"Muvofiqlik belgisi" - muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko’rsatish uchun mahsulotga yoxud ko’rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo’yiladigan, belgilangan tartibda ro’yxatga olingan belgi;
"Bir turdagi mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi" - ayni bir xil standartlar va qoidalar qo’llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi;
"Sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish" - sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir vakolatlarining rasmiy e’tirofi;
Do'stlaringiz bilan baham: |