8.Nafas a’zolari faoliyatiga ta’sir etuvchi vositalar
Nafas a’zolarining xastaliklari turlicha bo‘lib, mustaqil holda yoki boshqa patologiyalarning asorati yoki yo‘ldosh kasallik sifatida ko‘p uchraydi. Nafas olish jarayoni uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi orqali boshqariladi. Bu markazning faolligi qondagi karbonat angidridi miqdoriga bog‘liq, chunki CO2 nafas markazini bevosita qo‘zg‘atadi Bundan tashqari nafas markazi reflektor yo‘l bilan (karotid koptokchasidagi xemoretseptorlar) ham qo‘zg‘aladi. Nafas a’zolari funksiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.Nafas olishni kuchaytiruvchi (stimullovchi ) vositalar;
2.Yo‘talga qarshi vositalar;
3.Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar;
4.O’tkir nafas yetishmovchiligida qo‘llanuvchi vositalar;
5.Bronxial astma xastaligida qo‘llanuvchi vositalar.
Nafas olishni kuchaytiruvchilar (nafas stimulyatorlari).
Asosiy ta’sir yo’nalishi bo’yicha nafas stimulyatorlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Bevosita nafas markaziga aktivlovchi ta’sir etuvchilar –bemegrid, kofein, etimizol
2. Nafasni reflector ravishda stimullovchi vositalar –sititon, lobelin gidroxlorid
3. Aralash ta’sir etuvchi vositalar(1+2) –kordiamin, karbonat kislota.
Bevosita nafas markaziga qo’zg’atuvchi ta’sir etuvchilarga psixostimulyator vositalar, analeptiklar kofein va bemegrid va etimizol preparati kiradi. Oxirgisi markaziy ta’sir etuvchi nafas stimulyatorlari orasida alohida o’rniga ega bo’lib, bosh miyaning po’stloq osti markazlari va uzunchoq miya markazlarini qo’zg’atadi. Lekin tipik analeptiklardan farq qilib miya po’stlog’iga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi, Shuning uchun psixiatriya amaliyotida tinchlantiruvchi vosita sifatida havotir va hayajonli holatlarda qo’llanadi. Ichishga va parenteral yo’l bilan yuborishga buyuriladi.
Reflektor yo’l bilan ta’sir etuvchi nafas stimulyatorlariga n-xolinomimetiklar sititon va lobelin gidroxlorid kiradi. Ularning mexanizmi Shundaki, ular sinokarotid zonadagi n-xolinoretseptorlarni qo’zg’atadi, u yerdan esa nerv impulslari uzunchoq miyaga borib nafas markazi aktivligini oshiradi. Ko’rsatilgan n-xolinomimetiklar qisqa muddatli ta’sir etadilar (bir necha minut). Ularni faqat vena ichiga yuboriladi.
Aralash ta’sir etuvchi vositalarning ta’sir samarasi markaziy ta’sir bilan birgalikda karotid koptokchadagi xemoretseptorlarga qo’zg’atuvchi ta’sir bilan to’ldiriladi. Bunga analeptik kordiamin va karbonat kislota kiradi. Karbonat kislota fiziologik nafas stimulyatori hisoblanadi.
Tibbiyot amaliyotida 5-7% li CO2 va 93-95% li O2 aralashmasi ishlatiladi. Bu aralashma karbogen nomini olgan. Sog’lom odamni karbogen bilan ingalyatsiya qilganda nafas hajmi 5-8 marta oshadi. Nafas qo’zg’alishi asosan nafas markazidagi pH tushishi va H+ ionlari yig’ilishi hisobiga yuz beradi. Vodorod ionlari nafas markazi hujayralarini bevosita emas balki nafas markazi yaqinida joylashgan xemoretseptor tuzilmalarga ta’sir qilish hisobiga qo’zg’atadi. CO2 ning nafasga ta’siri sinokarotid zona reflekslari hisobiga ham bo’ladi. CO2 ning qo’zg’atuvchi ta’siri 5-6 minut ichida boshlanadi. Bunda umumiy qon aylanish ham miyadagi qon aylanish ham yaxshilanadi.
Nafas stimulyatorlari opioid analgetiklar, is gazi bilan yengil zaharlanganda, chaqaloqlar asfiksiyasida, narkozdan keying davrda o’pka ventilyatsiyasini tiklash uchun qo’llanadi. Umuman, ular kam qo’llanadi. Gipoksik holatlarda yordamchi yoki sun’iy nafas berish afzal ko’riladi.
Markaziy ta’sir etuvchi yo’talga qarshi vositalar
Periferik ta’sir etuvchi yo’talga qarshi vositalar
Nafas markazi stimulyatorlari (analeptiklar)
Reflektor ta’sir etuvchi nafas stimulyatorlari(n-xolinomimetiklar)
Karotid sinus
Bevosita ta’sir etuvchi balg’am ko’chiruvchilar
Reflektor ta’sir etuvchi balg’am ko’chiruvchilar
Afferent tola
Efferent tola
Me’da
Uzunchoq miya
Do'stlaringiz bilan baham: |