O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet65/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Gazli gangrena jarohatga havosiz sharoitlarda ko‘payadigan mikroblar—anaerob infeksiya tushganda paydo bo‘ladi. Jarohatda lo‘qillagan sezgi paydo bo‘lishi boshlanayotgan asoratning eng dastlabki belgisi hisoblanadi. Ko‘p o‘tmay u chidab bo‘lmaydigan og‘riqqa aylanadi. Gazli gangrena rivojlanishida shikastlangan va nekrotik yumshoq to‘qimalarning borligi hamda qon aylanishining buzilishi katta ahamiyatga ega.

Kasallik ko‘pincha mushaklarga ko‘p shikast yetgan, qattiq ifloslangan, yirtilgan, lat yegan jarohatlarda paydo bo‘ladi. Yashirin davri 7 kungacha davom etadi. Anaerob infeksiyalaridan spetsifik yallig‘lanish reaksiyasi ro‘y bermasdan o‘tadi va to‘qimalarning irishi, shish paydo bo‘lishi va to‘qimalarda mikroblar ajratadigan toksinlar ta’sirida gaz hosil bo‘lishi bilan ta’riflanadi.



Klinikasi. Umumiy klinik manzarasi markaziy asab siste- masining qo‘zg‘alishi yoki tormozlanishi bilan xarakterlanadi. Bemor, odatda, es-hushini yo‘qotmaydi, uxlamaydi, harorati 39— 41°C gacha ko‘tariladi, tomiri 1 daqiqada 120—160 martagacha uradi. Yurak faoliyati susayib ketadi, arterial bosim 80—90 simob ustunigacha pasayadi. Nafas ko‘pincha yuzaki bo‘ladi. EChT oshadi, eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdori kamayadi. Jarohatda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, yumshoq to‘qimalar shishib ketadi.

Teri avvaliga rangsizlanadi, teri ostidagi venalar yaxshi ko‘rinadi, keyin qo‘ng‘ir, qip-qizil va qora dog‘lar bilan qoplanadi.

157

To‘qimalar paypaslanganda qo‘lga muzday unaydi. To‘qima barmoq bilan bosilganda, jarohatdan gaz pufakchalari ajralib chiqadi. Mushaklar qaynatilgan go‘shtga o‘xshaydi, so‘ngra ko‘kimtir tusga kirib keyinchalik qoramtir bo‘lib qoladi. Teri paypaslanganda krepitatsiya (g‘ichirlash, qirsillash) aniqlanadi.



Profilaktikasi. Qon ta’minoti yaxshi bo‘lgan to‘qimalarda anaerob infeksiya kamdan-kam rivojlanadi. Shuning uchun bog‘- lamlar quyishda qon aylanishini buzmaslik zarur, yaxshi immobilizatsiya qilish kerak. Jarohatga o‘z vaqtida va to‘g‘ri jarrohlik ishlov berish eng yaxshi profilaktik chora hisoblanadi.

Katta ezilgan ifloslangan jarohatlarda antibiotiklar yuborish zarur. Gangrenaga qarshi zardobning profilaktik dozasi 30000 AE ni tashkil qiladi (antiperfringens, antiadematikum va antiseptikum zardoblaridan 10000 AE), dastlab 1:100 suyultirilgan zardobga sezuvchanlikni aniqlash uchun teri ichi sinovi quyiladi.

Gazli gangrenaga davo qilish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:


  1. Gangrenaga qarshi zardoblar yuborish.

  2. Jarrohlik davo qilish — shikastlangan a’zoni keng qirqish yoki amputatsiya qilish.

  3. Kislorod ajratib chiqaradigan preparatlar (vodorod peroksid) bilan mahalliy davolash.

Jarohat infeksiyasining oldini olishning asosiy chorasi — jarohatni birlamchi jarrohlik tozalash hisoblanadi. Bu operatsiya travma bo‘lgan vaqtdan boshlab dastlabki 6 soat ichida bajarilishi kerak.

Yaraga infeksiya tushishining oldini oluvchi tadbirlar. Yarani tozalash. Yaralanishda birinchi yordam ko‘rsatishning asosi jarohatni birlamchi tozalashdir. Yaralanishdan so‘ng dastlabki vaqtda qon oqishi eng xatarli hodisa hisoblanadi. Yaralanishdan keyin sodir bo‘ladigan o‘lim hodisalarining ko‘pchiligiga o‘tkir qon yo‘qotish sabab bo‘ladi. Jarohatni to‘g‘ri tozalash, jarohatga asoratlar avj olishiga to‘sqinlik qiladi va bitish vaqtini deyarli uch marta qisqartiradi.

Jarohatni toza, yaxshisi dezinfeksiya qilingan qo‘l bilan tozalash kerak. Aseptik bog‘lam qo‘yishda dokaning bevosita jarohatga tegib turadigan qavatlariga qo‘l tegizmaslik lozim. Antiseptik moddalar

158

bo‘lmaganda jarohatga oddiy aseptik bog‘lam (bint, individual paket, durracha) qo‘yib uni ehtiyot qilish mumkin. Dezinfeksiya qiladigan vositalar (vodorod peroksid, furatsilin eritmasi, yod nastoykasi, benzin va boshqalar) bo‘lganda aseptik bog‘lam qo‘yishdan oldin jarohat atrofidagi terini aseptik eritmaga ho‘llangan doka yoki paxta bo‘lakchasi bilan 2—3 marta ishqab artiladi, bunda teri yuzasidan kir kiyim bo‘laklari tuproqni tozalab olishga harakat qilinadi. Bu bog‘lam qo‘yilgandan keyin jarohatga atrofdagi teridan infeksiya tushishining oldini oladi.




Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish