O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Safro ajralishini kuchaytiruvchi vositalar



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Safro ajralishini kuchaytiruvchi vositalar 
Bu guruhga oddiy sfinkterini bo‘shashtiruvchi vositalar kiradi. Asosan bular M-
xolinoblokatorlar va miotrop ta’siriga ega spazmolitik dori vositalardir (
atropin 
guruhi, no-shpa, papaverin va boshqalar
). 
Xoletsistokinin
 
(pankreozimin) – 12 barmoqli ichakning gormoni, safro 
ajralishini kuchli darajada oshiruvchi ta’sirga ega. 33 ta aminokislota 
qoldig‘idan iborat peptid. Cho‘chqalarning 12 barmoqli ichagi shilliq qavatidan 
olinadi. Sintetik – oktapeptid dori vositai ham mavjud. Ikkalasi ham o‘t pufagini 
qisqartiradi, me’da osti bezi sekretsiyasini kuchaytiradi, me’dada HSl ajralishini 
susaytiradi. Asosan o‘t pufagining qisqarish qobiliyatini va uning ichidagi 
jismlarni aniqlashda tashxis vositasi sifatida tomirga kiritiladi. 
Magniy sulfat ichilganda o‘t qopchasini qisqartiradi, Oddiy sfinkterini 
bo‘shashtiradi, safro ajralishi ortadi. 
Ta’sir mexanizmi: magniy sulfatning gipertonik eritmasi ichak 
retseptorlarini qo‘zg‘atib, ichakning shilliq qavatidan xoletsistokininni 


- 505 -
ajralishini kuchaytiradi. Natijada o‘t qopchasi qisqaradi, ichak peristaltikasi 
tezlashadi. 20-25% eritmasidan 1 osh qoshiqdan 2-3 marta kuniga ichiladi. 
Duodenal zondlashda 25% eritmasida 50 ml yoki 10% eritmasidan 100 ml zond 
orqali ichakka kiritiladi, dori vositaning 20% ichakdan so‘riladi va buyrak orqali 
ajraladi. 
Qo‘llanilishi: safro haydovchi vosita sifatida, duodenal zondlashda (surgi 
sifatida). 
Homiladorlik, hayz ko‘rayotgan kunlarda, buyrak yetishmovchiligi va 
o‘tkir gastoenteritlarda, gastroenterokolitlarda qo‘llash mumkin emas. 
Noxush ta’siri: ko‘ngil aynash, qayt qlish, poliuriya, ichakda yallig‘lanish 
jarayonini kuchayishi. 
Sorbit
 
(Sorbitum) – ko‘p atomli spirt, safroni hosil bo‘lishini va ajralishini 
kuchaytiradi. Ichilgandan so‘ng ichakning shilliq qavatidan xoletsistokinin 
gormonini ajralishini oshiradi. U esa o‘t pufagini qisqartiradi. Oddiy sfinkterini 
bo‘shashtirib, 12 barmoqli ichakka safro tushishini kuchaytiradi. Ichilganda 
ta’siri 5-6 minutdan keyin boshlanadi. Magniy sulfatnikidan tezroq. 
Ksilit
(Xylitum) – 
besh atomli spirt ta’siri sorbitnikiga o‘xshash. Lekin 
ksilit ta’sirida faqatgina o‘t pufagidagi safro emas, balki jigarda ham safro 
ajralishi ortadi, uning tarkibida bilirubin, xolkislotasi, lipoproteinlar kompleksi 
ko‘p bo‘ladi. Ta’sir kuchi bo‘yicha pankreozimin dori vositaidan qolishmaydi. B 
guruh vitaminlarini o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi, ketoz rivojlanishiga 
qarshilik qiladi. Ksilitning ta’sirini atropin bartaraf etadi, shu sababli vagolitiklar 
bilan ksilitni qo‘shib ishlatilmaydi.
Ksilit va sorbitni qo‘llashga ko‘rsatmalar: surunkali xoletsistitlar, o‘t 
yo‘llarining gipokineziyasi, surunkali pankreatitlar, surunkali kolitlar. Turli xil 
sabablar tufayli yuzaga keluvchi ich ketishda qo‘llash mumkin emas.
Noxush ta’siri: ikkala dori vosita ham ichni surishi mumkin. 


- 506 -
Fenobarbital, benazonal, ziksorin dori vositalari ham jigar MOS faolligini 
kuchaytirishi hisobiga o‘t hosil bo‘lishi, bilirubinni glyukuronidatsiyalanishini 
oshirib, safro tarkibida ajralishini kuchaytiradi. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish