- 818 -
birikmalarini organizmdan ajralishini asosiy yo‘llari buyrak, hamda yo‘g‘on ichak
va so‘lak bezlari bilan bog‘liqligi bilan tuShuntiriladi.
Simob ikki xlorid bilan o‘tkir zaharlanishni davolash avvalam bor dori
vositani so‘rilishini oldini olishdan iboratdir. Ushbu maqsadda me'da
yuviladi,
unga simob birikmalarini antidoti bo‘lmish unitiol ( simobni bog‘lab oluvchi
sulfgidril guruh lari bor) kiritiladi. Ba'zida faollashtirilgan ko‘mir, burushtiruvchi
moddalar eritmasini, tuxum oqsilini kichik hajmda kiritiladi. Me'dani yuvishni juda
extiyorlik bilan amalga oshirish lozim, chunki simob ikki xlorid qizil o‘ngach va
me'da shilliq qavatini jarohatlaydi. Shundan keyin surgi dorilari beriladi, hamda
unitiol eritmasi bilan sifon ko‘xna qilinadi. Qonga so‘rilgan dori vositani
faolsizlantirish uchun unitiolni tomirga kiritiladi.
yengil va o‘rta darajadagi zaharlanishda
peshob ajralishini shidatli
kuchaytirish samaradordir. Kuchli zaharlanishda, ayniqsa buyrak faoliyatini
buzilishi bilan kechishida tomirga unitiol va tetatsin-kalsiy
1
(SaNa
2
EDTA) kiritib
gemodializ va peritonial dializni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Simob dori vositasi
bilan surunkali zaharlanishda ( merkuzalizm
2
) og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati
(stomatit), hamda MNS, qon hosil qilish a'zolari va boshqalar shikastlanadi. Bu
ko‘proq kasb bilan bog‘liq simob dori vositalari bilan
ishlash tufayli yuzaga
keluvchi zaharlanish natijasidir. Shu sababli zaharlanish manbaasini bartaraf etish
birinchi va asosiy tadbir bo‘lib hisoblanadi. Antidot sifatida unitiol, hamda tetatsin-
kalsiy, natriy tiosulfat qo‘llashadi.
_______________________
1
Simob bilan kompleks birikmalar hosil qiladi.
2
Grekchadan mercurius – simob.
Bundan tashqari organizmdan moddani tezroq chiqarib tashlash uchun
tadbirlar , hamda simptomatik terapiya amalga oshiriladi.
Kumush dori vositalaridan
kumush nitrat
( lyapis; AgNO
3
),
protargol
(
kumush proteinat) va
kollargol
(kumush kolloid eritmasi). Ular mikroblarga
qarshi, burushtiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirlarga ega. Ularni
oftalmologiyada ( kon'yunktiit, blennoreya), yaralarni xo‘llash, peshob yo‘llari va
- 819 -
peshob xaltasini yuvish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari kumush nitrat katta
konsentratsiyalarda va qalamchalar sifatida eroziyalar, yazvalar,
ortiqcha
granulyasiyalarda, hamda traxomada qo‘llaniladi.
Antiseptik va burushtiruvchi vosita sifatida oftalmologiyada
mis sulfatni
( mis
ko’poros; CuSO
4
·5H
2
O),
rux sulfatni
(ZnSO
4
) qo‘llashadi. Traxomada tarkibida
mis sulfat, nitrat kaliya, achchiq tosh va kamfora bo‘lgan maxsus ko‘z qalamini
qo‘llashadi. Eruvchan tuzlar (mis sulfat va rux sulfat ) peshob yo‘llari va peshob
xaltasini yuvish uchun qo‘llanishi mumkin.
Oksidlovchilar guruh iga
vodorod perekisi ( H
2
O
2
) va kaliy permanganat
(kaliy
nordon margansovkasi, KMnO
4
). Ular antiseptik va dezodorantlik ta'sirga
ega. Ikkala dori vositani ta'sir prinsipi kislorodni ajratishdan iborat.
To‘qimalardagi katalaza ta'sirida vodorod perekisi kislorod molekulasini
ajralishi bilan parchalanadi.
H
2
O
2
2 H + O
2
Ammo molekulyar kislorodning oksidlash, binobarin, mikroblarga qarshi
faolligi juda past. Vodorod perekisini qo‘llaganda yaralar, jarohatlar, bo‘shliqlarni
kislorod pufakchalarini ajralishi va ko‘pik hosil bo‘lishi bilan bog‘liq mexanik
tozalanishi katta ahamiyatga ega. Vodorod perekisi dezodorantlik xossasiga ham
ega. Dori vosita qisqa ta'sir etadi. Bundan tashqari vodorod
perekisi qon oqishini
to‘xtashani osonlashtiradi.
Kaliy permanganat organik moddalar bilan aralashganda atomar kislorodni
ajratadi.
2KMnO
4
+ H
2
O
2KON + 2MnO
2
+ 3O.
Atomar kislorodning antiseptik ta'sir kuchi molekulyar kislorodga nisbatan
birmuncha ko‘proq ifodalangan. Umikroblarga qarshi va dezodorantlik xossasini
namoyon qiladi va hosil bo‘layotgan marganets oksidi burushtiruvchi ta'sirga ega.
Katta konsentratsiyalarda kaliy permanganat Mahalliy ta'sirlantiruvchi va
kuydiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Dori vositani eritma ko‘rinishida chayqash, yuvish,
- 820 -
kuyish tufayli hosil bo‘lgan yaralarga ishlov berish, jarohat yuzalarini xo‘llash,
morfin, fosfor va boshqalar bilan zaharlanganda me'dani chayqash uchun
qo‘llaniladi.
Antiseptiklarga
aldegidlar va spirtlar
guruh iga mansub bo‘lgan ba'zi
birikmalar kiradi.
Aldegidlarning namoyondalaridan biri bu formaldegid eritmasidir ( formalin:
tarkibida formaldegid – NSNO 36,5-37,5% ni tashkil etadi). U kuchli antimikrob
va dezodorantlik xossalariga ega. Uni dezinfeksiyalash vositasi, hamda terlashni
bartaraf etish maqsadida teriga ishlov berish uchun qo‘llaniladi, chunki
formaldegid eritmasi ta'sirida epidermisning zichligi ortadi ( oqsillarni
denaturatsiyasi tufayli ) va ter ajralishi kamayadi. Dori vosita kuchli darajada
Mahalliy ta'sirlantirish ta'siriga ega.
Etil spirti kuchli darajada antimikrob xossaga ega.
Uni asboblarni
dezinfeksiyasi, jarrox qo‘li va operatsiya maydoniga ishlov berish uchun
qo‘llaniladi. Etil spirtinig antimikrob faolligi uning konsentratsiyasini ortishi bilan
kuchayadi. Ammo terini zararsizlantirish uchun epidermisning chuqurroq
qatlamlariga kirib boruvchi 70% etil spirtidan foydalanish 95% ga nisbatan
yaxshiroq. Antiseptik sifatida qator kislotalar va ishqorlar ishlatilishi mumkin.
Jumladan shilliq qavatlarni yuvishda va og‘iz bo‘shlig‘ini chayqash uchun bor
kislotasi (N
3
VO
3
) tavsiya etiladi. Uni teri ustiga kukun ko‘rinishida sepish va
surtma ko‘rinishida qo‘llash mumkin. Ammo bor kislotasini antimikrob faolligi
past.
Do'stlaringiz bilan baham: