Klinikasi: spetsifik simptomlari yo‘q. Sepsisda eng ko‘p uch- raydigan klinik belgilar quyidagilar:
markaziy asab sistemasi tomonidan yuz beradigan buzilish- lar — bosh og‘rig‘i, tajanglik, uyqusizlik, asab sistemasi ishining pasayishi;
organizmning umumiy reaksiyasi, haroratning 40°C gacha ko‘tarilib, ertalab va kechqurunlari o‘zgarib turishi, yiringli metastazlarda et uvishishi va tez-tez terlash, ozib ketish;
yurak-qon tomirlari sistemasi tomonidan pulsning keskin tezlashib, to‘lishuvining kamayishi, arterial va venoz bosimning pasayishi;
qonda anemiyaning o‘sishi EChT va leykotsitozning oshishi, limfotsitlar yo‘qligi yoki oz miqdorda bo‘lgani holda leykotsitar formulaning chapga surilishi;
parenximatoz organlar tomonidan siydikning nisbiy zichligi anchagina pasayishi va unda oqsil hamda shaklli elementlar paydo bo‘lishi bilan birga buyraklar funksiyasining buzilishi, jigar funksiyasining yomonlashuvi, aksariyat sariqlik va gepatit hodisalari paydo bo‘lishi, taloqning kattalashishi;
me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ishtaha yo‘qligi, septik ich ketishi, ko‘ngil aynishi va qusish;
septik jarohat uchun: granulatsiyalarning yumshoqligi, loyqa tusli va aksariyat irigan suyuqlikning juda kam ajralishi xosdir;
tomirlarda trombozlar, limfangoitlar, limfadenitlar kuzatiladi.
Profilaktikasi: infeksiya o‘chog‘ini faol davolash, jumladan, yiringli cho‘ntaklar, metastatik o‘choqlarni o‘z vaqtida ochish,
155
yot jismlami olib tashlash alohida ahamiyatga ega. Bemorlami parvarish qilishda qo‘rquv va his-hayajonlarini bartaraf etishning ahamiyati katta. Bemor xonasining havosi toza bo‘lishi lozim. Bemorda yotoq yaralar paydo bo‘lishi va me’da-ichak ishi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Anaerob infeksiya. Qoqshol kasalligini qoqshol tayoqchasi ajratadigan zaharlar keltirib chiqaradi. Bunday tayoqchalar tabiatda keng tarqalgan, ular tuproqda va go‘ngda, ayniqsa, ko‘p bo‘ladi. Qoqshol sporalari fizikaviy, kimyoviy ta’sirlarga juda chidamli va uzoq muddatgacha saqlanishi mumkin. Qon aylanishning buzilishi, organizmning kimyoviy kuchlari susayishi qoqshol rivojlanishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Qoqshol zahari asab sistemasiga ta’sir qiladi. Yashirin davri o‘rtacha 7—10 kun, lekin ba’zan 1— 1,5 oygacha cho‘zilishi mumkin.
Klinikasi: qoqsholning dastlabki belgilari yuqori harorat (40— 42°C) jarohat sohasidagi muskullarning beixtiyor qisqarishi, me’da sohasida qorin muskullarida og‘riq paydo bo‘lishi, yutishning qiyinlashuvi, yuzdagi mimika muskullarining qisqarishi va chaynov muskullarining og‘izni ochirmay qo‘yadigan spazmi (trizm) hisoblanadi. So‘ngra yuzning mimika muskullari tortishib qisqaradi, bu yuzga azob chekayotgandek qiyofani beradi (sardonik tabassum) keyinchalik tortishib qisqarish tana, qo‘l-oyoq muskullarini egal- laydi, natijada, bemorning holati o‘ziga xos shaklni oladi: bemor boshini orqaga tashlab, yoy kabi egilib (opistotonus holatida) yotadi. Halqum muskullari, qovurg‘alararo muskullar va diafragmaning spazmi kuzatiladi. Nafas qiyinlashadi. Qattiq tortishib, qisqarishda suyaklar sinib ketishi, paylar uzilishi mumkin. Tortishib qisqa- rishlar qattiq og‘riq beradi. Ular qandaydir tashqi ta’sirlovchi yorug‘lik, shovqin, og‘riq va hokazo sababli yuzaga keladi. Bemor bug‘ilish, yurak va diafragma muskulining falajla-nishi natijasida o‘lib qoladi.
Profilaktikasi. Shoshilinch o‘tkaziladigan spetsifik profilaktika teri ostiga qoqsholga qarshi zardob (ПСС) yuborish, jarohatlarni barvaqt birlamchi jarrohlik tozalash va aholini immunizatsiya qilish qoqsholga qarshi kurashning ta’sirchan vositasi hisoblanadi. Qoqsholga shoshilinch profilaktikani quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilgan har qanday shikastlanishlarda;
II—III darajali kuyishda va sovuq urishda;
156
ayollar tibbiy yordamsiz uyda tuqqanda;
kasalxonadan tashqarida qilingan abortlarda;
hayvonlar tishlaganda;
me’da-ichak yo‘llaridagi operatsiyalarda.
Qoqsholga qarshi zardob, zardobga sezuvchanlik sinamasi o‘tkazilgandan so‘ng yuboriladi. Bilak bukiladigan yuzasining teri orasiga 0,1 ml suyultirilgan ПСС (1:100) yuboriladi. 20 daqiqadan keyin sinamaga baho beriladi. Atrofidagi terida kichikroq qizarish sohasi bo‘lib, diametri 9 mm.dan oshmaydigan papula hosil bo‘lganda sinama manfiy, papula diametri 10 mm va bundan katta, atrofidagi terida qizarish sohasi katta bo‘lganda musbat hisoblanadi. Manfiy sinamada 0,1 ml suyultirilmagan ПСС yuboriladi va reaksiya bo‘lmaganda 30—60 daqiqa o‘tgach, zardobning hamma dozasi yuboriladi. Shikastlangan kishining yoshidan qat’iy nazar, bir profilaktik doza — 3000 XB.
Do'stlaringiz bilan baham: |