- 816 -
qo‘llashadi. Biguanid hosilasi
xlorgeksidin (xibiton)
tarkibida xlor tutgan
samarador antiseptiklardan hisoblanadi. U antibakterial va fungitsid ta'sir
ko‘rsatadi. Jarroxlarni qo‘li, operatsiya maydoni,
jarohatlarni, peshob xaltasini
hamda asboblarni sterilizatsiyasida qo‘llaniladi. Jarrox qo‘liga ishlov berilganda
terini qurishi, dermatitlar rivojlanishi mumkin. Suvni zararsizlantirish uchun
qo‘llaniladigan
pantotsid
ham tarkibida xlor tutgan dori vositalarga kiradi.
Mahalliy ta'sirlantiruvchi va chalg‘ituvchi xossasiga ega bo‘lgan
yodning spirtli
eritmasi
antiseptik sifatida keng qo‘llaniladi. Xalqumni va xiqildoq shilliq
qavatining yallig‘lanishlarida qo‘llaniladigan
lyugol eritmasi
(1 qism yod, 2 qism
kaliy yodid va 17 qism suv) ham tarkibida elementar yod bo‘lgan dori vositalarga
mansubdir.
Antiseptiklarni ko‘pgina qismi og‘ir metall tuzlari bilan ifodalangan. Og‘ir
metall tuzlarining kichik konsentratsiyalarda mikroblarga qarshi ta'sir
mexanizmi
mikroorganizmlar fermentlarining sulfgidril guruh larini qamallanishi bilan bog‘liq
deb hisoblanadi. Katta konsentratsiyada metall, kislota qoldig‘i xarakteri, tuzning
konsentratsiyasi, uning dissotsiatsiyalanish va eruvchanlik darajasiga qarab turli xil
Mahalliy ta'sirotlar yuzaga kelishi mumkin ( burushtiruvchi, kuydiruvchi –
nekrozga olib keluvchi, ta'sirlantiruvchi). Metall tuzlarining Mahally ta'siri oqsillar
denaturatsiyasi bilan bog‘liq. Bunda hosil bo‘layotgan albuminatlar zich va g‘ovak
bo‘lishi mumkin. Birinchi holda to‘qima
yuzasida yupqa parda hosil
bo‘ladi,to‘qima zichlashadi, yallig‘lanish kamayadi. Bunday o‘zgarishlar
burushtiruvchi ta'sirga xosdir. Moddani chuqurroq qatlamlarga kirib borishi
hujayra va nerv oxirlarini ta'sirlantiradi.
_____________________
1
Lotinchadan de - bartaraf etish,odor- xid.
Metall tuzlarining kuydiruvchi ta'siri eng keskin natija hisoblanadi. U
albuminatlarning eruvchanligi qancha yuqori bo‘lsa, Shuncha kuchli namoyon
bo‘ladi. Hosil bo‘ladigan albuminatlarni suvda
va biologik suyuqliklarda
eruvchanligiga qarab metallarni quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: Pb... Al,
Zn, Cu,Ag.....Hg. Qo‘rg‘oshinda burishtiruvchi ta'sir ( zich albuminatlar hosil
- 817 -
qiladi), simobda kuydiruvi ta'sir eng ko‘p namoyon bo‘ladi. Bir yo‘la ushbu
qatorda qo‘rg‘oshindan simobga qarab antimikrob faollik ortib boradi.
Antiseptik sifatida qatorning o‘ng tarafda joylashgan metallar ayniqsa
kumush va simob tuzlari eng ko‘p ahamiyatga egadirlar.
Antiseptik sifatida simob tuzlaridan quyidagi dori vositalar qo‘llaniladi:
a) suvda yaxshi eruvchan simob ikki xlorid ( sulema) – Hg Cl
2
b) suvda erimaydigan simob amidoxlorid (oq cho‘kma hosil qiluvchi simob) - Hg
NH
2
Cl va simobning sariq oksidi ( sariq cho‘kma hosil qiluvchi simob)- HgO.
Yaxshi eruvchan va dissotsiatsiyalanadigan
simob ikki xlorid
yuqori darajada
mikroblarga qarshi faollikka ega. Dori vositani qo‘l terisini, idish-tavoqlar, xonalar
va
boshqalarga
ishlov
berish
uchun
qo‘llaniladi.
Metall buyumlarni
dezinfeksiyalash uchun u yaroqsizdir, chunki metallarni korroziyaga olib keladi.
Bemorlarni ajratmalarini zararsizlantirish uchun dori vosita qo‘llanilmaydi, chunki
oqsillar simob ikki xlorid faolligini kamaytiradi. Dori vosita kuchli darajada
Mahalliy ta'sirlantiruvchi xossaga ega bo‘lganligidan, qo‘lga ishlov berish uchun
onda-sonda qo‘llaniladi. Simob ikki xlorid juda zaharli ekanligini e'tiborga
olish
lozim. Moddani teri va shilliq qavatlardan oson o‘ta olish xossasi noxush
asoratlarni rivojlantiruvchi omillardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: