- 242 -
qilibkina qolmay, uni kuchaytiradi ham. Tibbiyotda keng qo’laniladigan
depolyarizatsiyalovchi vosita ditilinning ta’siri yangi sitratli qon quyish yo’li
bilan yo’xtatiladi. Qon plazmasi tarkibida xolinesteraza mavjud bo’lib, ditileni
gidrolizlaydi. Ko’pchilik kuraresimon vositalar asosan nerv-mushak sinapslariga
yuqori darajada tanlab ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga ularning ba`zilari boshqa
xolinergik sinapslarga ham ta’sir qiladi. Bir qator antidepolyarizatsiyalovchi
vositalar kuchsiz gangliobloklovchi ta’sir ko’rsatadi (asosan tubokurarin),
buning ko’rinishlaridan biri arterial bosimning pasayishi,
shuningdek
sinokorotid soha va buyrak usti bezi mag’iz qavatining n-xolinaretseptorlariga
susaytiruvchi ta’siridir. Ba’zi bir vositalarda (masalan, pankuroniy) yurakga
nisbatan kuchli ifodalangan M-xolinoblokatorlik (vagolitik) ta’siri kuzatilib, bu
taxikardiyaga olib keladi. Tubokurarin va ba’zi boshqa dori vositalar gistamin
ajralishini kuchaytirishi mumkin, bu esa arterial bosimning pasayishiga Bronx
mushaklari tonusini oshishiga olib keladi.
Depolyarizatsiyalovchi kuraresimon vositalar
elektrolit muozanatiga
ma’lum
miqdorda
ta’sir
ko’rsatadi.
Postsinaptik
membrananing
depolyarizatsiyasi natijasida kaliy ionlari skelet mushaklaridan ajralib chiqadi va
ekstrasellyulyar suyuqlikda va qon plazmasida ularning miqdori oshadi. Bu
yurak aritmiyasiga sabab bo’lishi mumkin.
Narkozdan keyingi davrda depolyarizatsiyalovchi vositalar qo’lanilganda ba’zan
mushaklarda og’riqlar kuzatilishi mumkin. Bu depolyarizatsiyalovchi dori
vositalar ta’siri bilan bog’liq bo’lgan ularning fastsikulyatsiyasi vaqtidagi
mushaklarning mikrotravmasi natijasi hisoblanadi. Depolyarizatsiyalovchi
vositalar ganglioblokatorlik ta’sir ko’rsatmaydi. dozalarda ular gangliyalarning
va buyrak usti bezi mag’iz qavati N-xolinoretseptorlarini qo’zg’atib, arterial
bosimni oshiradi. Depolyarizatsiyalovchi kuraresimon vositalar skelet
mushaklarining annuspiral oxirlarini stimulaydi. Bu
propriotseptiv tolalarning
afferent impulsatsiyasini kuchaytiradi va monosinaptik reflekslarni susayishini
chaqirishi mumkin. To’rtlamchi ammoniyli birikmalar guruhidagi kuraresimon
- 243 -
vositalarning ko’pchiligi MNSga ta’sir qilmaydi (gematoensefalik to’siqdan
yomon o’tadi). Bu guruh dori vositalari MITda yomon so’riladi, shuning uchun
ular parenteral qo’laniladi, asosan vena ichiga. Ba’zi dori vositalar organizmda
fermentativ parchalanishlarga uchraydilar. Yuqorida aytib o’tilganidek, ditilinni
qon plazmasining xolinesterazasi bilan gidrolizlanishi uni qisqa muddat ta’sir
qilishiga sabab bo’ladi. Kuraresimon vositalar va ularning metobolitlari asosan
buyraklar orqali chiqariladi.
Kuraresimon dori vositalar anestezalogiyada jarrohlik muolajalarini bajarish
uchun keng qo’laniladi. Ular skelet mushaklarini bo’shashini ta`minlab, ko’krak
qafasi va qorin bo’shlig’i a’zolari, shuningdek qo’l va oyoqlardagi ko’pgina
operatsiyalarni bajarilishini onsonlashtiradilar. Ular traxeya intubatsiyasida,
bronxoskopiyada, chiqan va singan suyaklarni o’z joyiga joylashtirishda
ishlatiladi. Bundan tashqari, bu dori vositalar
qoqshol kasaligini davolashda,
elektrotirishish muolajasida qo’laniladi. Jarrohlik muolajasini qancha muddat
davom etishi hisobga olgan holda dori vositaning kerakli ta’sir davomiyligiga
ega bo’lgani qo’laniladi.
Kuraresimon vositalarning nojo`ya ta’sirlari havfli xususiyatga ega emas.
Arterial bosim ularning ta’sirida pasayishi (tubokurarin) va ko’tarilishi (ditilin)
mumkin. Bir qator dori vositalarni qo`llaganimizda taxikardiya hosil bo’lishi
xarakterli (pankuroniy). Gohida yurak aritmiyasi (ditilin), bronxospazm
(tubokurarin),
ko’zning
ichki
bosini
oshishi
(ditilin)
kuzatiladi.
Depolyarizatsiyalovchi vositalar uchun mushak og’riqlari xarakterli. Qon
plazmasidagi xolinesterazaning genetik yetishmovchiligi bo’lgan shaxslarda
ditilin uzoq muddatli apnoeni chaqiradi (odatdagi 5-10 daqiqa o’rniga, 6-8
soatgacha va undan ortiq). Kuraresimon vositalarning jigar, buyrak kasaliklarida
hamda keksa yoshli insonlarda qo’lashda ehtiyot bo’lish lozim. Shuni esda tutish
kerakki, yuqorida ko’rsatilgan vositalar nafasni
susaytirishi va butunlay
to’xtatishi mumkin. Shuning uchun ular tibbiyot amalyotida ishlatilganida
ularning antagonistlari va sun’iy nafas oldirishga kerakli sharoit bo’lishi lozim.
- 244 -
Nomi
Kattalar uchun o‘rtacha
terapevtik doza va kiritish yo‘li
Chiqarish shakli
Do'stlaringiz bilan baham: