O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

 
– juda kuchli tez va qisqa ta’sir etuvchi diuretik hisoblanadi. 
Kimyoviy tuzilishi dixlotiazidnikiga o‘xshash. Enteral va parenteral 
qo‘llanilganda ham samarador.
Ta’sir mexanizmi natriy va xlor ionlarini nefronlarning egri-bugri 
naychalarining nafaqat distal, balki proksimal qismlarida, hamda genli 
sirtmog‘ining ko‘tariluvchi qismining yo‘g‘on bo‘g‘imida reabsorbsiyasini 
susaytirishi bilan bog‘liq. Dori vosita kaliy ionlarni reabsorbsiyasini sustroq 
kamaytiradi. Karboangidraza fermenti faolligiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Atsidoz va alkalozda ham, bir xil ta’sir etadi, davomli qo‘llanilganda ham 
samaradorligi kamaymaydi. Ta’siri tez boshlanadi. M-n: venaga kiritilgach, bir 
necha daqiqadan so‘ng boshlanib, 1,5-3 soat davom etadi. Ichilganda 45-60 
minutdan so‘ng boshlanib 4-8 soat davom etadi. Yaxshi tomoni shuki, furosemid 
boshqa diuretiklar samara bermagan holatlarda ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. 
Furosemid buyrakda qon aylanishini oshiradi. Organizmda peshob kislotasini 
to‘planishiga olib keladi. Kalsiy ionlarini ajralishini (organizmdan) kuchaytiradi, 
shu tufayli giperkalsiemiyada yaxshi natija beradi (giperparatireoidizm). 
Furosemid qon bosimini mo‘tadil tushiradi, chunki periferik qon tomirlarini 
kengaytiradi.
Ko‘rsatmalar: peshob haydovchi vositalar sifatida, xafaqonlik xastaligida 
o‘pka, bosh miya shishida, surunkali buyrak yetishmovchiligida, o‘tkir 


- 582 -
zaharlanishda peshobni tezkorlik bilan ko‘paytirish uchun va dixlotiazidni 
qo‘llash zarur bo‘lgan barcha holatlarda.
Noxush ta’siri: dixlotiazidlarnikiga o‘xshash. Furosemid qo‘llanilganda 
kaliy tuzlari ko‘p bo‘lgan parxez bo‘lishi kerak.
Diakarb
 
– karboangidraza fermentini tanlab susaytiradi. Natijada karbonat 
kislotasining hosil bo‘lishi va bikarbonat va natriy ionlarning naychalar shilliq 
qavatidan so‘rilishi kamayadi. Hamda ularning miqdori peshobda ortadi. Bu o‘z 
navbatida peshob tarkibida suvni ko‘p ajralishiga olib keladi. Peshob pH ortadi, 
kaliyni ajralishi ham ortadi. Lekin xlor ionlarining ajralishi o‘zgarmaydi. 
qonning ishqoriy rezervi kamayadi va atsidoz rivojlanishi mumkin, bunda dori 
vositaning samaradoriligi kamayadi. Diakarb ta’sirida boshqa a’zolardagi 
karboangidraza fermenti faolligi susayadi. Jumladan, ko‘zda shu tufayli suyuqlik 
kamayadi. Orqa miya suyuqligi, oshqozon shirasi va boshqalar… Diakarb 
MITdan yaxshi so‘riladi. Ta’siri 1-3 soatdan so‘ng boshlanib, 10 soatgacha 
davom 
etadi. 
Lekin 
peshob 
ajralishi 
faolligi 
furosemid 
va 
benzotiadizinlarnikidan past.
Noxush ta’siri
:
uyqusirash, paresteziyalar, gipokaliemiya. Hozirda peshob 
haydovchi vosita sifatida kam qo‘llaniladi, lekin glaukoma, tutqanoq 
xastaliklarida qo‘llaniladi.
Etakrin kislotasi
 
– faolliligi bo‘yicha furosemiddan kuchsiz bo‘lsa ham, 
ancha kuchli diuretik.
Ta’sir mexanizmi: furosemidnikiga o‘xshash, ya’ni bikarbonatlar 
ajralishini kuchaytirmaydi, qonning elektrolitlar tarkibini o‘zgartirmaydi. Dori 
vosita asosan proksimal naychalarda, natriy ionlarini, nefronning ko‘tariluvchi 
genli sirtmog‘i qismining semiz bo‘g‘imini butun yuzasi bo‘yicha, xlor ionlarini 
reabsorbsiyasini kamaytiradi. Kuchsiz bo‘lsa ham kaliy ionlarining ajralishini 
oshiradi. Organizmning kislota-ishqor muvozanati buzilgan holda ham, diuretik 
xossasi yaxshi saqlanadi. Tomirga kiritilganda ta’siri 15 minutdan so‘ng 
boshlanib, 3-4 soat davom etadi. Ichilganda ta’siri 1-1,5 soatdan keyin 


- 583 -
boshlanib, 8 soatgacha davom etadi. Etakrin kislotasi qon bosimini o‘rtacha 
tushiradi. Bemorlar uni furosemidga nisbatan yomonroq qabul qiladi (ayniqsa, 
surunkali buyrak yetishmovchiligida).
Noxush ta’siri: gipokaliemiya, gipoxlorimiya, alkaloz, bosh aylanishi, 
quvvatsizlik, dispepsiya, (karlik-eshitishni keskin susayishi). Anuriya va 
homiladorlikda qo‘llanilmaydi.
Ko‘rsatmalar: dixlotiazidnikiga o‘xshash. 
Merkuzal
 
(novurit) Hg-simob, Suksinatdegidrogenaza (SDG) fermentdagi 
–SH guruhini bloklaydi va shu tufayli suksinatdan vodorod atomini ajralishi 
keskin kamayadi. Natriy ionlarining qayta so‘rilishi uchun sharoit 
yaratilmaganligidan u peshob tarkibida, suvni biriktirgan holda ajraladi. 
Gipoxlorimik alkaloz chaqiradi, dori vositaning ta’siri unda keskin susayadi. 
Mushak ichiga kiritilsa, ta’siri 2-3 soatdan so‘ng boshlanib, 1 kun davom etadi.
Temisal, eufillin
 
– ksantin hosilalari. Tomirlarni kengaytirib, buyrakda 
qon aylanishini tezlashtiradi va birlamchi peshob ko‘p hosil bo‘ladi. Lekin 
natriy va xlor ionlarining reabsorsiyasiga ta’sir etmaganligidan peshob 
ajralishini uncha kuchli oshirmaydilar. Kaliy ionlari peshob tarkibida ortadi. 
Asosan yurak-tomir yetishmovchiligida samara beradilar.
Spironolakton
 
– aldosteronning retseptorlarini qamal qiladi, natijada 
natriy ionlari qayta so‘rilmaydi va u xlor ionlari va suv bilan peshob tarkibida 
ajraladi. Lekin kaliy ionlari sekretsiyasini kamaytiradi va uning miqdori qonda 
oshadi. Bu asnoda spironolakton triamterenga o‘xshaydi. Spironolakton ta’sirida 
kislota-ishqor muvozanati o‘zgarmaydi. SHu sababli atsidoz va alkalozlarda 
ham samarador. Organizmda peshob kislotasini to‘planishiga olib kelmaydi. 
Lekin spironolakton kuchsizroq diuretikdir. Ta’siri asta-sekin rivojlanadi. (2-3 
kun). Dori vosita qon bosimini tushiradi. Dori vosita odatda ichiladi.
Noxush ta’siri: giperkaliemiya, ginekomastiya, bosh aylanishi, terida 
toshmalar; Buyrak xastaliklarida qo‘llash mumkin emas.


- 584 -
Mannit
 
– diuretik ta’siri organizmdan ko‘p miqdorida erkin suvni ajralishi 
bilan bog‘liq. Peshob tarkibida ko‘p miqdorda natriy ionlarini ajralishiga olib 
keladi. Kaliy ionlarini peshob tarkibida ajralishiga ta’sir etmaydi. Dori vosita 
konsentratsiyasi qonda qancha katta bo‘lsa, uning diuretik ta’siri shuncha yuqori 
bo‘ladi. Lekin buyrakning filtratsiyalash qobiliyati pasayganda ta’siri yuzaga 
chiqmaydi.
Ta’sir mexanizmi
:
dori vosita nefron ichida osmotik bosimni oshiradi, 
natijada natriy va suvning qayta so‘rilishi susayadi. Mannitni asosan tomirga 
kiritiladi. Peshob haydovchi va suvsizlantirish vositasi sifatida o‘pka, miya 
shishlarida ba’zan ko‘zning ichki bosimini pasaytirish uchun qo‘llaniladi. 
Mochevina
 
– mannitga o‘xshab ta’sir etadi. Lekin dori vositaning 50% 
qayta so‘rilib, qonda qoldiq azot miqdorini oshiradi. GEBdan yaxshi o‘tadi. 
Triamteren
 
– pteridin unumi. Distal va yig‘uvchi naychalar epiteliysini 
natriy ionlari uchun o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va natriy so‘rilmaydi, 
peshob tarkibida suv bilan ko‘plab chiqariladi. Kaliy ionlarini chiqarilishini 
oshirmaydi, chunki kaliy ionlarining distal qismida sekretsiyasi pasayadi. Tiazid 
unumi bo‘lgan diuretiklar ta’sirida rivojlangan gipokaliemiyani kamaytiradi. 
Ular ta’sirini kuchaytiradi, shuning uchun ularni qo‘shib ishlatish yaxshi natija 
beradi. Triamterenning peshob haydash kuchi o‘rtacha. Triamteren 
spironolaktonga o‘xshab kaliy ionlarini jamg‘aruvchi (to‘plovchi) diuretiklar 
guruhiga kiradi. Peshob kislotasini ajralishini ajralishini biroz oshiradi. Dori 
vosita MITdan tez so‘riladi va ta’siri 15-20 daqiqadan so‘ng boshlanib, 8-12 
soat davom etadi. Alkaloz, atsidozga va peshob kislotasini organizmda 
to‘planishiga olib kelmaydi. 
Qo‘llanilishi
:
yurak tomir yetishmovchiligida, jigar sirrozida va nefrotik 
sindromda yuzaga keladigan shishlarda.
Noxush ta’siri: dispepsiya, bosh og‘rig‘i, qon bosimini pasayishi. Ba’zan 
giperkaliemiya, 
azotemiya. 
Kamdan-kam 
hollarda 
giperglikemiya, 
giperurikimiya. 


- 585 -
Amilorid
 
– triamterenga o‘xshash, lekin uzoqroq ta’sir etadi (24 
soatgacha). Tiazid unumlari bo‘lgan diuretiklardan ta’sir kuchi past. Ular bilan 
birga ishlatiladi. 
Ammoniy xlorid
 
– kislota hosil qiluvchi diuretiklarning tipik vakili. 
Ammoniy xlorid qonda NH
3
, H
+
va Cl
-
ga parchalanadi. Xlor va vodorod ionlari 
bikarbonatlar bilan birikib H
2
O, CO
2
, NaCl hosil qiladi. Qonning ishqoriy 
zahirasi kamayadi va atsidoz rivojlanadi. Xlor ionlarining ortiqchasi natriy 
ionlari bilan birikadi va ularga mos ravishda suv peshob tarkibida ajraladi. 
Bunda oz miqdorda bo‘lsa ham, kaliy ionlarining ajralishi ortadi. Natijada 
peshob hajmi ortadi. Lekin ammoniy xloridning diuretik ta’sir kuchi sustroq va 
shuning uchun mustaqil dori sifatida ahamiyatga ega emas. Uni alkaloz 
chaqiruvchi diuretiklar bilan birgalikda qo‘llaniladi (

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish