Kimyoviy kuyish. Kimyoviy kuyish badanga konsentrlangan kislotalar (xlorid, sulfat, nitrat, sirka, karbol kislotalar, zar suvi) va ishqorlar (o‘yuvchi kaliy va o‘yuvchi natriy, nashatir spirt, so‘ndirilmagan ohak), fosfor va ayrim og‘ir metallarning tuzlari (kumush nitrat, rux xlorid va hokazo) ta’sirida paydo bo‘ladi. Shikastlanishning og‘ir-yengilligi va chuqurligi kimyoviy moddaning turiga va konsentratsiyasiga, ta’sir qilgan muddatiga va tushgan joyiga bog‘liq. Shilliq pardalar, chot oralig‘i va bo‘yin terisi kimyoviy moddalar ta’siriga juda ham chidamsiz, oyoq panjasining tagi va kaftlar ularga birmuncha chidamli. Konsentrlangan kislotalar ta’sirida va shilliq pardalarda tezda aniq chegaralangan to‘q jigarrang yoki qora quruq strup hosil bo‘ladi, konsentrlangan ishqorlar esa, chegaralari noaniq kulrang-qo‘ng‘ir nam strup hosil qiladi.
Birinchi yordam. Kimyoviy kuyishda birinchi yordam kimyoviy moddaning turiga bog‘liq. Konsentrlangan kislotalardan kuyishda (sulfat kislotadan tashqari) kuygan yuzani 15—20 daqiqa sovuq suv oqimi bilan yuvish zarur. Sulfat kislota suv bilan o‘zaro ta’sirga
183
kirishganda issiqlik ajratib, bu kuyishni kuchaytirishi mumkin. Ishqoriy eritmalar: sovunli suv, 3 % li soda eritmasi (1 stakan suvga 1 choyqoshiqda) bilan yuvish yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Ishqorlardan kuygan joylarni suv oqimidan obdon yuvish, so‘ngra 2 % li sirka yoki limon kislota eritmasi (limon suvi) surtish lozim. Shundan so‘ng kuygan yuzaga aseptik bog‘lam qo‘yish, kuyishda surtilgan eritmalarda ho‘llangan bog‘lam bog‘lash mumkin. Fosfor ta’siridan kuyishning kislotalar va ishqorlardan kuyishdan farqi shundaki, fosfor havoda alangalanib, ham termik, ham kimyoviy (kislota) ta’sir etib kuydiradi — kuyishning ikki turi sodir bo‘ladi.
Tananing kuygan qismini suvga solib turgan yaxshi, suv ostida fosfor qoldiqlarini cho‘p, paxta kabi narsalar bilan olib tashlanadi. Fosfor bo‘lakchalarini kuchli suv oqimi bilan ham yuvish mumkin. Yuvilgandan so‘ng kuygan yuzaga 5 % li mis kuporasi eritmasi surtiladi, so‘ngra kuygan yuzani steril quruq bog‘lam bilan bekitiladi. Yog‘ mazlar qo‘llanishi man qilinadi, chunki ular fosforning so‘rilishiga imkon beradi.
Radiatsion (nurli kuyish). Ionli nurlanish ta’sirida organizmda o‘tkir va surunkali hamda mahalliy va umumiy shikastlar kuzatiladi. Nurdan o‘tkir kuyishning to‘rt darajasi farqlanadi (57-rasm).
57-rasm. Nurli kuyish (radiatsion) darajalari: a—eritema; b—pufakchalar hosil bo‘lishining boshlanishi; d—pufakchalar; e—eroziya.
184
Erta eritema. Birinchi kuni uning belgilari ma’lum bo‘ladi, 2—3 haftadan so‘ng teri quriydi, yengil pigmentatsiya bo‘ladi, soch butunlay to‘kiladi.
Eritematoz dermatit. Bu terining o‘tkir yallig‘lanishini ko‘rsatadi, og‘riq, kuyish belgilari, pigmentatsiya paydo bo‘ladi, soch to‘kiladi.
Bullyoz dermatit. Nurlanishdan bir hafta o‘tgach og‘riq kuzatilib, rangsiz pufakchalar paydo bo‘ladi, epiderma ko‘chib, soch to‘kiladi. 6—12 kun ichida teri bitishi ham, ammo oylab davom etishi ham mumkin.
Gangrenali dermatitda 2—3 sutkadan so‘ng qichitadigan eritema paydo bo‘ladi. So‘ngra epidermis nekrozga uchraydi. Yiringli bo‘shliqlar hosil bo‘lib, ularni faqatgina plastik operatsiya bilan yopish mumkin bo‘ladi. Nurdan shikastlanishning yana bir asorati genlarga ta’sir qilib, ularni mutatsiyaga olib kelishi va irsiy kasalliklarga sabab bo‘lishidir.
Birinchi yordam. Zudlik bilan bemorni nur ta’sir qilayotgan joydan olib chiqish kerak bo‘ladi va shoshilinch ravishda kasalxonaga jo‘natiladi. O‘tkir nur kasalligini davolashda suyak iligi transplan- tatsiya qilinadi. Odatda, katta yoshli odamda 15000 ml suyuqligi borligini hisobga olib, 500 ml.lik ko‘chirib o‘tqaziladi.
Nafas yo‘llari kimyoviy kuyganda birinchi yordam. Fosfororganik birikmalar (tiofos, xlorofos)dan zaharlanish eng ko‘p uchraydi, u nafasga olinadigan havo tarkibida ingalatsion yo‘l bilan va enteral— ovqat mahsulotlari bilan birga organizmga tushishi mumkin. Shilliq pardalarga tushganda ularni kuydirishi ehtimol. Kasallikning yashirin davri 15—60 daqiqaga cho‘ziladi. So‘ng asab sistemasining zararlanish simptomlari paydo bo‘ladi: ko‘p so‘lak oqadi. Balg‘am ajraladi, bemor ko‘p terlaydi. Nafas olish tezlashadi, uzoqdan eshitiladigan shovqinli xirillash bilan chiqadi. Bemor bezovta, qo‘zg‘algan holatda bo‘ladi, tez orada oyoq muskullari tortishadi, peristaltika kuchayadi. Birmuncha keyinroq muskullar, jumladan, nafas muskullari falajlanadi. Nafas to‘xtashi asfiksiya va o‘limga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |