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador formalari haqidagi fandir.

Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yo’nalishlarni bir - biriga bog’lovchi vosita hamdir.

Ko’pgina texnika jihatidan ilg’or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga o’suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo’lgan standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda.

Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish,mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko’rilmoqda.

1993 yilning 28 dekabrida metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda "Standartlashtirish to’g’risda" qonun ham qabul qilindi. Bu qonun respublikamizda standartlashtirish sohasi va standartlashtirish tizimi uchun asosiy jujjat hisoblanadi.


Download 231,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish