O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya



Download 231,21 Kb.
bet32/36
Sana31.12.2021
Hajmi231,21 Kb.
#235135
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
amaliy 25980

Nazariy ma’lumotlar

SHtrix-kodlarni mahsulotlarga nisbatan tatbiq etish g’oyasi ilk bora 30-yillarda AQSH ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo’lib, undan amalda foydalanish bir necha o’n yillardan so’ng 60-yillardan boshlangan. SHtrix-kodlarni dastlabki qo’llovchilar temir yo’lchilar bo’lib, shu usul orqali temir yo’l vagonlarini identifikatsiyalashgan (Identifikatsiyalash – aynan tenglashtirmoq, birday qilmoq, aynan o’xshatmoq). Mikroprotsessor texnikasining rivojlanishi 70 yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yilda AQSH da mahsulotning universal kodi (UPC – UNIFORM PRODUCT CODE – universalьnыy tovarniy kod) qabul qilindi.

1977 yilda 12 ta Yevropa davlatlari tashabbusi bilan mahsulotlarni nomerlash Yevropa assotsiatsiyasi (uyushmasi yoki ittifoqi) EAN (EUROPEAN ARTICLE NUMBER) tuzildi. EAN assotsiatsiyasi mahsulotlarni nomerlash bo’yicha yevropa standartini ishlab chiqdi. EAN assotsiatsiyasiga yevropa davlatlaridan tashqari davlatlarning kirishi natijasida bu tizim xalqaro statusga (huquqga) ega bo’ldi. 1998 yil oxiridan boshlab AQSH va Kanadaning EAN tizimiga o’tishi to’g’risida qaror qabul qilindi va natijada bu tizim dunyo miqyosidagi EAN*UCC tizimi statusini oldi. Bu yerda “EAN” ma’nosi mahsulotlarni (tovarlarni) nomerlash Xalqaro assotsiatsiyasi “EAN International” ga tegishli tizimni anglatadi, “UCC”, esa SHimoliy Amerika xalqaro tashkilotiga tegishli kodlash tizimini bildiradi.

EAN tizimi universal bo’lib, har qanday turdagi mahsulotga tatbiq etilishi va birday ishlab chiqaruvchi-optom (ulgurji) baza – savdo tashkiloti tizimida qo’llanilishi mumkin. Mahsulotlarga berilgan standartlashgan identifikatsiyalash nomerlari axborotlarni almashishda umumiy tilni ta’minlaganday bo’ldi.

Ko’p iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotlarning o’ramida (upakovkasida) shtrix-kodning bo’lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga ham tegishlidir. Ushbu tizim iqtisodiy jihatdan samaraliligi mahsulotning 85 foizidan ko’pi kodlashtirilganda yaqqol namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, mahsulotga nisbatan bo’lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga olish, mahsulotni kelish-ketishini hisob qilib borish, munosiblik hisoblarida va hujjatlarni rasmiylashtirishda, hamda mahsulotlarni saqlash va sotuvidagi nazoratlarni amalga oshirishda alohida o’rin tutadi.

O’zbekistonda mahsulotlarni shtrixli kodlash tizimini joriy etishda tegishli huquqiy asoslar yaratilgan.

O’zbekiston mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ko’tarish, mahsulotlarni nomerlash xalqaro tizimi doirasida mahsulot ishlab chiqaruvchini identifikatsiyalash, iste’molchini huquqini muhofaza qilish, mahsulotlarni ishlab chiqishda avtomatlashtirilgan hisoblashni (qayd etishni) ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 21 sentyabrda 438 sonli “O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni shtrix-kodlashni kiritish haqida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda O’zbekiston Respublikasi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi qoshida tovarlarni va xizmatlarni avtomatik identifikatsiyalash “EAN O’zbekiston” Markazi tashkil etilganligi ko’rsatib o’tilgan. Bu markazning asosiy vazifasi etib mahsulotlarni EAN shtrix-kodi bilan markirovka qilinadigan tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarni registratsiya (qayd) etish va xalqaro talablarga muvofiq tovarlarni identifikatsiyalash tizimidan foydalanuvchilar faoliyatiga uslubiy (metodik) rahbarlik qilish tayinlangan. Bundan tashqari Qarorda O’zdavstandart xozirda O’zstandart tomonidan shtrix kodlarni original-maketlarini tayyorlash bo’yicha Markaz tashkil etilishi ham ko’rsatilgan.

Ushbu Qaror bilan O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning shtrixli kodlanishi qoidalari tasdiqlangan.

O’zdavstandartga O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan mahsulotlarga shtrixli kodlash tizimini joriy etishda yagona siyosatni olib borish; tovarlarni ishlab chiqaruvchilarni shtrix-kodlarini Davlat reestrini olib borish; O’zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq ravishda shtrix-kodlash tizimini qo’llash bo’yicha normativ hujjatlarni va metodik materiallarni ishlab chiqish; turli tashuvchilarda shtrix-kodlar maketlari bilan subьektlarning tadbirkorlik faoliyatini ta’minlash yuklatilgan.

O’zbekistonda mahsulotlarni shtrixli-kodlashning joriy etilishini va faoliyatini ta’minlash maqsadida barcha normativ hujjatlar ishlab chiqilgan, ya’ni uchta asosiy davlat standartlari tasdiqlangan.

1. O’z DSt 6.17.01:1999 da mahsulotlarni shtrix-kodlash tizimi asosiy qoidalari, terminlari va ta’riflari, kodlash ob’ektlari, kodlash ob’ektlarini EAN shtrix-simvol (belgi) ko’rinishida tasvirlash umumiy printsiplari o’rnatilgan.

2. O’z DSt 6.17.03:1999 da shtrix-kodlash xalqaro tizimi EAN dan foydalanuvchi va mahsulotini shtrix-kod simvollari bilan markirovka qiladigan tashkilotlarning registratsiyasi, tashkilotlarga EAN kodini berish, mahsulotlarni turiga EAN kodini shakllantirish, shtrix-kodlarni original-maketini yasash va sifatini tekshirish, EAN kodlarini qayta ko’rish va bekor qilish tartiblari o’rnatilgan.

Standartda tovarlarni va xizmatlarni avtomatik identifikatsiyalash EAN UZBEKISTON Markazi va O’zdavstandart (“O’zstandart” agentligi) SMSITI –Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutidagi shtrixli-kodlash Markazining funktsiyalari va o’zoro faoliyati shakli aniq belgilangan.

3. O’z DSt 6.17.05: 1999 da EAN shtrix-kod simvollarini va ko’z bilan o’qib olinadigan belgilarni taralarda, upakovkalarda va iste’mol tovarlariga joylashtirish bo’yicha qoidalar va tavsiyalarga umumiy talablar o’rnatilgan. SHtrixli kod bo’yicha me’yoriy hujjatlarni xalqaro talablar bilan uyg’unlashtirish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

“EAN O’zbekiston” markazi tovarlarni nomerlashtirish Xalqaro assotsiatsiyasi GSI (EAN International) ga a’zo bo’lib kirgan va assotsiatsiya tomonidan O’zbekiston Respublikasiga 478 identifikatsiyalash kodi belgilangan.



Tovarlarni nomerlashtirish xalqaro assotsiatsiyasi GSI (Belьgiya, Bryusselь) tomonidan a’zo davlatlarga nomerlashtirish kodlarini ishlab chiqib, markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya etadi.Xozirgi paytda dunyo bo’yicha bir millionga yaqin kompaniyalar xalqaro nomerlashtirish tizimi orqali 100 ga yaqin (98ta) davlatlarda EAN tizimi qo’llanilmoqda.

Mahsulotlarni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning EAN kodi 1-jadvalda keltirilgan.

Asosan EAN ning ikkita turdagi kodidan ko’proq foydalaniladi 13 razryadli va 8 razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki yorug’ oraliqlar (probeldan) iborat bo’ladi. 13 razryadli EAN -13 kodning tarkibida quyidagi kodlar ko’rsatiladi. (1-rasm):

- birinchi raqamlardan uchtasi GSI –tovarlarni nomerlashtirish Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan a’zo Davlatga berilgan va shu Davlatni taqdimlovchi kodni bildiradi;

- keyingi raqamlardan oltitasi “EAN UZBEKISTON” markazi tomonidan a’zosi bo’lgan korxona (firma) – tayyorlovchiga berilgan kodni bildiradi;

- keyingi uchta raqam mahsulotning kodi, bu kod korxona tavsiyasiga binoan “EAN UZBEKISTON” tomonidan beriladi;

- oxirgi 13 raqam nazorat soni bo’lib, faqat shtrix-kodni o’qilishini to’g’riligini tekshirish uchun qo’llaniladi.


I Nazorat soni

I I I

| | |_ mahsulot kodi

! I

] j tayyorlovchi nomeri

I

|_ O’zbekiston kodi (prefiks TSentra "EAN Uzbekistan")
1-rasm. 13 razryadli EAN -13 kodning tarkibi.

EAN-8 kodi uzun kodlarni belgilab bo’lmaydigan kichik o’ramlar (upakovkalar) uchun mo’ljallangan. EAN-8 kodi quyidagi kodlar tartibidan iborat:

  • davlat kodi;

  • korxona (firma) – tayyorlovchi kodi;

  • nazorat soni.

Ba’zan, tayyorlovchi korxona kodining o’rniga mahsulotning qayd etish tartib raqami keltirilishi ham mumkin.

SHtrix va probellar skaner uchun mo’ljallangan bo’lsa, raqamlar qatori xaridorlar uchun mo’ljallanadi. Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish bilan chegaralanadi, chunki Davlat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda keltirilib turadi yoki ma’lumot bazalarida va banklarida saqlanishi mumkin.
Xalqaro “EAN” tizimini qo’llovchi davlatlar kodlari


Prefiks

Region mira

Prefiks

Region mira

00-13

SSHA i Kanada

481

Belarusь

30-37

Frantsiya

482

Ukraina

380

Bolgariya

484

Moldova

383

Sloveniya

485

Armeniya

385

Xorvatiya

486

Gruziya

387

Bosniya-Gertsegovina

487

Kazaxstan

400-440

Germaniya

489

Gonkong

45, 49

Yaponiya

50

Velikobritaniya

460-469

Rossiya

520

Gretsiya

471

Tayvanь

528

Livan

174

Estoniya

529

Kipr

475

Latviya

531

Makedoniya

476

Azerbaydjan

535

Malьta

477

Litva

539

Irlandiya

478

Uzbekistan

54

Belьgiya i Lyuksemburg

479

SHri-Lanka

560

Portugaliya

480

Filippinы

569

Islandiya

57

Daniya

76

SHveytsariya

590

Polьsha

770

Kolumbiya

594

Rumыniya

773

Urugvay

599

Vengriya

775

Peru

600-601

Yujnaya Afrika

777

Boliviya

609

Mavrikiy

779

Argentina

611

Marokko

780

CHili

613

Aljir

784

Paragvay

619

Tunis

786

Ekvador

621

Siriya

789

Braziliya

622

Egipet

80-83

Italiya

624

Liviya

84

Ispaniya

625

Iordaniya

850

Kuba

626

Iran

858

Slovakiya

627

Kuveyt

859

CHexiya

628

Saudovskaya Araviya

860

Yugoslaviya

629

O. A. E.

867

Severnaya Koreya

64

Finlyandiya

869

Turtsiya

690-693

Kitay

87

Niderlandы

70

Norvegiya

880

Yujnaya Koreya

729

Izrailь

885

Tailand

73

SHvetsiya

888

Singapur

740

Gvatemala

890

Indiya

741

Salьvador

893

Vьetnam

742

Gonduras

899

Indoneziya

743

Nikaragua

90-91

Avstriya

744

Kosta –Rika

93

Avstraliya

745

Panama

94

Novaya Zelandiya

746

Dominikanskaya Respublika

955

Malayziya

750

Meksika

958

Makao

759

Venesuela








Nazorat soni qanday aniqlanadi degan savol tug’ilishi mumkin. Buning uchun “modulь bo’yicha 10” hisoblash algoritmi qo’llaniladi. Bu yerda quyidagi ketma-ketlikni saqlash kerak bo’ladi:

1.13 ta raqamli kodning oxiridan boshlanishiga qarab juft razryadlardagi sonlarni summasi olinadi.

2. Hosil qilingan summa uchga ko’paytiriladi.

3. Oxiridan uchinchi razryaddagi sonidan boshlab barcha toq razryadlar sonlari qo’shilib summa hosil qilinadi.

4. Ikkinchi va uchinchi punktlardagi sonlar o’zoro qo’shiladi.

5. Hosil qilingan songa shunday son qo’shiladiki summasi qoldiqsiz o’nga bo’linadi. U holda keyin qo’shilgan son nazorat soni bo’ladi.

Masalan, mahsulotga EAN-13 kodi 4781234567892 qo’yilgan. Bu yerda nazorat son ikki soni bo’ladi. Bu sonni hisoblab topishni ko’rib chiqamiz. Nazorat sonni S xarfi bilan belgilaymiz.

Quyidagicha jadval tuzamiz va yuqoridagi keltirilgan tartib bilan hisob olib boramiz:


Razryadlar

13

12

11

10

9

8

7

6

5

4

3

2

1

Izox

Kod nomeri

4

7

8

1

2

3

4

5

6

7

8

9

S




1 ish




7

+

1

+

3

+

5

+

7

+

9

=

32

2 ish




x3

=

96

3 ish

4

+

8

+

2

+

4

+

6

+

8




=

32

4 ish




96

+

32

=

128

5 ish

128 + 2 = 130 bu yerda S

=

2


Ya’ni nazorat soni 2 ekanligi va kodning nazorat soni to’g’ri qo’yilganligi ma’lum bo’ldi.

3. Kerak bo’ladigan materiallar

1. EAN-13 bo’yicha shtrix-kodlangan mahsulotlarning upakovkalari yoki yarliklaridan namunalar.

2. Metodik ko’rsatmalar va qo’llanmalar.

3. Yozuv-chizuv asboblari.

4. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi

1. Talabalar guruhlarga bo’linib O’zbekistonda qabul qilingan shtrix kodlash tizimi EAN-13 haqida o’zaro munozaralar o’tkazadi.

2. Tovarlarni nomerlashtirish Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan davlatlarga beriladigan davlat kodlari bo’yicha baxslashuv o’tkaziladi.

3. EAN-13 bo’yicha shtrix-kodlangan mahsulotlar upakovkalari yoki yarliklari namunalari bo’yicha nazorat sonini hisoblanadi (kamida 3ta) va jadvallar tuziladi.

4. Hisobot tayyorlanadi.

Download 231,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish