O2 ga bo’lgan talab
|
O2 yetkazib berilishi
|
Diastolik bosim (predyuklama)
Sistolik bosim (postyuklama)
Miokard devorini zo’riqishi
Yurak qorinchalari hajmi
Yurak (radiusi) bo’yicha o’lchami
Qorincha bosimi
Yurak qisqarishlar soni
Qisqaruvchanlik
|
Qondan O2 ekstraksiyasi (%)
Koronar qon aylanish
Aortadagi diastolik bosim
Koronar arteriolalar qarshiligi
Metabolik autoregulyatsiya (adenozin)
Endokardial-epikardial (koronar qon
aylanish)
Koronar kollateral qon aylanish
Yirik koronar arteriyalar diametric
|
Koronar tomirlarni kengaytirish yo’li bilan koronar qon aylanishni va miokardni oksigenatsiyasini oshirish mumkin. Odatda bu holat moddalarni tomirlar silliq muskuliga to’g‘ridan to’g‘ri ta’siri natijasida yuzaga keladi. Shunday ta’sir qilish xususiyatiga ega bo’lgan silliq mushak hujayralari ichiga kalsiy ionlari kirishini susaytiruvchi moddalardan biri (verapamil)dir. Bundan tashqari antianginal dori vositalar, miokardda koronar tomirlarni kengaytiruvchi endogen moddalarni (masalan, adenozin) to’planishiga olib keladi. Dipiridamol shunday tipda ta’sir qiladi. Shu bilan bir qatorda ba’zi dori vositalar, reflektor ravishda koronar tomirlar spazmini (validol) bartaraf kiladi. Koronar tomirlar spazmini, tomirlarni toraytiruvchi markaziy reflekslarni susaytirish orqali ham amalga oshirish mumkin (nitroglitserin va morfin, markaziy reflekslarni falajlaydi).
Koronar qon aylanishni oshiruvchi asosiy omillardan yana biri, yurak qorinchalar devorini diastolik zo’riqishini kamaytirish kiradi (Yurak tomirlariga ekstravazal kompressor tasirni kamaytirish). Yurak tomirlarini kengayishi ikkilamchi, ya’ni moddalar almashinuvi jarayoniga bog’liq bo’lishi ham mumkin. Ma’lum bo’lishicha, koronar tomirlarni kengayishi, miokardni kislorodga bo’lgan ehtiyoji oshganda, masalan, eufillin yuborilganda kuzatiladi. Yurakning kollateral qon aylanishini oshirish, stenokardiyada qo’llaniluvchi dori vositalar uchun xos bo’lgan xususiyat xisoblanadi.
Antianginal moddalar guruhining tasniflanishi quyidagicha asoslangan:
Miokardni kislorodga bo’lgan ehtiyojini kamaytiruvchi moddalar.
|
Miokardga kislorod etib borishini oshiruvchi moddalar.
|
Organik nitratlar
Nitroglitserin, Sustak, Trinitrolong, Nitrong, Erinit, Nitrosorbid mononitrat,
L-turdagi kalstiy kanallarini falajlovchi moddalar
Verapamil, Diltiazem, Nifedipin,
Kaliy kanallari aktivatorlari
Nikorandil,
Turli xil moddalar
Amiodaron
|
β-Adrenoblokatorlar
|
Toj tomirlarni kengaytiruvchi moddalar
|
Anaprilin
|
Miotrop ta’sirga ega bo’lgan moddalar
|
Talinolol
|
Dipiridamol
|
Atenolol
|
Metoprolol
|
Bradikardiyada qo’llaniluvchi moddalar
|
Rreflektor ta’sir kiluvchi-
koronarospazmni bartaraf kiluvchi moddalar
|
Ivabradin
|
Alinidin
|
Validol
|
Falipamil
|
Shuni e’tiborga olish kerakki, stenokardiyani farmakoterapiyasi kompleks xarakterga ega. Shuning uchun ko’rsatilgan antianginal dori vositalardan tashqari, turli xil ta’sir qilish xususiyatiga ega bo’lgan moddalar ham ko’llaniladi. Bu patologiyalarda quyidagi dori moddalari guruhidan foydalaniladi.
Miokardni kislorodga bo’lgan talabi bilan kislorodni etkazib berilishi o’rtasidagi balansni buzilganligini me’yorlashtiruvchi moddalar.
Kardioprotektor moddalar.
Tromb hosil bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi moddalar.
Gipolipidemik moddalar .
Psixotrop moddalar.
Miokardni kislorodga bo’lgan talabini kamaytiruvchi va qon aylanishini yaxshilovchi dori vositalar.
Bu guruh moddalarga organik nitratlarni, kaltsiy kanallarini falajlovchi moddalarni, kaliy kanallarini faollashtiruvchi va amiodaroni o’z ichiga oladi.
a) Organik nitratlar:
Stenokardiyani davolash uchun tarkibida nitroglitserin tutuvchi turli xil dori vositalar kiradi. Nitroglitserin nitratlar guruhini asosiy vakili xisoblanadi (nitrat kislota efiri va glitserindan iborat). Uning davolovchi ta’sir qilish mexanizmi bir nechta komponentlardan iborat. Uzoq vaqt, nitroglitserinni koronar qon aylanishini oshirish ta’siri miotrop-koronar qon tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga bog‘liq deb xisoblashgan. Lekin stenokardiyasi bor bemorlarga koronar sinusni kateterizatsiya qilinganda yoki til ostiga nitroglitserin qo’yilganda koronar qon aylanish oshmagan, ammo yirik tomirlar kengaygan. Shu bilan birga, chap koronar arteriyaga nitroglitserin yuborilganda, bemorlarda koronar sinusda qon aylanishni oshirgan, lekin stenokardiya xurujini bartaraf etmagan. Nitroglitserinni vena ichiga yuborilganda kerakli natija kuzatilgan. Olingan natijaga ko’ra, nitroglitserinni antianginal effekti ekstrakardial ta’siriga bog‘liq. Stenokardiya xurujini bartaraf qilishini asosiy sababi, venoz va arterial bosimni kamayishi, va shunga mos ravishda yurakga kelayotgan venoz qon hajmini, periferik tomirlar qarshiligini kamayishi bilan tushuntiriladi. Bu esa o’z navbatida yurak ishini, miokardni kislorodga bo’lgan talabini kamaytirishga sabab bo’ladi. Bunday sharoitda qon aylanish darajasi va oksigenatsiya adekvat bo’lib, gipoksiya holati bartaraf etiladi. Tomirlarni nitroglitseringa sezuvchanligiga ko’ra, quyidagi tartibda bo’ladi: venalar >arteriyalar>arteriolalar va kapillyar sfinkterlari.
Tomirlarni silliq muskulini relaksatsiya qilish mexanizmi, nitroglitserinni endotelial relaksatsiyalovchi faktor (NO) ga o’xshash. Organizmda nitroglitserindan (va boshqa nitratlardan) azot oksidi ajralib chiqadi, undan esa S-nitrozotiollar hosil bo’ladi. Bu birikmalar sitozolda eruvchan guanilatsiklazani faollashtiradi. Natijada sitozolda erkin Ca2+ ionlarini kamayishiga, bu esa tomirlar silliq muskulini relaksatsiyasiga olib keladi. Nitroglitserin miokardni ishemiya bo’lgan qismida qon bilan ta’minlanishini oshiradi. Bu esa bir qancha effektlar natijasida yuzaga keladi. Qorincha devoriga diastolik yuklamani kamaytirish orqali miokardning subendokardial qon aylanishni yaxshilaydi, yirik koronar tomirlarni kengaytiradi. Asosiysi okkuluziyalangan sohadagi tomirlarni kengaytiradi. Kollateral qon aylanishni yaxshilaydi. Shuningdek miya, ichki organlar, to’rparda tomirlarini kengaytiradi. Uning spazmolitik miotrop ta’siri-ichki organlarda joylashgan silliq mushaklar tonusini pasaytirishi bilan bog’liq( hazm trakti va bronxiolalardagi). Nojo’ya ta’sirlari reflektor taxikardiyaga sabab bo’ladi(arterial bosimni tushishi bilan bog’liq kompensator reaksiya) bosh og’rig’i, bosh aylanishi. Endoteliy retseptorlarini stimullovchi ba’zi bir vazodilatatorlarni va NO donatorlarining ta’sir qilish mexanizmi:
Nitroglitserinni qo’llanilganda, ayniqsa dozasi oshganda arterial bosimni keskin tushib ketishi va kollaps kuzatilishi mumkin. Nitroglitserinni uzoq vaqt tanafussiz qo’llanilganda o’rganib qolish kelib chiqadi (masalan, vena ichiga yuborilganda o’rganib qolish 24 soat ichida kelib chiqadi). Dori vositani davriy qo’llanilganda bu praktik ahamiyatga ega emas.
Tez va qisqa vaqt ta’sir qiluvchi nitroglitserin stenokardiya xurujini bartaraf qilish uchun buyuriladi. Dori vosita tabletkasini yoki kapsulasini til ostiga, yoki spirtli eritmasidan 1-2 tomchi qand bo’lagiga tomizilib til ostiga qo’yiladi. Shuningdek sublingual qo’llash uchun nitroglitserin aerozoli chiqariladi. Nitroglitserin tez so’rilib(ta’siri 2-3 min da boshlanadi) stenokardiya xurujini bartaraf etadi. Effekti 30 minut davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |