muvofiqlikni tasdiqlash - normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari bajarilganligi isbotlangani haqida Milliy akkreditatsiya organi yoki muvofiqlikni baholash organlari tomonidan qabul qilingan qarorga asoslangan hujjatlashtirilgan (akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma, muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiya tarzidagi) tasdiq;
xodimlar - muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun tayyorgarlikka va malakaga ega bo’lgan mutaxassislar.
Sertifikatlashtirish jarayoni,shunday uslubki, unda vositachi hisoblanmish – uchinchi tomon yozma ravishda guvohlik bildirib, mahsulot, jarayon yoki xizmatni qo’yilgan talablar darajasiga mosligini e’tirof qiladi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan ko’rsatkichlarga javob berishi kerak. Bu ko’rsatkichlar esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida mahsulot yoki xizmatlarning ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlardagi shu mahsulot yoki xizmatlarga belgilangan ko’rsatkichlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin. Xo’sh sertifikatlashtirish tushunchasi nima?
Sertifikatlashtirish deganda talab etilgan ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari" qo’llanmasiga kiritilgan.
Muvofiqlik - atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o’z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko’rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish degan tushunchalar mavjud. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to’la-to’kis muvofiqligi xaqida butun ma’suliyatni o’z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so’nggi vaqtlarda "o’z o’zini sertifikatlashtirish" tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmokda. O’z-o’zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o’z zimmasiga olgan holda mahsulotning talab etilgan darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o’z zimmasiga oladi.
Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan "sinov laboratoriyasining bayonoti" tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo’lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish jarayoni deganda mahsulot (buyum, mol) yoki xizmat muayan standart yoki texnikaviy shart talablariga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o’tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, molning) o’rnatilgan talablarga iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
Yana bir zarur atamalardan biri "sertifikatlashtirish tizimi" bulib u quyidagicha ta’riflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |