(Ursofalk) – tarkibida ursodezoksixol kislota bor. Xuddi
xenoxolga o‘xshash ta’sirga ega.
Gepatoprotektor vositalar
Bu guruhga gepatotsitlar membranasini mustahkamlovchi, patologiyada
ularni qayta tiklanishini ta’minlovchi dori vositalar kiradi. Ma’lumki,
membranalarning funksional holati va ularda joylashgan ferment sistemalarining
faolligi ko‘p jihatdan fosfolipidlarning tarkibi va miqdoriga bog‘liq.
Gepatoprotektorlar ta’sirida jigar hujayralarning harxil turdagi zaharli toksik
moddalar va omillarga qarshi turish qobiliyati ortadi. Bir vaqtning o‘zida jigarda
reparatsiyali regeneratsiya, oqsil sintezi , safro hosil qilish, yutish va ajratish
jarayonlari kuchayadi, distrofiya va sitoliz jarayonlari kamayadi. Ko‘pgina
gepatoprotektorlarning ta’sir mexanizmi erkin radikallar hosil bo‘lishini
kamaytirish, antioksidant sistemaning tarkibiga kiruvchi fermentlar (superoksid-
dismutaza, katalaza), glutation va boshqa birikmalar miqdorini oshirish, DNKga
bog‘liq RNK polimeraza faolligi kuchayishi tufayli oqsil sintezi ortishi bilan
bog‘liqdir.
Essensiale
(Essentiale)
– tarkibida fosfolipidlar, to‘yinmagan yog‘
kislotalari
(linolev-70%,
linolen,
olien
kislotalari)
piridoksin
NCl,
sianokobalamin, nikotinamid, riboflavin, tokoferol, tiamin va xokazolar bor.
Jigarning zararsizlantirish, uglevod va yog‘ almashinuvidagi ishtirokini
yaxshilaydi. RNK va DNK biosintezi me’yorlashadi, gepatopitlarning turli
- 508 -
omillar ta’sirida jarohatlanishini oldini oladi. Transaminazalar faolligini,
bilirubin miqdorini qonda kamaytiradi. Gepatotsitlarni yog‘lar bilan
infiltratsiyasini susaytiradi, chunki jigar parenximatoz faktornni (PXF) hujayra
membranasidagi lipidlar qavatiga kiritadi. Parenteral (tomirga tomchilab) va
enteral yo‘l bilan qo‘llaniladi .Davolash sxema asosida 14 kundan 6 oygacha
davom etadi.
Ko‘rsatmalar: o‘tkir va surunkali gepatitlar, distrofiyalar, jigar sirrozi,
qandli diabetda jigar funkatsiyasini yaxshilash uchun, alkogolizm ,nurlanish
xastaligi va boshqalar. Noxush ta’siri: ba’zida dispepsiya (ichilganda), SOE
ortib ketishi.
Legalon
(karsil) – o‘simliklardan ajratilganda flavonoid modda. Tarkibida
uchta izomer birikma mavjud: slibin, silidianin, silixristin. Uchchalasining
umumiy nomi «silimarin» deb ataladi. Gepatoprotektorlik ta’siriga ega. Dori
vositaning 80% glyukuron va sulfat kislotasi bilan bog‘langan holda safro
tarkibida ajraladi. Ichakdan tahminan 20% qayta so‘riladi va jigar-ichak
doirasida aylanish hosil qiladi. Dori vositaning katta miqdori jigar va buyrakda
to‘planadi (boshqa a’zolarda yo‘q darajada) 24 soat davomida dori vositaning
tahminan 6% peshob tarkibida ajraladi. Ichilgandan keyin dori vositaning qonda
maksimal konsentratsiyasi 0,5 soatdan keyin bo‘ladi. T
½
tahminan 6 soat. Safro
tarkibida 2 soatdan keyin maksimal konsentratsiyada ajraladi. Dori vositaning
tahminan 40% ichakdan tez rezorbsiyalanadi. Legalonning ta’sir mexanizmi
uning membrana stabilizatorlik xossasi bilan bog‘liq.
Ko‘rsatmalar: essensialennikiga o‘xshagan.
Noxush ta’siri: allergik reaksiyalar.
Silibor
–
o‘simlikdan olingan flavanoidlar aralashmasi. Xuddi legalonga
o‘xshash dori vosita.
Liv-52 – bir qancha o‘simliklarning sharbati va qaynatmasidan ajratilgan
quruq moddalar aralashmasi. Jigar funksiyalarini yaxshilaydi, gapatotsitlarda
moddalar almashinuvini kuchaytiradi, ularning regeneratsiyasini oshiradi, jigarni
- 509 -
yog‘li infiltratsiyasini oldini oladi, jigarda oqsil sintezini me’yorlashtiradi,
ishtahani va ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Ichakning evakuator
funksiyasini yaxshilab, meteorizmni bartaraf etadi. Dori vosita tabletka shaklida
ichiladi. Ko‘rsatmalar: essensiale kabi, hamda anoreksiya, ozib ketish, diabet.
Noxush ta’siri: Layella sindromi.
Vitogepat
Do'stlaringiz bilan baham: |