AMALIY MASHG’ULOT № 9
Mavzu: Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi.
Mashg’ulot maqsadi: Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi bilan tanishib chiqish.
Topshiriqlar:
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi.
Umumiy texnik reglamentlar
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o’z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;
Umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi;
-davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni o’z vakolati doirasida ekspertizadan o’tkazadi;
O’z vakolati doirasida: xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
Umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan o’z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ushbu texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari o’z vakolati doirasida:
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
UMUMIY TEXNIK REGLAMENTLAR:
«Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi bo’yicha»dagi umumiy texnik reglament. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu texnik reglament 2016 yil 16 maydan boshlab amalga kiritildi.
«Texnik vositalarning elektromagnit mosligi to’g’risida»gi umumiy texnik reglamenti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 21 noyabrdagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu texnik reglament rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran olti oy o’tgandan keyin amalga kiritiladi.
MAXSUS TEXNIK REGLAMENTLAR:
«Sirlangan po’lat xo’jalik idish-tovoqlar xavfsizligi to’g’risida»gi Maxsus texnik reglamenti. «O’zstandart» agentligining 17.06.2016 yildagi MTR-6 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu texnik reglament rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran olti oy o’tgandan keyin amalga kiritiladi.
«Don qayta ishlash mahsulotlari xavfsizligi to’g’risida»gi Maxsus texnik reglamenti. «O’zstandart» agentligining 17.11.2016 yildagi MTR-7 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu texnik reglament 2018 yil 1 mart kunidan boshlab amalga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |