Baxo-lash turlari
|
Mashg‘. turi
|
Ball ulushi
|
Haftalar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
JB
|
Lab.
|
25
|
|
|
5
|
|
|
5
|
|
|
5
|
|
|
5
|
|
5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
OB
|
Ma’ruza
|
10
|
|
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
Mus.ish
|
15
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
5
|
YaB
|
Yozma
|
50
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Fayllarni ochish va yopish operatorlari
Python dasturlash tili zamonaviy dasturlash tillari kabi turli xildagi fayllar bilan ishlash hususiyatiga ega. Zamonaviy dasturlash tillaridagi fayllarni mantiqiy ikki turga bo‘lish mumkin: matnli va binar. Matnli fayllar o‘z nomidan kelib chiqqan holda matnlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu turga csv, txt, html kengaytmali fayllarni misol qilish mumkin. Binar fayllarga – audio, video, rasm va boshqa shu turdagi fayllarni misol qilish mumkin. Fayllarni turiga qarab ular bilan ishlash farq qiladi. Fayllar bilan ishlayotganda bir nechta amallar ketma–ketligini amalga oshirish kerak bo‘ladi:
Faylni open() metodi yordamida ochish;
read() metodi yordamida faylni o‘qish yoki write() metodi yordamida faylga yozish;
close() metodi yordamida faylni yopish
Fayllar bilan ishlash uchun avval faylni open() funksiyasi yordamida ochish kerak bo‘ladi, bu funksiyaning to‘liq ko‘rinishi quyida ko‘rsatilgan:
open(file, mode)
Funksiyaning birinchi parametri faylga yo‘l ko‘rsatadi. Faylga yo‘l o‘zgarmas bo‘lishi mumkin, ya’ni saqlanayotgan diskning nomidan boshlanishini mumkin, Masalan, C://somedir/somefile.txt. yoki nisbiy joylashgan ham bo‘lishi mumkin, somedir/somefile.txt – bu holatda fayl izlash yoki joylashtirish Python kodi joylashgan joyga nisbatan amalga oshiriladi.
Ikkinchi o‘rinda joylashgan parametr mode fayl ustida bajariladigan amalni bildiradi. Bu amalni fayl bilan ishlash rejimi ham deb yuritiladi. Umuman olganda fayllar ustida bajariladigan rejimlar 4 ta hisoblanadi:
r (Read), faylni o‘qish uchun ochiladi. Agar fayl mavjud bo‘lmasa, FileNotFoundError istisnosi yuzaga keladi.
w (Write), faylga ma’lumotlarni yozish uchun ochadi. Agar fayl mavjud bo‘lmasa, u holda fayl yaratiladi. Agarda ko‘rsatilgan nomdagi fayl mavjud bo‘lsa, fayl qaytadan yaratiladi va oldingi faylning ma’lumotlari o‘chib ketadi.
a (Append), fayl to‘ldirish uchun ochiladi (yakuniga yetkazish) uchun ochiladi. Agarda fayl mavjud bo‘lmasa u holda fayl yaratiladi. Agar ko‘rsatilgan nomdagi fayl mavjud bo‘lsa, yangi kiritilgan ma’lumotlar faylning oxiridan boshlab joylashtiriladi.
b (Binary), binar fayllar bilan ishlash uchun foydalaniladi. w yoki r rejimlari bilan birga qo‘llaniladi.
Fayllar ustida amallar bajarib bo‘linganidan so‘ng close() metodi yordamida joriy fayl yopilishi talab qilinadi. Masalan: yozish uchun “hello.txt” faylini ochib ko‘ramiz:
myfile = open("hello.txt", "w")
myfile.close()
Fayllar bilan ishlayotgan vaqtda turli xildagi istisnoli vaziyatlarga duch kelish mumkin. Masalan, faylga kirish huquqi yo‘q bo‘lsa va hokazolar. Bu holatda dastur xatoliklarga duch keladi va dasturning bajarilishi close() metodigacha bormasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda istisnolarni boshqarishdan foydalanish mumkin bo‘ladi:
try:
somefile = open("hello.txt", "w")
try:
somefile.write("hello world")
except Exception as e:
print(e)
finally:
somefile.close( )
except Exception as ex:
print(ex)
Ushbu holatda fayl ustida amallar ichma–ich joylashtirilgan try bloki ichida amalga oshiriladi. Agarda biron – bir istisno yuzaga kelgan taqdirda ham finally blokida fayl yopiladi. Fayllar bilan ishlashda yanada qulayroq ko‘rinishga ega bo‘lgan with konstruksiyasidan foydalanish mumkin.
with open(file, mode) as file_obj:
buyruqlar to‘plami
Bu konstruksiya ochilgan faylni file_obj o‘zgaruvchiga uzatadi va buyruqlar to‘plami bajariladi. Buyruqlar ketma–ketmaligi bajarilganidan so‘ng avtomatik tarzda fayl yopiladi. Agarda with blokida biron–bir istisnoli vaziyat yuzaga kelgan taqdirda ham fayl yopiladi. Yuqoridagi misol with bloki yordamida quyidagicha yoziladi:
with open("hello.txt", "w") as somefile:
somefile.write("hello world")
Do'stlaringiz bilan baham: |