Mavzu: Xalqaro ISO-9000 seriyasidagi standartlar to’g’risida.
Mashg’ulotning maqsadi: Xalqaro ISO-9000 seriyasidagi standartlar to’g’risida o’rganish.
Topshiriqlari:
1. Sifat tizimini sertifikatlashtirish me’yoriy hujjatlari bilan tanishuv.
2. Korxonalarda sifat tizimini sertifikatlashtirishning ahamiya-tini tahlil qilish.
3. Sifat tizimini sertifikatlashtirish tartib qoidalarini o’rga-nish va tegishli bilimlar hosil qilish. Nazariy ma’lumotlar
Xalqaro ISO 9000 seriyasidagi standartlar sifat tizimlarini korxonalarda tatbiq etishga mo’ljallangan xalqaro modellar bo’lib hisoblanadi.
CHet davlatlarda sifat tizimi bo’lmagan korxona yoki firma bilan ishlab bo’lmaydi. CHunki, birinchidan xech qanday kafolat yo’q, ikkinchidan esa Siz shartnoma tuzganingizda ham, Siz bilan ishlovchi boshqa sub’ektlar bundan bohabar bo’lganlarida ularning Sizga nisbatan ishonchlari kamayishi mumkin. SHu sababdan sifat tizimlariga nihoyatda jiddiy ahamiyat beriladi.
Respublikamizda xalqaro sifat tizimlarini tatbiq etgan yoki bunga harakat qilayotgan korxonalar soni kun sayin ko’payib bormoqda, masalan, CHkalov nomidagi TAICHB, qimmatli qog’ozlar kombinati tizimlari asosan ISO 9001, ISO 9002 va ISO 9003 standartlarida ko’zda tutilgan.
ISO ning sifat ta’minoti xususidagi asosiy standartlari:
ISO 9000, “Sifatni umumiy boshqarish va sifatni ta’minlash bo’yicha standartlar. Tanlash va qo’llash bo’yicha rahbariy ko’rsatmalar”;
ISO 9001, “Sifat tizimlari. Loyihalashda va (yoki) ishlab chiqarishda, yig’ishda va xizmat ko’rsatishda sifatni ta’minlaydigan modelь”;
ISO 9002, “Sifat tizimlari. Ishlab chiqarishda va yig’ishda sifatni ta’minlaydigan modelь”;
ISO 9003, “Sifat tizimlari. Tugal nazoratda va sinovlarda sifatni ta’minlaydigan modelь”;
ISO 9004, “Sifatni umumiy boshqarish, sifat tizimlarining elementlari. Rahbariy ko’rsatmalar”;
ISO 10011, “Sifat tizimlarini tekshirishda rahbariy ko’rsatmalar”;
ISO 10012, “O’lchash vositalarining sifatini ta’minlaydigan talab-lar”.
Bulardan tashqari ISO/MEK (Halqaro elektrotexnika komissiyasi) tomonidan ham bir qancha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
2002 yili mazkur standartlarning yangi versiyalari qabul qilindi. Bunga ko’ra standartlarda sezilarli darajada ham tarkibiy, ham mazmunan o’zgarishlar kiritildi.
CHet el mutaxassislari sifatni ta’minlash tizimiga mos keluvchi sertifikat firmaga juda katta yutuq va ustunlik beradi deb hisoblaydilar. Sifat tizimiga sertifikat mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzishda asosiy omillardan biri bo’lib, g’arb ekspertlarining fikricha, yaqin kelajakda Yevropa bozorlarida 95% gacha shartnomalar mahsulot yetkazib beruvchi firmada sifat tizimi sertifikati bo’lgandagina tuzilishi ko’zda tutilmoqda. Sifat tizimiga sertifikatning mavjudligi turli xil tenderlarda ishtirok etish uchun zaruriy shart bo’ladi. Sifat tizimini sertifikatlashtirish firmaning (korxonaning) ichki ishlarida ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Sifat tizimini sertifikatlashtirishga tayyorgarlik jarayonida ishlab chiqarish va korxonani boshqarishni tartibga solib bozor iqtisodiyotiga mos kelishi uchun zamin yaratiladi, mahsulotni sertifikatlashtirish ishlari yengillashadi.
Sertifikatlashtirilgan sifat tizimi korxonani kerakli mahsulotni bir tekisda ishlab chiqish qobiliyatini xarakterlaydi va firmani ham ichki ham tashqi bozorlarda raqobatbardoshliligini muhim omillari deb qarash mumkin. Endilikda o’z mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirgan mahalliy korxonalar uchun sifat tizimini sertifikatlashtirish – shartnoma tuzish va mahsulotni munosib sotish imkoniyatlarini belgilovchi muhim shart hisoblanadigan alohida bir atmosfera vujudga kelmoqdaligi ko’rinib turibdi.
Ekspertlarning baholashlari bo’yicha bugungi kunlarga dunyodagi 300000 kompaniyalar ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 bo’yicha sertifikatlashtirilganligi aytilmoqda.
Mahsulot sifatini tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida: tadqiqot va loyihalash ishlarida; ishlab chiqarishda; muomalada; iste’molda yoki ishlatilishida namoyon bo’ladi.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ishlab chiqish bosqichida texnikaviy darajani rivojlanishini doimo yuqori sur’atlarda bo’lishini ta’minlaydi.
Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi mo’ljallanadi:
-mahsulotni bevosita tayyorlash;
-uskunalarning, jihozlarning, nazorat o’lchash-texnikasining sifati-ni kerakli darajada bo’lishini ta’minlash va nazorat qilish;
-mahsulot sifatini oshirish, yaroqsizlikni oldini olish, me’yoriy hujjatlarga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarish sabablarini bartaraf qilishni o’tkazish;
-me’yoriy hujjatlarni joriy qilish va ularga qat’iy rioya qilish;
-korxonaga tushayotgan xom ashyoning, materiallarning, yarim fabrikat-larning, komplektlanuvchi buyumlarning kirishdagi nazoratini o’rnatish va sh.k. sifatni ta’minlashga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish birlashmalarida, korxonalarda ishlab chiqarish bosqichida qo’yilgan maqsadlarga va vazifalarga erishishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ta’minlaydi.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimining beshinchi sxemasida mahsulot namuna turlarini sifatini aniqlash bilan bir qatorda korxonada chiqariladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada bo’lishini ham nazorat qilish nazarda tutilgan. Oltinchi sxemada esa faqat mahsulotlarning sifatini ta’minlash bilan tizimni baholanishini o’tkazishga mo’ljallangan. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi. Tabiiyki, korxonadagi mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimni baholanishida uning mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
O’zbekistonda korxonalar sifat tizimini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etish uchun Rahbariy hujjat “Sifat tizimini sertifikatlashtirish. O’tkazish tartibi” (RH O’z 51-027-94) da ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Bu hujjat korxonalar sifat tizimlari Xalqaro standartlar (ISO 9001-9003) dagi talablarga va zarurat tug’ilsa, kontraktdagi talablarga muvofiqligini sertifikatlashtirishda tekshirish va baholash tartibiga talablarni belgilaydi. Bundan tashqari bu hujjatdagi qoidalar mahsulotni sertifikatlashtirishda sifat tizimini baholash ko’zda tutilgan sxemadan foydalanilganda ham qo’llaniladi.
Sifat tizimini joriy etgan so’rovchiga (korxonaga) sertifikatlashtirish o’tkazilgandan so’ng ijobiy natijaga erishilsa sifat tizimiga muvofiqlik sertifikati beriladi.
Sifat tizimini sertifikatlashtirish jarayoni uchta asosiy bosqichlardan iborat:
-birinchi bosqich – sifat tizimini dastlabki (sirtdan) baholash;
-ikkinchi bosqich – sifat tizimini so’nggi tekshiruvi va baholash.
-uchinchi bosqich – sertifikatning amal qilishi muddatida sertifi-katlangan sifat tizimini inspektsiyaviy nazorati.
Sifat tizimini sertifikatlashtirishga talabgor korxona sifat tizimlarini sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditatsiya qilingan idora (tashkilot) ga sifat tizimini sertifikatlashtirish niyati haqida xabar qilgan hati bilan murojaat qiladi. Xatni ko’rib chiqib sertifikatlashtirish idorasi agarda ijobiy hal etsa, so’rovchi korxonaga “anketa-savolnoma” hamda taqdim etiladigan axborot materiallariga talablar ro’yxatini jo’natadi.
Olingan hujjatlar sertifikatlashtirish idorasida o’rganib chiqiladi, kerak bo’lsa qo’shimcha ma’lumotlar olinadi. O’rganish natijasiga qarab sertifikatlashtirish ishlarini davom ettirish maqsadga muvofiqmi – yo’qmi degan qarorga kelinadi. Agarda dastlabki baholash natijasida ijobiy qarorga kelinsa, sifat tizimini tekshirish va baholash rejasi ishlab chiqiladi. Dastlabki baholash ishlarini amalga oshirishda bosh ekspert-auditor rahbarligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga Tizimning Davlat reestrida qayd etilgan ekspert-auditorlar kiritiladi. Komissiya ishiga konsulьtant sifatida boshqa aniq soha mutahassislari va xorijiy ekspert-auditorlar jalb etiladilar.
Sifat tizimini so’nggi tekshiruvi komissiya tomonidan tuzilgan reja asosida tashkil etiladi. Rejada:
- tekshirish sohasi va vazifalari (maqsadlari, masalalari);
- komissiya a’zolari ro’yxati;
- tekshirish tili;
- tekshirish kuni va joyi;
- daliliy hujjatlar ro’yxati;
- tekshirish ob’ektlari (sifatni boshqarish bo’yicha faoliyat, mahsulot sifati, ishlab chiqarish holati)
- ob’ektlar bo’yicha ekspertlarni taqsimlanishi;
- tekshirish bo’yicha asosiy tadbirlar va ularni o’tkazish muddatlari;
- maxfiylikka talablar ko’rsatiladi.
Tekshiruvdan so’ng hisobot tuziladi. Ijobiy natija olinsa sertifikat beruvchi idora o’rnatilgan tartibda sertifikatni rasmiylashtirib, qayd etish va tizim Davlat reestriga kiritish uchun sertifikatlashtirish milliy idorasiga topshiradi. Qayd etilgandan va reestrga kiritilgandan so’ng so’rovchiga sertifikat beriladi.
Inspektsiyaviy tekshiruv RH O’z 51-025 da o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.