O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Gipotenziv vositalar (antigipertenziv vositalar)



Download 30,26 Mb.
bet173/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

7.4.Gipotenziv vositalar (antigipertenziv vositalar)
Neyrotrop gipotenziv vositalar
Gipertoniya kasalligini davolashda, ayniqsa boshlangich formalarida tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo’lgan dori vositalar ishlatiladi. Bularga anksiolitiklar yoki narkotik ta’sirga ega bo’lgan uxlatuvchi moddalardan kichik dozalarda beriladi. Odatda bunday dori vositalarni ruxiy holati uzgaruvchan bo’lgan bemorlarga buyuriladi. Bunday dori vositalar sedativ ta’sirdan tashkari vazamotor markazlarni tormozlashi mumkin.
Markaziy ta’sirga ega bo’lgan gipotenziv vositalarga imidazolin hosilasi klofellin (katapresan, klonidin gidroxlorid, gemiton) kiradi. Uning gipotenziv ta’siri postsinaptik a2-adrenoretseptorlarni va imidazolin I1-retseptorlarini uzunchoq miya ventrolateral solitar trakti neyron yadrolarini jadallashtirishiga boglik. Bu o’z navbatida uzunchoq miya vazomotor markazlari neyronlarini susaytirishiga va simpatik innervatsiyani tonusini pasayishiga olib keladi. Natijada preganglionar simpatik tolalarda efferent impulslarni susayishiga olib keladi. Bir vaqtni uzida adashgan nerv tonusi oshadi. Stabil gipotenziya holati yurak faoliyatini susayishi (bradikardiyani kelib chiqishi) va periferik qon tomirlar karshiligini kamayishi bilan boglik. Simpatik nerv tonusi pasayganligi tufayli renin ajralib chiqishi kamayadi. Klofelin periferik presinaptik a2-adrenoretseptorlarni jadallagani tufayli varikoz kengaymalaridan noradrenalin mediatorini ajralib chiqishini kamaytiradi. Qon bosimni tushishi oldin qisqa vaqt qon bosimni oshishi bilan kechadi (bu sinapsdan tashqaridagi tomirlar a2-adrenoretseptorlarini qo’zg’alishiga bog’liq, lekin bu retseptorlarga klofelinni sezgirligi kam). Klofelin MNS ga tormozlovchi ta’sir ko’rsatganligi tufayli tinchlantiruvchi, uxlatuvchi va tana haroratini tushiruvchi ta’sirga ega.
Klofelin oshqozon ichak tizimidan yaxshi so’riladi, maksimal gipotenziv ta’siri 2-4 soatdan so’ng kelib chiqadi, davomliligi 6-12 soatni tashkil kiladi. Dori vosita buyrak orqali chiqib ketadi. Dori vosita gipertoniya kasalliklarda va gipertonik krizlarda ichishga va parenteral yuborish uchun qo’llaniladi. Klofelinni uxlatuvchi, narkotik vositalar, psixotrop, etil spirti bilan qo’llash mumkin emas, chunki bu dori vositalarni markaziy ta’sirini potensirlashi mumkin. Klofelin ishtahani oshiradi, so’lak (og’iz qurishi) va oshqozon sekretor bezlari faoliyatini pasaytiradi. Ich qotishi kuzatiladi. Organizmda natriy ionlari va suvni ushlab qoladi, shuning uchun siydik haydovchi dori vositalar bilan kombinatsiya qilinadi.Klofelin bilan davolash to’xtatilayotganda , dozani asta sekin kamaytirish zarur (gipertonik kriz, uyqusizlik kuzatilishi mumkin). Klofelinni transdermal shakli yaratilgan, dori vositani bir marta qo’llanilganda 1 hafta davomida ta’sir qiladi.
Klofelinga o’xshash guanfatsin (estulik) dori vositasi mavjud bo’lib, uzoq vaqt ta’sir qiladi. t1/2 = 12-24 soat. Kuniga 1 marta buyuriladi.
Imidazolin I1- retseptorlariga, agonist bo’lgan dori vositalar sintez qilingan, bularga moksonidin (fizioteks) kiradi. Dori vosita gipotenziv faollikka ega bo’lib, umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini, renin ajralishini, yurak ishini kamaytiradi, natijada arterial bosim kamayadi. Moksonidinda tinchlantiruvchi xususiyat yo’q, kuniga 1 marta beriladi. Asosiy nojo’ya ta’siri og’iz qurishi. Shu guruhga rilmenidin dori vositasi kiradi. Arterial bosimni markaziy boshqarilishiga ta’sir qiluvchi moddalariga metildofa (metildopa, aldomet, dopegit) kiradi. Metildofa a- metilnoradrenalinga aylanadi va MNS dagi postsinaptik a2-adrenoretseptorlarni stimullaydi, natijada arterial bosimni boshqarib turuvchi neyronlar faoliyatini susaytiradi. Dori vosita MNS ga tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi va uyqu chaqiradi. Dori vosita ichishga buyurilganda, 20% so’riladi, effekti 4-6 soatdan so’ng kelib chiqib, 1 sutka davom etadi. Metildofani zaruriyat bo’lganda vena ichiga yuboriladi, o’rganib qolish kamdan kam hollarda kelib chiqadi. Organizmda o’zgarmagan dori vosita va uning metabolitlari buyrak orqali chiqib ketadi. Bemorlar metildofani yaxshi ko’tara oladilar, lekin turli xil nojo’ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin. Ba’zida depressiya, parkinsonizm kelib chiqadi. Ortostatik kollaps oktadinda ganglioblokatorlarga qaraganda kamroq kuzatiladi. Dispeptik o’zgarishlar, og’iz qurishi, organizmda natriy va suvni ushlanib qolishi, teri toshmalari, impotensiya, agranulositoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya kuzatiladi.
Gangliobloklovchi vositalar (pentamin, benzogeksoniy) samarali gipotenziv moddalardir, lekin bugungi kunda gipertoniya kasalligini davolashda ahamiyati yo’q. Chunki ganglioblokatorlar tanlab ta’sir qilishga ega emas, bir vaqtda simpatik va parasimpatik gangliylarni bloklaydi. Natijada bir qancha nojo’ya tasirlarni keltirib chiqaradi ya’ni: qabziyat, siydik qopi muskulining tonusini pasayishi, akkomodatsiyani buzilishi, og’iz shilliq qavatini qurishi, ortostatik kollaps. Bunday dori vositalarga o’rganib qolish tez rivojlanadi.
Ganglioblokatorlar asosan xirurgik operatsiyalarda boshqariluvchan gipotenziya uchun qo’llaniladi. Bu maqsadda qisqa vaqt ta’sir qiluvchi gigroniy, arfonad qo’llaniladi. Bundan tashqari ganglioblokatorlar gipertenziv krizlarda, o’pka, miya shishida qo’llaniladi.
Gipertoniya kasalligini davolash uchun ba’zida simpatolitiklar ham qo’llaniladi, bular tanlab adrenergik innervatsiyani susaytiradi. Bu moddalar periferik adrenergik nerv oxirlarida efferent impulslarni bloklab, zaxiradagi noradrenalin mediatori qolmasligi orqali. Bu esa yurak faoliyatini, periferik tomirlar tonusini susaytiradi. Juda faol, hamda yetarli darajada arterial bosimni tushiruvchi simpatolitiklarga oktadin va rezerpin kiradi. Rezerpin psixozga qarshi vosita sifatida, markaziy ta’sir qilish (tinchlantiruvchi) komponentiga ham ega. Oktadin gematoenstefalitik barerdan MNS ga o’tmaydi. Har ikkala simpatolitiklarga latent davr xarakterli. Bu dori vositalarni enteral yuborilganda arterial bosimni maksimal tushishi 1-3 kundan so’ng kelib chiqadi. Agarda ganglioblokator vositalari bir necha soat ta’sir kilsa, simpatolitiklarni gipotenziv ta’siri bir necha kun davom etadi. Oktadin va rezerpin dori vositasini qabul qilish to’xtatilgandan so’ng, dastlabki arterial bosimni tiklanishiga 1-3 xafta kerak bo’ladi. Oshqozon ichak traktidan bu dori vositalar yaxshi so’riladi. O’rganib qolish rivojlanmaydi. Lekin, har ikkala dori vosita yetarli darajada nojo’ya effektlarni chaqiradi shuning uchun bu dori vositalarni qo’llash cheklangan.
Adrenoretseptorlarni falajlovchi moddalar ichida β –adrenoblokatorlar diqqatni o’ziga jalb qiladi. Ularni gipotenziv ta’sirida bir kator komponentlar ishtirok etadi. Bu dori vositalar yurak zarbini, kamaytiradi, doimiy qabul qilinganda periferik tomirlar qarshiligi kamayadi. β-adrenoblokatorlar presinaptik β2 -adrenoretseptorlarni susaytiradi (noradrenalinni ajralib chiqishiga stimullovchi ta’sirni bartaraf qiladi), hamda renin ajralishini kamaytiradi (β1-adrenoretseptorlarni falajlanishi tufayli). Bundan tashqari ularni gipotenziv ta’siri MNS ga tinchlantiruvchi ta’siriga ham bog’liq.
β-adrenoblokatorlarni uzoq vaqt qo’llanilganda arterial bosim yetarli darajada tushadi. Shuning uchun ularni qo’llanilishiga asosiy ko’rsatma gipertoniya kasalligidir. Shuni nazarda tutish kerakki bu dori vositalarni ta’sir qilish spektri turlicha: masalan, tanlab ta’sir qilmaydigan (anaprilin, β1va β2 adrenoretseptorlarni falajlaydi), tanlab ta’sir qiluvchilarga (talinolol, metoprolol, atenolol bular asosan β1 adrenoretseptorlarni falajlaydi), bundan tashqari β va a – adrenoretseptorlarni (labetalol) falajlovchi faollikka ega bo’lgan dori vositalar mavjud. Labetalol β –adrenoblokatorlardan keskin farq qiladi. Tanlamasdan β-adrenoretseptorlarni falajlovchi ta’siri, a-adrenoretseptorlarni falajlanishi bilan birga namoyon (3:1 nisbatida) bo’ladi. Labetalolni bir marta qo’llanilganda periferik tomirlar qarshiligini kamaytiradi, va yurakni zarbdor kuchiga ta’sir qilmasdan arterial bosimni tushiradi (β-adrenoblokatorlardan shunisi bilan farq qiladi). Uzoq vaqt qo’llanilganda yurak qisqarishlar sonini kamaytiradi, jismoniy va psixoemotsional yuklamalar bo’lganda yurak zarbini oshishini oldini oladi. Renin ajralishini kamaytiradi. Labetalol gipertoniyani turli xil bosqichlarida qo’llaniladi. Dori vositani ichishga va vena ichiga yuborish mumkin. Nojo’ya effektlariga bosh aylanishi, ortostatik gipotenziya, impotensiya kuzatilishi mumkin.
Aralash tipda ta’sir qiluvchi adrenoblokatorlarga karvedilol kiradi (dilatrend). Bir vaqtda pre (a2) va postsinaptik a-adrenoretseptorlarni falajlovchi a-adrenoblokatorlarni (fentolamin) arterial bosim oshganda tavsiya qilish mumkin, qonda adrenalin konstentratsiyasi yuqori bo’lganda (feoxromositomada) qo’llaniladi.. Bu dori vositani sistemali qo’llash uchun foydalanilmaydi, chunki qisqa vaqt ta’sir qiladi va yetarli darajada gipotenziyani ta’minlab bermaydi (ba’zida gipertonik krizlarda qo’llaniladi). Shu bilan birgalikda asosan postsinaptik a- adrenoretseptorlarni falajlovchi a-adrenoblokatorlar yaratilgan, bu dori vositalar presinaptik a2- adrenoretseptorlarga ta’sir qilmaydi (masalan, prazozin). Prazozinni ta’sirida adrenergik sinapslarda qaytar manfiy boglanish mexanizmi saqlanib koladi va haddan tashqari ortiq noradrenalin ajralib chiqmaydi (taxikardiya kelib chiqmaydi).
Prazozinni gipotenziv ta’siri periferik qon tomirlarni umumiy qarshiligini kamayishi, hamda hajmli qon tomirlarni kengayishiga boglik (dori vosita hajmli tomirlarga kamroq ta’sir qiladi). Renin sekrestiyasi oshmaydi. Prazozin ichakdan yaxshi so’riladi. Maksimal effekti 4-5 soatdan so’ng kelib chiqadi va 10 soatgachan davom etadi. Ba’zan gipotenziv effekt sekinroq kelib chiqadi. Prazozinni metabolitlari asosan ichak orqali chiqib ketadi. Dori vosita gipertoniya kasalligida, yurak yetishmovchiligida, hamda prostata bezining yaxshi sifatli giperplaziyasida qo’llaniladi. Mumkin bo’lgan nojo’ya ta’sirlariga: bosh og’rig’i, “yurak o’ynashi”, uyquchanlik, ortostatik gipotenziya, bosh aylanishi, to’qimalarda suv ushlanib qolishi.
a1-adrenoblokatorlarga doksazozin (kardura) kiradi, bu dori vosita prazozindan gipotenziv ta’sirini davomliyligi bo’yicha ustun (prazozin uchun t1/2 ~ 2-3 soat bo’lsa, doksazozinda ~ 22 soat).



Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish