O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Analgetik aktivlikka ega bo’lgan turli farmakologik guruh vakillari



Download 30,26 Mb.
bet137/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Analgetik aktivlikka ega bo’lgan turli farmakologik guruh vakillari
Bulardan biri antigipertenziv vosita sifatida ishlatiluvchi α2-adrenomimetik klofellin hisoblanadi. Hayvonlardagi eksperimentlarda analgetikligi bo’yicha uning morfindan ustunligi aniqlangan. Analgetik effekti segmentar va suprasegmentar darajada α2 adrenoretseptorlar ishtirokida bo’ladi. Preparat gemodinamika tomonidan og’riqqa reaksiyani yo’qotadi, nafasga ta’sir etmaydi va qaramlik chaqirmaydi. Klinik tekshirishlar ham klofellinning yetarlicha og’riq qoldira olishini ko’rsatdi (miokard infarktida, operatsiydan keying davrda,o’smaga bog’liq og’riqlarda). Uning qo’llanishi gipotenziv va sedativ effekti sabab cheklanib turadi. Odatda orqa miyaga yuboriladi.
Amitriptilin va imizin antidepressant bo’lish bilan birga orqa miyaning orqa shoxlaridagi notsiseptiv stimullarni boshqaruvchi pastga yo’naluvchi nerv yo’llarida serotonin va adrenalinning neyronal qayta so’rilishini susaytirish orqali surunkali og’riqlarda effektiv analgetik samara ko’rsatadi. Kuchli og’riqlarda ham (postgerpetik nevralgiya va fantom og’riqlar) antipsixotik moddalar bilan birga qo’llanadi.
N2O ingalyatsion narkoz bilan birga subnarkotik konsentratisayalarda kuchli og’riqlarda ham berish mumkin. Ketamin umumiy og’riqsizlantirishda qo’llanadi. Gistamin H1 retseptorlarini bloklovchi moddalar , masalan dimedrol og’riqni o’tkazilishini va qabul qilinishini boshqarish tizimlarini bloklash orqali ta’sir etadi. Epilepsiyaga qarshi vositalar- karbamazepin, natriy valproat, difenin, lamotridjin, gabapentin surunkali og’riqlarda qo’llanadi.


Aralash ta’sir mexanizmidagi analgetiklar
Tramadol(tramal) - Opioid retseptorlari bilan bog‘lanadi hamda og‘riq impulslarini o‘tkazishda qatnaShuvchi monoaminergik sistemaga ta’sir etadi. Analgeziyaning noopioid ta’sir mexanizmi serotonin va noradrenalinni neyronal yutilishini kamaytirish bilan bog‘liq, chunki uning ta’sirida serotoninergik va adrenergik nervlarda neyronlar aro notsitseptiv impulslarni orqa miyada o‘tkazilishining tormozlanishi kuchayadi. Morfinga qaraganda 5-10 marta aktiv. Nafas sistemasi va MITga kam ta’sir ko‘rsatadi. MIT dan yaxshi so‘riladi, ta’siri 3-5 soat davom etadi. Enteral, parenteral, rektal yo’l bilan kuniga 4 mahal o’rta va kuchli darajadagi o’tkir va surunkali og’riqlarda analgetik sifatida qo‘llaniladi. Nojo’ya ta’sirlari:boshda og’riq,va aylanish, harakat reaksiyalar tezligi susayishi, ter ajralishi ko’payishi, gipotenziya, taxikardiya, qabziyat, og’iz qurishi, teri qichishi, qorinda og’riqlar. Tramadolning antidoti nalokson.
Dori vositalar

Nomi

Kattalar uchun o’rtacha terapevtik dozasi; yuborish yo’li

Chiqarilish shakli

Opioid (narkotik) analgetiklar

Morfin gidroxlorid-Morphini hydrochloridum

Teri ostiga, mushak orasiga, ichish uchun 0,01g

Ampula va shprits-tyubeklarda 1%li 1ml eritma

Promedol-Promedolum

Ichishga 0,025g; teri ostiga 0,01-0,02 g

Kukun;tabletka 0,025 gdan; Ampula va shprits-tyubeklarda 1% va 2%li 1ml eritma

Fentanil-Phentanylum

Mushak orasiga va vena ichiga 0,00005-0,0001gdan

Ampula 0,005%li 2 va 5 mldan eritma

Butorfanol-Butorphanol

Mushak orasiga 0,001-0,004g;vena ichiga 0,0005-0,002g

Ampula 0,002g modda saqlagan 1ml

Buprenorfin-Buprenorphine

Ichishga va tilostiga 0,0002gdan;mushak orasiga 0,0003g/kg

Tabletka 0,0002g;ampula 1 va 2mldan 0,03%li

Aralash ta’sir mexanizmli analgetiklar

Tramadol-Tramadol

Ichishga, rektal va parenteral 0,05-0,1gdan

Kapsula 0,05gdan, ampula 0,05-0,1g, rektal suppositore 0,1gdan

Antagonist opioid analgetiklar

Nalokson gidraxlorid-Naloxoni hydrochloridum

Teri ostiga, mushak orasiga va vena ichiga 0,0004-0,008gdan

Ampula 1ml(0,4mg/ml)dan

Noopioid (nonarkotik)analgetiklar

Paratsetamol-Paracetamol

Ichishga 0,2-0,4g

Kukun;tabletka 0,2g, 0,325 g va 0,5gdan



6.3.Tutqanoqqa qarshi vositalar
Talavasaga qarshi moddalar (jadalligi va tez tez kelib chiqishi bo’yicha har xil), talvasa va ularga mos keluvchi davriy ravishda takrorlanadigan, turli xil sabablar natijasida kelib chiquvchi (es-xushni buzilishi va yo’qolishi, xulq-atvor va vegetativ o’zgarishlar), talvasasimon holatlarni oldini olish va kamaytirish uchun qo’llaniladi.
Bunday dori vositalarni ta’sir qilish mexanizmi noaniq, vaholanki tutqanoqni kelib chiqish sabablari ham yetarli aniq emas. Bu moddalar epileptogen o’choqlardagi neyronlarning qo’zg‘aluvchanligini kamaytiradi. Lekin ko’pgina tutqanoqqa qarshi moddalarning patologik o’choqlardan impulslarni tarqalishini kamaytirish xususiyati ustunroq turadi.
Tutqanoqqa qarshi moddalarning neyronlararo qo’zg’alishlar o’tishini susaytirishi, o’sha neyronlarning qo’zg‘aluvchanligini pasaytirishiga, ulardagi tormozlovchi jarayonlarni kuchaytirishiga hamda alohida tormozlovchi neyronlarning stimullanishiga bog‘liq.
Tutqanoqni talvasali va talvasasiz turlari mavjud bo’lib, har biri o’ziga xos klinik ko’rinishga ega bo’lib, EEG da ma’lum bir o’zgarishlarni chaqiradi (EEG natijasi katta diagnostik ahamiyatga ega). Tutqanoq surunkali kasallik bo’lib, asosan quyidagi turlari kuzatiladi: katta tutqanoqlar (grand mal1), kichik tutqanoqlar (petit mal2), mioklonus–epilepsiya3 , fokal4 (partsial) tutqanoqlar va boshqalar.
1 Fransuz tilidan grand – katta, mal –kasallik ma’nosini bildirib tonik –klonik talvasalar es-hush yo’qolishi bilan birgalikda keladi, va bir necha minutdan so’ng MNS ning umumiy tormozlanishi kuzatiladi. Uzoq davom etuvchi yoki qisqa vaqt ichida tutqanoq xurujlarini ketma ket sodir bo’lishi «epileptik status» deb aytiladi

  1. Fransuzchadan . petit - kichkina, katta bo’lmagan ma’noni bildirib, qisqa vaqt es-hushning yo’qolishi bilan ifodalanadi. Bir vaqtda yuz mushaklari va boshqa mushaklarni tortishishlari kuzatiladi.

  2. Bemorda qisqa muddat mushaklar tortishishib qaltirashi lekin hushini yo’qotmasligi.

  3. Bemor o’zi bilmagan holda ayrim murakkab kutilmagan harakatlar qiladi, lekin xuruj tamom bo’lgandan so’ng qanday harakatlar qilganini eslay olmaydi. Umumiy talvasa bo’lmaydi, lekin fokal tutqanoqni murakkab formasida es-hush yo’qolishi mumkin.

Tutqanoqni har bir formasini davolash ma’lum bir Tutqanoqqa qarshi dori vositalar bilan oboriladi. Tutqanoqqa qarshi dori vositalarga bir qancha talablar qo’yiladi. Avvalambor, bu moddalar tutqanoq xurujlarini oldini olish uchun ishlatilishganda, yuqori faollikka ega bo’lishi va uzoq vaqt ta’sir qilishi talab qilinadi. Bunday dori vositalarni oshqozon ichak tizimidan yaxshi so’rilishi kerak bo’lgan xususiyatlaridan biridir. Iloji boricha bu dori vositalar tutqanoqning turli formalarida, ayniqsa aralash formalarini davolashda samarador bo’lishi ahamiyatga ega. Tinchlantiruvchi, uxlatuvchi va boshqa allergik va noallergik tabiatdagi nojo’ya effektlarni umuman chaqirmasligi kerak, chunki bu dori vositalar bir necha oy va yillar davomida doimiy qo’llaniladi. Dori vositalar qo’llanilganda kumulyatsiya, o’rganib qolish va dori vositasiga qaramlik kelib chiqmasligi kerak. Tabiiyki, tibbiyot amaliyotida kam zaharli va keng terapevtik doirasiga ega bo’lgan dori vositalar qulay hisoblanadi. Ammo, zamonaviy tutqanoqqa qarshi dorilar bu talablarni ayrimlarigagina javob beradi.
I.Tutqanoqqa qarshi moddalar tutqanoqni turlarida qo’llanilishiga qarab quyidagicha tavsiflanadi:

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish