O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov



Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/147
Sana03.01.2022
Hajmi7,63 Mb.
#316597
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147
Bog'liq
konlarda neft gaz suvni yigish va tayyorlash texnologiyasipdf 2

 
 


 
 
96 
3.7. Neft rezervuarlari 
 
 
Neft rezervuarlari mo„ljallanishi bo„yicha xom-ashyo, texnologik va tovar 
turlariga bo„linadi. 
 
Xom-ashyo  rezervurlari
  suvlangan  neftlarni  qabul  qilish  uchun  xizmat 
qiladi. 
Texgnologik  rezervuarlar
  suvni  dastlabki  tashlash  uchun  hamda 
tindirgichlar  sifatida  qo„llaniladi.  Rezervarlarga  suvsizlantirilgan  yoki 
tuzsizlantirilgan neft magistral neft uzatmalariga berish uchun to„planadi va 
tovar 
rezervuarlari
 deb ataladi. 
 
Rezervuar  parki  –  bu  bir  joyda  to„plangan  xom-ashyo  va  texnologik 
rezervuarlarning to„plamidir.  Agar bu guruh tarkibida tovar rezervuarlari mavjud 
bo„lsa, 
tovar parki
 deb ataladi. 
 
Rezervuarlar  yer  ustiga,  yarim  ko„milgan holatda  va  yer  tagiga  o„rnatiladi.  
Neft  konlarida  silindrik  po„lat  yer  usti  rezervuarlari  ko„proq  qo„llaniladi,  yarim 
ko„milgan yoki chuqurlashtirilgan temir betonli rezervuarlar kamroq qo„laniladi.  
 
Tik  ko„rinishdagi  po„lat  rezervuarlar  standartlashtirilgan  va  nominal  hajmi 
bilan  bir-biridan  farq  qiladi  (3.4-jadval).  RVS  -1000  (tik  po„lat  rezervuar)  ning 
hajmi 1000 m

, RVS-3000 – hajmi 3000 m
3

 
Izotermik  rezervuarlar  har  xil  turdagi  neft  mahsulotlarini  o„zgarmas  past 
yoki  minus  haroratda  saqlash  uchun  xizmat  qiladi.  Bunday  rezervuarlarni 
loyihalashtirish  va  qurish  rezervuar  qurilishida  yangi  yo„nalish  hisoblanadi.    Neft 
mahsulotlarni  196 
o
C  haroratda  saqlash  uchun  har  xil  turdagi  konstruksiyalari 
ishlangan.  
 
Ikki  qavatli  konstruksiyali  devorlari,  yopilmasi  va  tubida  oraliq  masofali 
izotermik rezervuarlar ko„proq neft mahsulotlarini saqlashda qo„llanilmoqdi.  
 
Oraliq  masofasining  kattaligi  topshiriqqa  asosan  loyihalashtiriladi.  Bunday 
topshiriqqa quyidagi ma‟lumotlar kiradi: hajmi; saqlanadigan suyultirilgan gazning 
nomi  va  harorati,  rezervuarning  tashqi  va  ichki  po„lat  materialining  markasi; 
ortiqcha va gidrostatik bosim kattaligi;   qurilish tumani; qor va shamol ta‟siridagi 
yuklamini  kattaligi;  qurilish  tumanining  seysmik  holati;  issiqlikdan  himoyalovchi 
materiallarni,  payvandlash  materiallarini  nomlari  va  markasi  va  boshqa 
ma‟lumotlar. 


 
 
97 
 
Agar  saqlanadigan  mahsulotning  harorati  minus  -65
0
Sdan  past  bo„lsa, 
rezervuarlarni  loyihalashtirishda  qurilish  po„latlari  qo„llaniladi.  Harorat  bundan 
ham  past  bo„lganda  maxsus  markadagi  po„latlar  qo„llaniladi:  nikel  tarkibli, 
zanglamaydigan hamda alyuminiy qorishmali. 
 
Izotermik rezervuarlarni loyihalashtirish va qurish ko„p tomonlama past va 
yuqori bosimli tik silindrik rezervuarlarni loyihalashtirish va qurish kabidir.  
                                                                                                              3.4- jadval 
                                  Neft rezervuarlarining tavsiflari 
Rezervuarlarning 
turi 
Diametri, mm 
Balandligi, mm 
Umumiy massasi, t 
RVS-100 
5330 
5510 
4,98 
RVS-200 
6670 
6870 
7,51 
RVS-300 
8000 
6870 
9,93 
RVS-400 
8000 
8240 
11,05 
RVS-700 
10670 
8240 
16,87 
RVS-1000 
12000 
9600 
21,57 
RVS-2000 
14670 
12320 
36,07 
RVS-3000 
18680 
12320 
54,54 
RVS-5000 
22680 
12270 
78,37 
RVS-10000 
33350 
12270 
174,44 
RVS-20000 
46660 
11860 
275 
 

Download 7,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish