darajali kuyishda terining hamma qatlamlari nekrozga uchraydi (jonsizlanadi). Teri hujayralaridagi oqsil va qon ivib, qattiq po‘stloq hosil qiladi, po‘stloq ostida shikastlangan va jonsizlangan to‘qimalar bo‘ladi. Uchinchi darajali kuygan soha chandiq bo‘lib, ikkilamchi tartibda bitadi. Shikastlangan joyda granulatsion to‘qima rivojlanadi, u biriktiruvchi to‘qima bilan almashinib, chuqur joylashgan yulduzsimon chandiq hosil qiladi.
IVdarajali kuyish (ko‘mirlanish) to‘qimaga juda yuqori harorat (volt yoyi alangasi, erigan metall) ta’sirida paydo bo‘ladi. Bu kuyishning eng og‘ir shakli, bunda teri, muskullar, paylar, suyaklar va boshqalar shikastlanadi. Kuyishning III va IV darajasi sekin
181
bitadi va kuygan sohani terini ko‘chirib o‘tkazish yo‘li bilangina bekitish mumkin. Kuyish og‘ir umumiy hodisalar keltirib chiqaradi. Bu hol bir tomondan, markaziy asab sistemasidagi o‘zgarishlar (og‘riqdan shok yuz berishi), ikkinchi tomondan qondagi va ichki a’zolar funksiyasidagi o‘zgarishlar (intoksikatsiya) sababli yuzaga keladi.
Termik kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish. Birinchi yordam shikastlangan kishiga yuqori harorat ta’sir qilishini to‘xtatishga qaratilishi lozim: yonayotgan kiyim-boshni o‘chirish, shikastlangan kishini yuqori harorat zonasidan chiqarish, tana yuzasidan tutab turgan va qizigan kiyim-boshni yechib tashlash kerak. Alanga olgan kiyim-boshni (ayniqsa, unga tez alangalanadigan suyuqlik tushgan bo‘lsa), avvalo, suv sepib o‘chirish, shikastlangan kishini qalin matoga (poyandoz, ko‘rpa, chopon, palto va hokazo) o‘rash so‘ngra uni olib tashlash kerak. Shikastlangan kishini xavfli xonadan olib chiqish, tutayotgan va qizigan kiyimlarini yechishda qo‘pol harakatlar qilib teri qoplamlariga ziyon yetkazmaslik uchun ehtiyot bo‘lish kerak.
Kiyimni tez yechish uchun qirqish mumkin. Kiyim-boshni, ayniqsa, yilning sovuq davrida hammasini yechish tavsiya etilmaydi, chunki sovqotish organizmga travmaning umumiy ta’sirini keskin kuchaytiradi va shok avj olishiga imkon beradi. Birinchi yordamning navbatdagi vazifasi kuygan yuzaga infeksiya tushishining oldini olish uchun quruq aseptik bog‘lam bilan kuygan yuzani tez vaqt ichida bekitishdan iborat. Bog‘lamni steril bintdan qilish yoki individual paketdan foydalanish maqsadga muvofiq. Maxsus steril yara bog‘lov materiali bo‘lmaganda kuygan yuzani issiq dazmolda dazmollangan top-toza ip-gazlama parchasi bilan bekitish mumkin. Spirt, aroq, etakridin eritmasi, laktat (rivanol) yoki kaliy permanganatga ho‘llangan bog‘lam qo‘yish mumkin. Bunday bog‘lamlar og‘riqni birmuncha kamaytiradi.
Birinchi yordam ko‘rsatayotgan kishi kuygan yuzani qo‘shimcha shikastlantirishi va ifloslantirishi va shikastlangan kishiga xavf tug‘dirishini yaxshi bilishi kerak. Shuning uchun kuygan sohani hech narsa bilan yuvmaslik, unga qo‘l tekkizmaslik lozim. Igna sanchmaslik va pufakchalarni sitmaslik, kuygan joyga yopishgan kiyim parchalarini ko‘chirmaslik, shuningdek, kuygan yuzaga biror yog‘ (vazelin, hayvon yoki o‘simlik moyi va boshqalar) surtmaslik va poroshok sepmaslik kerak. Surtilgan yog‘ (poroshok) jarohatning tuzalishiga imkon bermaydi va og‘riqni kamaytirmaydi, biroq infeksiya kirishini osonlashtiradi, bu hol, ayniqsa, xavfli bo‘lib
182
shifokor yordamini, kuygan joyni birlamchi jarrohlik tozalashni qiyinlashtiradi. II, III, IV darajali qattiq kuyish hollarida umumiy hodisalar, shok juda tez rivojlanadi.
Shikastlangan kishini og‘riq kam bezovta qiladigan vaziyatda yotqizish, issiq qilib o‘rash, ko‘p suyuqlik berish lozim. Kuygan kishini transportda kasalxonaga olib borishdan oldin transport immobilizatsiyasini qilish shart. Immobilizatsiya tananing kuygan qismlari terisining imkon boricha tortilgan holatda turishini ta’minlash kerak. Bemorni yaxshisi maxsus mashinalarda olib borish kerak, ular bo‘lmaganda har qanday transportdan foydalanish, bemorga maksimal osoyishta va qulay sharoit yaratish lozim. Sovqotish bemor ahvolini keskin og‘irlashtirishni shok hodisalari avj olishiga yordam berishni unutmaslik kerak. Shuning uchun travma yuz bergan paytda to bemorga malakali shifokor yordami ko‘rsatilguncha uni qunt bilan kuzatish, issiq tutish, issiq ichimliklar berish zarur.
Tanasining ko‘p joyi kuygan kishini transportda juda ehtiyotlik bilan, kuymagan tomoniga (yonboshi bilan, qorni bilan va hokazo) yotqizib olib borish kerak. Bemorni ko‘chirib yotqizishni qulay qilish uchun uning tagiga pishiq mato (brezent, ko‘rpa) solish kerak. Shundagina bemorda yangi og‘riq paydo qilmay, uni palas bilan birga ko‘tarib zambilga yotqizish mumkin. Transportirovka qilishda shok profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, shok boshlanib bo‘lganda esa, shokka qarshi tadbirlarni ko‘rish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |