glyukokortikoidlar, siklosporinlar, takrolimus
va
sitotoksik
vositalardan iborat .
Glyukokortikoidlarning immunodepressiv ta’sirini limfotsitlarni (ayniqsa T-
limfotsitlarni) proliferatsiya fazasini susayishi bilan bog‘lashadi. Bunda
antigenlarni tanib olish ham susayadi. (extimol makrofaglarga ta’siri tufayli ). Bir
qator interleykinlar hamda γ-interferonlarni hosil bo‘lishi va ularning ta’siri
kamayadi. T-limfotsitlarning ma’lum populyasiyasining (killer deb ataluvchi)
sitotoksik xossalari kamayadi . Makrofaglarni migratsiyasini ingibirlovchi
omilni(MIF) hosil bo‘lishi susayadi. Shu bilan bir qatorda glukokortikoidlar
terapevtik dozalarda spetsifik antitelolarni ishlab chiqarishga va antigen-antitelo
kompleksini hosil bo‘lishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Glyukokortikoidlar yuqori
- 781 -
darajada yallig‘lanishga qarshi faollikka ega ekanligini etiborga olish
lozim(26BOB ga qarang) Immunodepressiv va yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarni
birgalikda mavjudligi glyukokortikoidlarning ko‘pgina allergik reaksiyalarda
yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
Peptid
tuzilishiga
mansub
antibiotik
siklosporin
samarador
immunodepressantlardandir.
Tolypocladium inflatum Gams
va
Cylindrocapon
lucidum Booth
(sandimmun) nomli zambrug‘lar maxsulotidir. Antigen bilan
induksiyalangan
T-limfotsitlarning
differensiyalanishining
erta
bosqichini
susaytiradi, ularni faollashishini bloklaydi. T-helperlarga juda kuchli susaytiruvchi
ta’sir ko‘rsatadi. Interlekinlar (IL-2), γ-interferonni hosil bo‘lishini kamaytiradi.
Ovqat hazm traktidan siklosporin sekin va chala so‘riladi. t
1/2
=20-40soat.Dori
vositaning ko‘p qismi jigarda metabolizmga uchraydi va asosan safro tarkibida va
10% buyrak orqali ajraladi. Sitotoksik vositalardan(34BOB) siklosporining
ahamiyatli farqi, qon hosil bo‘lishiga susaytiruvchi ta’sirining kuchsizligidir .
Ammo u nefrotoksik ta’sirga ega va jigar funksiyasini buzishi ham mumkin.
A’zo va to‘qimalarni ko`shirib o‘tkazishda qo‘llaniladi. Autoimmun
xastaliklarda ham qo‘llanishi mumkin. Dori vosita ichiladi
2
va tomirga kiritiladi.
1
Sekin rivojlanuvchi tipidagi allergiyalarda antilimfotsitar zardoblar, monoklonal antitelolar
(muromonab CD
3
) va antilimfotsitar immunoglobulinlar ham qo‘llaniladi.
2
Ichish uchun siklosporinning sand immunneoral dori vositalar chiqariladi.
- 782 -
- 783 -
Ta`siri bo‘yicha siklosporinga
takrolimus
(FK-506, prograf) dori vositasi
o`xshash.
Streptomyces
tsukubaensis
maxsuloti.
Makrolidlar
guruhidagi
antibiotiklarga mansub. Takrolimus T-limfotsitlarni faollashuvini susaytiradi va
interleykin-2 ni ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Siklosporinga nisbatan ancha
(tahminan 100 marta ) faolroq. A’zolarni transplantatsiyasida qo‘llaniladi. Enteral
va tomir ichiga kiritiladi. Nefrotoksiklik, neyrotoksinlik xossasiga ega,
gipertenziya, dispeptik buzilishlar,giperglikemiya va boshqa noxush ta’sirlarni
rivojlantiradi.
Sitotoksik moddalarga alkillovchi vositalar (siklofasfan), antimetobalitlar
(azatioprin,
metotreksat,
merkaptopurin),
ba’zi
antibiotiklar
(masalan
daktinomitsin)
va
boshqalar
mansub.
Sitotoksik
dori
vositalarning
immunodepressiv ta’siri, chamasi ularni immun javobning proleferativ fazasini
susaytirishga olib keluvchi immun hujayralarini bo‘linishiga susaytiruvchi ta’siri
bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Immunitetni keskin susaytirish uchun ko‘pincha azatrioprin (imuran) ham
qo‘llaniladi. Tuzilishi va ta’siri bo‘yicha u merkaptopuringa o‘xshash , ammo
azatioprinda immunodepresiv ta’sir ustinlik qiladi va u nisbatan kamroq
sitotoksiklik ta’siriga ega. Organizmda undan 6-merkoptopurin hosil bo‘ladi. U esa
boshqa metobalitlarga aylanadi . T-limfotsitlar proleferasiyasini erta bosqichlariga
sitotaksik ta’sir ko‘rsatadi. B-limfotsitlarga kamroq darajada ta’sir etadi. Purinlar
sintezini ingibirlaydi.
Me’da-ichak traktidan yaxshi so‘riladi. Azatioprin va uning metabolitlari
buyrak orqali ajraladi. Azatioprinning zaharli ta’sirining asosiy ko‘rinishlari bu
suyak ko`migi funksiyasining susayishi va leykopeniya rivojlanishidir. Anemiya,
trombositopeniya, qon ketishini kuchayishi, ko‘ngil aynish, qayt qilish, diareya
ba’zan jigar disfunksiyasi va sariqlik rivojlanishi mumkin. Uni autoimmun
xastaliklarda (revmatoid poliartritda, qizilbo‘richa va boshqalar) va rezerv dori
vositalar sifatida a’zolarni transplantatsiyasida qo‘llaniladi. Siklofosfan
azatiopringa o‘xshash ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaniladi.
- 784 -
2.
To‘qimalar jarohatini kamaytiruvchi vositalar
. Allergiya jarayonning bu davri
aseptik yallig‘lanish rivojlanishi bilan xarakterlanganligi uchun bu holatda steroid
va nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalar qo‘llaniladi.
Yuqorida keltirilgan dori vositalarining ta`sir mexanizmlari quyida
ko`rsatilgan.(27.1-27.3 rasmlar)
- 785 -
Do'stlaringiz bilan baham: |