O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet66/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Jarohatni suv bilan yuvish yaramaydi — bu infeksiya tushishiga imkon beradi. Jarohat yuzasiga kuydiruvchi antiseptik moddalar tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Spirt, yod eritmasi, benzin shikast- langan hujayralarni halok qiladi, bu jarohatning yiringlanishiga va og‘riqning kuchayishiga imkon beradi, vaholanki, og‘riq ham noxush sezgidir. Jarohatning ichkari qatlamlaridan yot jismlar va iflos narsalarni chiqarish yaramaydi, chunki bu jarohatga yanada ko‘proq infeksiya tushishiga olib keladi va asoratlar keltirib chiqarishi (qon oqishi, organlarning shikastlanishi) mumkin. Teriga kirib qolgan mayda yot jismlar (zirapcha, tikanak, shisha va metall zarralari) og‘ritadi, to‘qimaga infeksiya olib kiradi va og‘ir yal- lig‘lanish holatlari (flegmona, milkak) avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun birinchi yordam ko‘rsatishda yot jismlarni olib tashlash maqsadga muvofiq.

Birlamchi jarrohlik ishlovi haqida tushuncha. Aseptik sharoitlarda operatsion va kesilgan jarohatlargina yiring hosil qilmasdan, ya’ni birlamchi yara bita boshlashi mumkin. Tasodifiy jarohatlarning hammasi infeksiyalangan bo‘ladi va jarrohlik ta’sirsiz ikkilamchi, ya’ni yiringlanib bitadi. O‘lik to‘qimalari asta-sekin ko‘chadi, jarohat granulatsiyalar bilan to‘ladi va chandiq hosil qilib tuzaladi.

Jarohat kanalining boshidan oxirigacha chetlarini kesish operatsiyasiga—birlamchi jarrohlik tozalash, deyiladi. Bu ope- ratsiyada infeksiya tushgan, o‘lgan va ezilgan to‘qimalar kesiladi, yot jismlar olinadi, qon oqishi batamom to‘xtatilib, jarohat chet- lari tikiladi. Yaralanishdan so‘ng dastlabki soatlarda o‘tkazilgan birlamchi jarrohlik tozalash ko‘p hollarda jarohatning birlam- chi bitishiga sharoit yaratadi. Birlamchi jarrohlik tozalash sepsis, gazli gangrena va qoqsholning eng yaxshi profilaktikasi hisob- lanadi.

159


  1. Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

Boshning yumshoq to‘qimalari yaralanganda birinchi yordam qon oqishini to‘xtatishga qaratilishi lozim. Yumshoq to‘qimalar ostida bosh skeleti suyaklari bo‘lganligidan bosib turadigan bog‘lam bog‘lash qon oqishni vaqtincha to‘xtatishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ba’zan qon oqishda arteriyani barmoq bilan bosib to‘xtatish mumkin (tashqi chakka arteriyasini quloq suprasi oldida, tashqi jag‘ arteriyasini—pastki jag‘ning cheti oldida, uning burchagidan 1—2 sm.da). Bosh yaralanganda eng katta xavf shundaki, aksari ayni vaqtda bosh miya shikastlanishi (miya chayqalishi, urilishi, bosilishi) ro‘y beradi. Bunday yaralanishda birinchi yordam — yaradorni gorizontal holatda yotqizish, unga osoyishta sharoit yaratish, boshiga sovuq narsa qo‘yish va zudlik bilan jarrohlik statsionarga olib borishdan iborat.

Ko‘krak qafasi yaralanganda birinchi yordam. Bu yaralanish g‘oyat xavfli bo‘lib, ularda yurak, aorta, o‘pka va boshqa hayotiy muhim a’zolar shikastlanishi mumkin: bunday yaralanish og‘ir ichki qon ketishiga va shikastlangan kishining tezda o‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Ko‘krak qafasining teshib kirgan yaralanishi hayotiy muhim a’zolarga shikast yetmagan taqdirda ham hayot uchun xavfli bo‘ladi. Buning sababi shundaki, yaralanishda plevra bo‘shlig‘iga havo kiradi va ochiq pnevmotoraks avj oladi. Natijada, o‘pka puchayadi, yurak joyidan suriladi, sog‘lom tomondagi o‘pka bosiladi va plevropulmonal shok, deb ataladigan og‘ir holat avj oladi.

Birinchi yordam ko‘rsatuvchi bunday jarohatni germetik bekitish — bu xildagi xatarli asoratning oldini olishi yoki uni bir- muncha kamaytirish mumkinligini bilishi kerak. Yopishqoq plastirni cherepitsa ko‘rinishida o‘rab chiqish ko‘krak qafasidagi jarohatni ishonchli ravishda bekitishga imkon beradi. Plastir bo‘lmaganda jarohatni individual paketning rezina aralashgan g‘ilofi bilan bekitish va zich qilib bintlash zarur, qalin qilib vazelin surtilgan doka, kleyonka, havo o‘tkazmaydigan plyonka va boshqalar yordamida bosib turadigan bog‘lam tipidagi okkluzion bog‘lam qo‘yish mumkin. Shokka qarshi tadbirlar o‘tkazish zarur. Yaradorlarni transportda yarim o‘tkazilgan holatda olib borish lozim.




Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish