- 290 -
mumkin, unga o’rganib qolish va qaramlik rivojlanmaydi. Doridan
foydalanishni to’xtatish bemorlarda fiziologik funksiyalarning buzilishiga olib
kelmaydi (“Qaytish” sindromi es-hush, hatti-harakat va boshqalarning
buzilishlari rivojlanmaydi, ).
Nojo’ya ta’sirlari sifatida allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin.
Narkotik tipda ta’sir etuvchi uxlatuvchi vositalar
Barbiturat kislotasining hosilalari. Bu guruhga fenobarbital, barbamil,
barbital, barbital-natriy, etaminal kiradi.
Barbitur kislotasi hosilalarining uyqu chaqirish hususiyalari ularning
GAMK-A retseptorlarining faolligini oshishi bilan bog‘liq. Bunda nafaqat xlor,
balki boshqa ionlar (K
+
, Na
+
, Ca
2+
) kanallarning ham ishi o‘zgaradi. Bundan
tashqari avtonom nerv sistemasini boshqaruvchi gipotalamik markazlarning
faolligi susayib, retikulyar formatsiyaning bosh miya po‘stloq
qismini
qo‘zg‘atuvchi ta’siroti susayadi. Yana barbituratlar bilan qo‘zg‘atuvchi
mediatorlar (glutamat va boshqa) orasida qarama-qarshilik borligi ahamiyatga
ega.
Uxlatuvchi vositalar sifatida asosan o‘rtacha va uzoq ta’sir etuvchi
barbituratlar qo‘llaniladi, tahminan 6-8 soat. Ta’sir davomliligi ularning jigarda
parchalanish va buyrak orqali ajralish tezligiga bog‘liq. Barbituratlar o‘zlarini
parchalovchi MOS faolligini keskin kuchaytiradilar. Shuning uchun ularga
tolerantlik ortadi. Shu bilan bir qatorda jigar va buyrakning yetishmovchiligida
barbituratlarni qo‘llash noxush oqibatlarni keltiradi. Barbituratlarni qabul
qilingandan keyingi kun bir qancha asoratlar yuzaga chiqadi.
Jumladan
bo‘shashish, kuchli charchoq, psixomator o‘zgarishlar,ayniqsa organizmda
yarim yashash davri katta va ajralish sekin bo‘lgan dori vositalar ta’sirida
(fenobarbital), jumladan, uning t
1/2
ajralish davri 3,5 kun (asoratlar ko‘p),
etaminal natriyniki 1,5-2 kun (asoratilari kam). Davomli qabul qilganda,
barbituratlar organizmda to‘planadi kumulyatsiya (ayniqsa, fenobarbital,
barbital natriy), ruhiy va jismoniy tobelik rivojlanadi.
Barbituratlar uyqu
- 291 -
fazalarini (davrlarini) buzadilar, tana haroratini tushiradilar, me’da shirasini
ajralishini sekinlashtiradilar, peshob ajralishini buzadilar.
Tobelik rivojlanganda barbituratlar qabul qilinmasa, abstinensiya
sindromi yuzaga chiqadi. Barbituratlar uyqudan 30-60daqiqa avval ichiladi.
Fenobarbital tutqanoq xurujlarini oldini olishda ham qo‘llaniladi.
Terapevtik
dozalarda barbituratlar ichki a’zolar tomonidan sezilarli o‘zgarishlar
chaqirmaydilar (ba’zan allergik reaksiyalar).
Barbituratalar bilan o‘tkir zaharlanish tasodif tufayli yoki o‘z joniga qasd
qilish tufayli bo‘ladi. Bunda koma rivojlanadi, ya’ni bemorning es-xushi
yo‘qoladi, reflekslar so‘nadi, nafas olish keskin buziladi, qon bosimi pasayadi,
buyrak ishdan chiqadi. Agar vaqtida yordam ko‘rsatilsa, o‘lim kam bo‘ladi.
Yordam ko‘rsatish maqsadida me’da yuviladi, surgilar beriladi, tomirga ishqoriy
eritmalar quyish kerak. Bemerid, kofein qo‘llaniladi.
Noksiron
(Noxiron) piperidin hosilasi, kimyoviy tuzilish bo‘yicha
fenobarbitalga o‘xshash (ortiqcha NH
2
guruhi bor). Uxlatuvchi va
tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Uyqu 8 soat davom etadi. Barbituratlarga
nisbatan faolligi past. Uyquning “tez” davrini qisqartiradi. Atropinsimon ta’sir
ko‘rsatish xususiyatiga ega. MITdan yaxshi so‘riladi. Gematoensefalik barerdan
oson o‘tadi. Uxlashdan 15-30 daqiqa oldin ichiladi.
Bemorlar bu dori vositani
ta’sirini yaxshi o‘tkazadilar. Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar
rivojlanadi.
Xloralgidrat (Chlorali hydras) - birinchi bo‘lib qo‘llanilgan ishonchli
uxlatuvchi birikma. Kuchli uyqu chaqirish vositasidir. MITdan oson so‘riladi.
Ta’siri 5-10 daqiqadan keyin boshlanadi, 6-7 soat davom etadi. Ta’siri tugagach,
noxush oqibatlar rivojlanmaydi, lekin unga o‘rganish rivojlanadi. Organizmda
to‘planmaydi (kumulyatsiya bo‘lmaydi).
Xloragidratning kamchiliklari mavjud, ular quyidagilardir:
mahalliy
kuydiruvchi ta’sirga ega (ichilganda og‘iz bo‘shlig‘ini juda achishtiradi) shuning
uchun shilliqlar bilan qo‘shib beriladi.
- 292 -
-
parenximatoz a’zolarga zaharli ta’sir qo‘rsatadi.
-
qon aylanish markazi faolligiga salbiy ta’sir etadi.
Organizmdan xloralgidrat peshob orqali faqat glyukuronid holatida
ajraladi. Xloradgidrat uxlatuvchi va tutqanoqa qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Bromizoval
(bromizovalum) - mochevina hosilasi. Juda kam zaharli,
kuchsiz tinchlantiruvchi va mo‘tadil uyqu vositasi. Uyquni boshlanish davrini
buzilishida qo‘llaniladi.
Bromizoval xloralgidratga o‘xshab tana harorati, me’da-ichak
sekretsiyasiga, buyrak faoliyatiga barbituratlarga nisbatan kam ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: