- 855 -
Surtma sifatida ularni ko‘proq ko‘z hastaliklarida (ayniqsa traxomada)
mahalliy qo‘llaniladi. Tetratsiklinlar qator noxush ta'sirlar ko‘rsatadilar. Jumladan
ular allergik reaksiyalar rivojlantirishi mumkin. Bunda terini jarohatlanishi, yengil
istimalash va boshqalar kuzatilishi mumkin. Tetratsiklinlarga
allergiya penitsillin
va sefalosporinlarga nisbatan anchagina kam rivojlanadi.
Noallergik tabiatli noxush ta'sirotlardan avvalam bor mahalliy qitiqlovchi
ta'sirni ko‘rsatish kerak (ayniqsa u oksitetratsiklinda kuchli namoyon bo‘ladi).
Ichilganda dori vositaning ana Shu xossa dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynash,
qayt qilish, diareya), glossit, stomatit va ovqat hazm qilish trakti shilliq qavati
tomonidan boshqa o‘zgarishlarning asosiy sababi hisoblanadi. Mahalliy qitiqlovchi
ta'siri tufayli mushak ichiga kiritilganda og‘riq, tomirga
kiritilsa tromboflebitlar
rivojlanishi mumkin. Tetratsiklinlar biroz gepatotaksiklik xossasiga egadirlar
(asosan oksitetratsiklin). Tetratsiklinlarni homiladorlikning ikkinchi yarimida va
bolalarda ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘llash lozim. Bu
tetratsiklinlarning suyak
to‘qimasida jumladan tish to‘qimasida kalsiy tuzlari bilan xelat birikmalar hosil
qilishi tufayli depolanishi bilan bog‘liq. Shu tufayli skeletning shakllanishi
buziladi. Tishlarning rangi o‘zgaradi va jarohatlanadi.
Tetratsiklinlarning noxush
ta'sirotlaridan biri bo‘lib ularni fetosensibilizatsiya
1
chaqirish va u bilan bog‘liq
dermatitlar rivojlanish hisoblanadi (ayniqsa demeklotsiklin). Modda almashinuviga
ta'sir ko‘rsatish tetratsiklar uchun oddiy hol hisoblanadi. Ular oqsil sintezini
susaytiradilar
(antianabolik
ta'sir),
organizmdan
natriy
ionlari,
suv,
aminokislotalarni, ayrim vitaminlarni va boshqa
birikmalarni ajralishini
kuchaytiradilar. Minotsiklin vestibulyar buzilishlarni rivojlantirishi mumkin.
Superinfeksiya vujudga kelishi tetratsiklinlar bilan davolashga juda xos asoratdir.
Ta'sir spektri keng bo‘lgan antibiotiklardan hisoblangan tetratsiklinlar ovqat hazm
qilish traktining saprofit florasini rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatib
kandidamikoz, stafilokokklar, protey, ko‘k yiring tayoqchasi bilan chaqirilgan
superinfeksiyani yuzaga kelishiga imkoniyat tug‘diradilar. Eng ko‘p xavf
tug‘diradigan asoratlari bu stafilakokklar qo‘zg‘atgan enterokolit va zotiljam bo‘lib
juda og‘ir kechishi mumkin. Saprofit flora rivojlanishiga salbiy ta'sir be'morlarda
- 856 -
V
guruhi
vitaminlarini
(saprofitlar
ularning
sintezida
qatnashadilar)
yetishmovchiligining sabablaridan biri bo‘lib, ovqat
hazm qilish trakti shilliq
qavatining tetratsiklinlarning mahalliy qitiqlovchi ta'siri va superinfeksiya
ta'siridagi jarohatlanishini chuqurlashtiradi.
____________________________________
1
Grekcha phos (photos) –yorug‘lik (nur), lotincha sensibilis – sezgir
Kandidamikozni
oldini
olish
va
davolash
uchun
tetratsiklinlarni
zamburug‘larga qarshi antibiotik nistatin bilan birga qo‘llaniladi. Bundan tashqari
tetratsiklinlar bilan bir vaqtda V guruhi vitaminlarini berish maqsadga muvofiqdir.
Kamdan-kam hollarda psevdomembranoz
1
kolit rivojlanishi mumkin. Uni
vankomitsin bilan davolanadi.Stafilakokk, protey yoki ko‘k
yiring tayoqchasi
qo‘zg‘atgan superinfeksiyani bartaraf etish maqsadga tegishli spektrga ega bo‘lgan
zamburug‘larga qarshi vositalar qo‘llaniladi. Ma'lum bo‘lgan tetratsiklinlarga
mikroorganizmlarning chidamliligi rivojlanishi tufayli ushbu guruhning yangi
hosilalarini izlash qonuniydir. Glitsilsiklinlarni yaratilishi bu boradagi eng keyingi
yutuqlardan biridir. Bu qatorning istiqbolli birikmalaridan biri bo‘lib tigetsiklin
hisoblanadi. U tetratsiklinning hosilalariga mansub.
Gramm musbat va gramm
manfiy bakteriyalarga nisbatan yuqori faollikka ega.
Tigetsiklin
ta'siriga
ko‘pgina ko‘k yiring tayoqchasi va protey
chidamlilidirlar. Dori vositani boshqa antimikrob vositalarning, rezistentlik
rivojlanishi tufayli samarasiz bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: