O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet185/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

8.1-Rasm. Bronxolitik moddalarning asosiy ta’sir yo’nalishlari.
Taxikardiya chaqirmaydi, arterial qon bosimini tushirmaydi, ya’ni yurakning β1 adrenoretseptorlariga kamroq ta’sir etadi. Orsiprenalinni ingalyatsiya qilinganda ta’siri 10-15 daqiqadan keyin boshlanib 4-5 soat davom etadi. Bronxial astma xurujlarini oldini olish uchun dori vosita sifatida ichiladi. Bunda dori vositaning ta’siri 1 soatdan keyin boshlanib 4-6 soat davom etadi.
Qo‘llashga ko‘rsatmalar: bronxial astma, surunkali asmoid bronxitlar, pnevmoskleroz, o‘pka emfizemasi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi. Dori vositaning noxush ta’siri kam, lekin izadringa xos bo‘lgan asoratlar bo‘lishi mumkin (qon bosimini tushishi).
Salbutamol tuzilishi va ta’siri bo‘yicha β2-adrenomimetiklarga o‘xshash, bronxolitik ta’sirga ega, qon bosimini o‘zgartirmaydi, taxikardiya chaqirmaydi. Aerozol ko‘rinishida chiqariladi, ingalyatsiya qilinadi. Bronxial astma xurujlarini bartaraf etish va oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Fenoterol (berotek)—tuzilishi va ta’siri bo‘yicha orsiprenalinga o‘xshash, lekin ta’siri unga nisbatan davomliroq. Uning ta’sirida taxikardiya kuchli bo‘lmaydi. Salbutamolga o‘xshash ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘laniladi. Fenaterolni bundan tashqari Partusisten nomi bilan doyachilik (akusherstvo)da tokolitik (bachadonni bo’shashtiruvchi) sifatida qo‘llashadi. Bunda dori vosita ko‘k tomirga kiritiladi yoki tabletkasi ichiladi. Quyidagi β2-adrenomimetiklarning ta’siri 12 soatgacha davom etadi: (tulobuterol , klenbuterol, salmeterol, formoterol).
Atropin va uning guruhiga kiruvchi dori vositalarning bronxolitik ta’sir mexanizmi guanilatsiklaza fermenti faolligini susaytirish natijasida s-GMF miqdorini kamayishi va Shu tufayli “semiz” hujayralardan spazmogen moddalar- ning ajralishini kamayishi bilan bog‘liqdir (gistamin, MRS-A, LTS4, LTE4 –leykotriyenlar). Bronxolitik ta’sir kuchi va bronxial astma xurujlarini bartaraf etish samaradorligi bo‘yicha M-xolinoblokatorlar adrenomimetiklardan birmuncha kuchsizdirlar, lekin ularga ko‘nikish sekin rivojlanadi.
M—xolinoblokatorlar ta’sirida silliq mushaklarning bo‘shashishi asosan bronxlarning proksimal qismida bo‘ladi. Ularning bunday ta’siri ingalyatsiya qilinganda ham 20-40 daqiqadan keyin, ya’ni kechroq boshlanadi, lekin 8 soatgacha davom etadi. Bir vaqtning o‘zida bronx bezlarining sekretsiyasi, mukotsiliar transport, epiteliy kipriklarining harakati kamayadi.

М-холиноблокаторлар

М-холиноблокаторлар



Семиз ҳужайра

Адреномиметиклар

8.2-Rasm. Adrenomimetik va xolinoblokatorlarning bronxolitik ta’siri
МРС-А- anafilaksiyaning sekin ta’sir etuvchi substansiyasi (leykotriyenlardan iborat). + musbat ta’sir: - manfiy ta’sir.
M-xolinoblokatorlar adashgan nerv tonusi ortgan (vagotoniya), jismoniy zo‘riqishda yuzaga chiquvchi astma, sovuq va changli havo qo‘zg‘otuvchi bronxospazmlarda qo‘llaniladi. Boshqa dori vositalar bilan M-xolinoblokatorlarni kechqurun berish maqsadga muvofiqdir, chunki tunda parasimpatik nerv sistemasining tonusi ortadi. M-xolinoblokatorlarning noxush ta’sirlari ma’lum: akkomodatsiyaning buzilishi, taxikardiya, og‘iz qurushi kabilar metatsin, ipratropiya ta’sirida kamroq kuzatiladi.
Ipratropiyning bronxolitik ta’siri ingalyatsiya yo‘li bilan qo‘llanganda kuchli namoyon bo‘ladi, lekin ta’siri β adrenomimetiklarga nisbatan sekinroq rivojlanadi, 6 soat davom etadi. To‘rtlamchi ammoniyli birikma bo‘lganligidan u MNS ga o‘tmaydi.



Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish