Umumiy formalarida
Katta xurujli talvasalar (grand mal; tonik-klonik talvasalar)
Natriy valproat, Lamotridjin Difenin Topiramat Karbamazepin Fenobarbital Geksamidin
Epileptik status
Diazepam Klonazepam Difenin
Lorazepam Fenobarbital-natriy, Narkoz uchun vositalar
Kichik xurujli tutqanoqlar (petit mal; absense epilepsia)
Etosuksimid Klonazepam Trimetin
Natriy valproat Lamotridjin
Mioklonus-epilepsiya
Klonazepam Natriy valproat Lamotridjin
II. Fokal (partsial) tutqanoq formalarida
Karbamazepin Lamotridjin Klonazepam Tiagabin Natriy valproat Fenobarbital Topiramat Vigabatrin Difenin Geksamidin Gabapentin
Bundan tashqari, tutqanoqqa qarshi dori vositalarini ta’sir qilish printsipiga ko’ra ham tavsiflash mumkin.
I.Natriy kanallarini falajlovchi moddalar:
Difenin Lamotridjin Topiramat Karbamazepin Natriy valproat
II. T-tipdagi kalsiy kanallarini falajlovchi moddalar
Etosuksimid Trimetin Natriy valproat
III. GAMK ergik tizimni faollashtiruvchi moddalar
1. GAMK ning GAMKA retseptorlariga ta’sirini oshiruvchi moddalar: Benzodiazepinlar (diazepam, lorazepam, klonazepam), Fenobarbital Topiramat
2. GAMK hosil bo’lishini kuchaytiruvchilar va ularning faolsizlantiruvchilarni susaytiruvchilar.
Natriy valproat
3. GAMK ni faolsizlanishiga to’sqinlik qiluvchilar
Vigabatrin
4. GAMKni neyronal va glial hujayralar tomonidan qamrab olinishini falajlovchilar Tiagabin
IV. Glutamatergik tizim faolligini susaytiruvchi moddalar
1.Presinaptik nerv oxiridan glutamat ajralib chiqishini kamaytiruvchi moddalar Lamotridjin
2. Glutamat (AMRA) retseptorlarini falajlovchi moddalar Topiramat
Katta xurujli talvasalarni oldini oluvchi dori vositalarga - karbamazepin, difenin, natriy valproat, fenobarbital, lamotridjin kiradi.
Fenobarbital (lyuminal) barbiturat kislotasining hosilasi bo’lib, uxlatuvchi ta’sirga ham ega. Tutqanoqni davolash uchun subgipnotik dozadan foydalaniladi. Fenobarbitalning ta’sir qilish mexanizmi GAMK ergik tizimni faollashtirishiga bog‘liq. GAMKA makromolekulyar retseptor kompleksidagi barbiturat retseptorlariga ta’sir qilib, GAMK samarasini oshiradi. Fenobarbitalni tutqanoqqa qarshi ta’siri epileptogen o’choqda neyronlar qo’zg‘aluvchanligini va bu neyronlardan impulslarni tarqalishini kamaytirishidan kelib chiqadi. Natijada dori vositani tinchlantiruvchi va uxlatuvchi ta’sirlari ham namoyon bo’ladi. Fenobarbital kumulyatsiya xususiyatiga ega bo’lib, uzoq muddat qo’llanilganda o’rganib qolish va tobelik rivojlanadi. Gidantoin hosilalaridan difenin (fenitoin, difenilgidantoin, dilantin,) tanlabroq tutqanoqqa qarshi ta’sir etadi. Dori vosita natriy kanallarini falajlab, epileptogen o’choqdan impulslarni hosil bo’lishi va tarqalishiga to’sqinlik qilib, talvasa rivojlanishini oldini oladi. Difenin oshqozon ichak tizimidan yaxshi so’riladi. Biotransformatsiya jarayoni jigarda kechadi. Shu bilan birga difenin fenobarbital kabi jigar mikrosomal fermentlarini faolligini oshiradi. Difininni metabolitlari va o’zgarmagan qismi buyrak orqali chiqib ketadi. Difenin ham ahamiyatsiz darajada kumulyatsiya xususiyatiga ega. Difenin fenobarbitaldan farq qilib, MNS faoliyatini susaytiruvchi xususiyatga ega emas (terapevtik dozada uyquchanlik chaqirmaydi, tinchlantiruvchi ta’siri yo’q yoki kam namoyon bo’ladi). Difenin qo’llanilganda neyrogen buzilishlar kuzatilishi mumkin (bosh aylanishi, ataksiya, titroq, nistagm, diplopiya va boshqalar). Ba’zan giperplastik gingivit kuzatilishi mumkin (milkni shilliq qavatini o’sishi). Difenin qitiqlovchi ta’sirga ega bo’lganligi tufayli ko’ngil aynash, qayd qilish, turli xil teri toshmalari kuzatilishi mumkin.
Ko’z olmasini noaniq harakati. (grekchadan – nystagmos-uyqu,mudrash)
Buyumlarni ikkitadan ko’rinishi ( grekchadan diploos - ikkita, ops – nigoh).
Katta tutqanoqlarga yordamchi vosita sifatida geksamidin (primidon) qo’llanadi. U fenobarbital kabi aktiv emas, lekin kam zaharliroq. Nojo’ya ta’sirlari kamroq.
Tutqanoqning epileptik status turida (uzoq vaqt to’xtamaydigan katta tutqanoq xuruji) benzodiazepin hosilasidan diazepam (sibazon), lorazepam va klonazepamni vena ichiga yoki rektal yuborish juda yaxshi natija beradi. Bu dori vositalarni ta’sir qilish mexanizmi GAMK-ergik sistemani faollashtirishiga bog‘liq. Tutqanoqqa qarshi moddalarning GAMK –ergik sistemaga yo’naltirilgan ta’siri.
Bundan tashqari difeninning natriyli tuzini, fenobarbitalni parenteral yuborish va narkoz vositalari berish ham mumkin.
Kichik xurujli tutqanoqlar (petit mal) oldini olish uchun etosuksimid, natriy valproat, klonazepam, lamotridjin, trimetin ishlatiladi.
Etosuksimid (suksilep) suksitsimidlar guruhiga kiradi. T-tipidagi kalsiy kanallarini bloklaydi. Kichik xurujli tutqanoqlar profilaktikasida tanlov preparati hisoblanadi. U Trimetinga qaraganda kam zaharli lekin baribir kam bo’lsa ham qon yaratish va buyrak funksiyalarini ba’zida jiddiy buzishi mumkin. Bundan tashqari dispeptik buzilish, bosh aylanish, charchoq bo’lishi mumkin. Davolash paytida qonning tarkibini qat’iy nazorat qilish kerak.
Trimetin (trimetadion,tridion) oksazolidin hosilasidir. Orqa miyadagi polisinaptik reflekslarni susaytiradi, T-tipdagi kalsiy kanallarni bloklaydi va neyronlarga kalsiy kirishini susaytiradi. MIT dan yaxshi so’riladi, jigarda o’zgarib, buyrak orqali chiqib ketadi. Nojo’ya ta’sirlari: sedativ ta’sir, gemeralopiya (qorong’uda ko’rish buzilishi, shabko’rlik), terida allergik reaksiya, qon yaratish buzilishi (aplastik anemiya, agranulotsitoz), jigar va buyrak ishi buzilishi. Shulardan kelib chiqqan holda trimetin bilan davolaganda doimiy ravishda qon yaratish jarayoni, buyrak va jigar holatini nazorat qilib borish kerak.
Lamotridjin (lamiktal) feniltriazin hosilasi hisoblanadi. Mexanizmini natriy kanallari bloklanishi va presinaptik oxirlardan qo’zg’atuvchi aminokislotalar ajralishi susayishi bilan bog’lashadi. Enteral yo’l bilan butunlay so’riladi, uzoq ta’sir etadi. Shuning uchun jigar va buyrakning holatini hisobga olgan holda dozalash kerak. Ayniqsa lamotridjinni jigar mikrosomal fermentlar tizimiga ta’sir qiluvchi preparatlar bilan kombinatsiyada berganda bu juda muhimdir. Kichik xurujlar, fokal epilepsiya va kata xurujlarda ham beriladi. Nojo’ya ta’sirlari ataksiya, diplopiya, allergiya, bosh aylanish.
Mioklonus-epilepsiya medikamentoz davolashga yetarlicha chidamli hisoblanadi. Bunda klonazepam, diazepam (sibazon, seduksen) va nitrazepam (eunoktin) ishlatiladi. Klonazepam epilepsiyaning ko’plab turlarida samaradorligi va minimal nojo’ya ta’sir qilishi diqqatga sazovordir ( ba’zida ataksiya, ishtaha buzilishi, uyquchanlik). Nitrazepam kichik xurujlarda ham qo’llanadi. Benzodiazepinlarning epilepsiyaga qarshi effekti ularning GAMK-mimetik ta’siri bilan izohlanadi.
Natriy valproat (depakin) ham Shu turda va yana kichik va kata xurujlarda samara beradi. Ta’sir mexanizmi miyada GAMK-transaminazani ingibirlashi hisobiga GAMK biotransformatsiyasining sekinlaShuvi va glutamatdekarboksilaza fermenti stimullanishi sababli GAMK sintezi kuchayishi va oxir-oqibat miyada GAMK to’planishi hisoblanadi. Bundan tashqari natriy kanallarini va oz bo’lsada T-tipdagi kalsiy kanallarini ham bloklaydi. Nojo’ya ta’sirlari nisbatan kam (ko’ngil aynish, ataksiya, uyquchanlik). Natriy valproat boshqa tutqanoqqa qarshi vositalar nojo’ya ta’sirlarini kuchaytirishi mumkin, Shuning uchun kombinatsiyalangan terapiya qilishda buni yodda tutish kerak.
Fokal tutqanoq turida karbamazepin, topiramat, difenin, vigabatrin, gabapentin, geksamidin, fenobarbital va boshqalar qo’llaniladi.
Tutqanoqning bu turida karbamazepin keng qo’llaniladi (stazepin, tegretol, finlepsin). Kimyoviy strukturasi bo’yicha dibenzazepin hosilasiga kiradi. Uning tutqanoqqa qarshi ta’siri natriy kanallarini bloklanishiga bog‘liq. Bu dori vositaning afzalligi Shundan iboratki, tutqanoqqa qarshi ta’siri psixotrop ta’sir bilan birga namoyon bo’ladi. Ya’ni Karbamazepin qabul qilgan bemorlarda kafiyat yaxshilanadi va atrofdagilar bilan muloqat oshadi. Bu esa ijtimoiy va professional tiklanishni yengillashtiradi. Karbamazepin katta tutqanoq xurujlarida hamda tutqanoqni aralash formalarida ham (uchlik nervi yallig’langanda ham) qo’llaniladi. Karbamazepin qo’llanilganda ba’zi bir nojo’ya holatlar kuzatilishi mumkin: dispeptik o’zgarishlar, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, akkomodatsiyani buzilishi va boshqalar. Dori vosita psixomotor reaksiyalarni susaytiradi, Shuning uchun transport haydovchilariga buyurilmaydi. Karbamazepin ta’sirida bemorlarning etil spirtini ko’taruvchanligi pasayadi. Allergik reaksiyalar, leykopeniya, yoki trombotsitopeniya kuzatilsa dori vosita buyurilishi to’xtatiladi. Shuning uchun periferik qon tahlili doimiy ravishda o’tkazib turilishi lozim.
Tutqanoqqa qarshi topiramat (topamaks) dori vositasi sulfamatlangan monosaxarid (d-fruktoza hosilasi) hisoblanadi. Bu dori vosita hujayra membranasidaagi potensialga bog‘liq bo’lgan natriy kanallarini bloklaydi, hamda GAMK ni GAMKa-retseptorlariga ta’sirini kuchaytiradi. Bundan tashqari bu dori vosita glutamat (AMRA) retseptorlarini faolligini susaytiradi. Dori vosita fokal va umumiy tonik–klonik talvasalarda qo’llaniladi. Nojo’ya effektlariga MNS funksiyasini buzilishi, (ataksiya, bosh aylanishi, charchoqlik, uyquchanlik) gepatotoksik ta’sir, urolitiaz kiradi.
Tiagabin (nipekot kislota hosilasi) fokal epilepsiyada qo’llaniladi. Bu modda neyronlar va gliya tomonidan GAMK ni qayta tutib qolinishini ingibirlaydi. Bu esa sinaptik yoriqlarda GAMK konsentratsiyasini oshiradi va uning tormozlovchi effektini davomli qiladi. Ichakdan yaxshi so’riladi. Bosh aylanish, asab buzilishi, depressiya, uyquchanlik kabi nojo’ya effektlar kuzatilishi mumkin.
Fokal tutqanoqda vigabatrin (γ-vinil GAMK) ham samara beradi. Vigabatrin GAMK - transaminazani qaytmas falajlaydi va GAMK inaktivatsiyasiga to’sqinlik qiladi. Shunga javoban GAMK ni tormozlovchi ta’siri kuchayadi. Hazm qilish tizimidan yaxshi va tez so’riladi, biosamaradorlik -60%, t1/2 ~ 6-8 soat. Nojo’ya effektlariga uyquchanlik, bosh aylanish, es-hushni chalkashligi, ko’rish qobiliyatini buzilishi kiradi. Odatda boshqa dori vositalar samarasiz bo’lganda qo’llaniladi.
6.3-Jadval. tutqanoqqa qarshi vositalarning farmakokinetikasi
Dori vositalar
|
Enteral yuborilganda biodostupligi,%
|
Qon plazmasida yuqori konsentratsiyada yig‘ilish vaqti, soatda
|
Qon plazmasida oqsil bilan bog‘lanishi,%
|
Qon plazmasida moddani 50% kamayishi, ( t1/2), soatda
|
Jigar mikrosomal fermentlarini indukstiyasi
|
Dori vositalarni jigarda metabolizmi
|
Buyrak orqali chiqib ketishi,%
|
Difenin
|
87-93
|
3-12
|
70-90
|
8-24
|
+
|
-95
|
<10
|
Fenobarbital
|
100
|
2-4
|
40-60
|
80-120
|
+
|
50-80
|
20-50
|
Karbamazepin
|
70-85
|
4-8
|
70-75
|
10-20
|
+
|
-99
|
<1
|
Lamotridjin
|
90-100
|
1-5
|
-55
|
24-35
|
+/-
|
-90
|
-10
|
Natriy valproat
|
>80
|
1-4
|
80-90
|
11-17
|
-
|
-95
|
<5
|
Tiagabin
|
90-100
|
0,5-1,5
|
-95
|
7-9
|
0
|
>90
|
1-2
|
Gabapentin
|
-60
|
2-3
|
<3
|
5-8
|
0
|
0
|
-100
|
Klonazepam
|
90-100
|
1-4
|
-85
|
18-28
|
±
|
-100
|
<1
|
Etosuksimid
|
-100
|
0,7-2
|
0
|
40-60
|
0
|
80-90
|
10-20
|
Fermentlar gruppasi: stitoxrom P-450, uridin difosfat, glyukuronoziltransferaza (UGT; moddalarni kon’yugatsiya jarayonida ishtirok etadi)
(+) - induksiya; (-) –falajlanish effekt yo’q; (+/faqat sitoxrom P-450 ga ta’sir qiladi; (+) - natija sust yoki yo’q.
Boshqa farmakologik guruhga kiruvchi dori vositalarida ham tutqanoqqa qarshi xususiyat mavjud, masalan: karboangidraza ingibitorlari diakarb, sultiam
Tutqanoqqa qarshi dori vositalarni qabul qilishni to’xtatishni sekin olib borilishi kerak, chunki “qaytar” fenomeni kuzatilishi mumkin, hamda tutqanoq yangilanishi va kuchayishi mumkin. Yangi samarador tutqanoqqa qarshi moddalarni qidirish keng va turli yo’nalishlarda olib borilmoqda. Avvaldagi kabi GAMK tizimiga ta’sir qiluvchi moddalar katta ahamiyatga ega. GAMK –transaminazani tanlab qaytmas falajlovchi, gematoentsefalik baryerdan oson o’tuvchi, bevosita GAMKa-mimetik ta’sirga ega bo’lgan dori vositalar yaratilgan. Kalsiy kanallarini falajlovchi tutqanoqqa qarshi faollikka ega bo’lgan moddalarni tekshirish davom etmoqda. Bundan tashqari yangi tipdagi, qo’zg‘atuvchi aminokislotalarning antagonistlarini jadallik bilan tekshirish ham davom etmoqda. Olingan moddalarni ba’zi birlari klinik sinovdan o’taypti, boshqalari esa klinikagacha tekshirish davrlarida, Shuning uchun ularni amaliy tibbiyot uchun samaradorligini baholash hali qiyin.
Nomi
|
Kattalar uchun o’rtacha terapevtik miqdori; yuborish yo’li
|
Ishlab chiqarish shakli
|
Difenin Dipheninum
|
Ichishga 0,117 g
|
Tabletka 0,117 g
|
Geksamidin–Hexamidinum
|
Ichishga 0,125-0,5 g
|
Tabletka 0,125 va 0,25 g
|
Karbamazepin- Carbamazepine
|
Ichishga 0,2-0,4 g
|
Tabletka 0,2 g
|
Klonazepam-Clonazepame
|
Ichishga 0,001-0,002 g
|
Tabletka 0,001 g
|
Natriy valproat -Natrii valproas
|
Ichishga 5-10 mg/kg
|
Tabletka 0,15; 0,2; 0,3 va 0,5 g; kapsula 0,3 g
|
Etosuksimid - Ethosuximidum
|
Ichishga 0,25 g (15 tomchi)
|
Kapsulada 0,25 g; flakonda 50 ml eritma (2,5 g dori vosita) qabul uchun
|
Lamotridjin –Lamotrigine
|
Ichishga 0,05-0,2 g
|
Tabletka 0,05; 0,1 va 0,2 g
|
Trimetin -
1>3>5>1>10> |
Do'stlaringiz bilan baham: |