Ekstemporal usulida tayyorlangan
dori vositalari № ______
|
Dorixona shtampi
|
Qabul qilgan dori-xona muassasasi farmasevt xodimi-ning familiyasi, ismi, otasining ismi
|
Tayyorlagan dorixona muassasasi farmatsevt xodimi-ning familiyasi, ismi, otasining ismi
|
tekshirgan dorixona muassasasi farma-tsevt xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi
|
Bergan dorixona muassasasi farma-tsevt xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi
|
|
|
|
|
(retseptning yirtma koreshogi qismi orqa tomoni)
BEMOR UCHUN ESLATMA
Retseptning yirtma koreshogi (stiker, dori vositasi haqida to‘liq ma’lumot beruvchi tovar cheki) dori vositasi bilan davolanish yakuniga etkuniga qadar saqlanishi lozim.
Retseptda savdo nomi bilan tayinlangan dori vositasi dorixonada mavjud bo‘lmagan hollarda ushbu dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomiga asosan boshqa savdo nomiga ega bo‘lgan dori vositasiga sinonimik almashtirilishi mumkin.
Bunda retseptda tayinlangan dori vositalari (dori vositalarining nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi va b.) retseptning yirtma koreshogida ham bir-biridan farqlanmaydigan holatda ko‘rsatilishi shart.
Retsept yozishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi- ning 191-sonli buyrug‘ining ilovasida keltirilgan asosiy retseptura qis- qartmalaridan (keyingi betlarda to‘liq ko‘rsatib o‘tilgan) foydalanish mumkin. Retseptda aynan qanday dori vositasi yozilganligini aniqlashda adashtiruvchi ingredientlarning nomiga yaqin qisqartmalarni yozishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Retsept O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilganda ularning yuqori qismi chap burchagida davolash-profilaktika mussasasining nomi va manzili tegishli shtamp qo‘yilgan holda ko‘rsatilishi, xususiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilganda esa qo‘shimcha ravishda reseptning yuqori qismi o‘ng burchagida ushbu muassasaning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha berilgan litsenziyasining tartib raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati ham ko‘rsatilishi lozim.
Retseptda “Ichish uchun”, “Ma’lum”, “Qoida tariqasida” va boshqa shu kabi belgilardan foydalanish man etiladi. Retsept blankida ko‘rsatilgan kataklar aniq va tushunarli tarzda to‘ldirilishi, unda o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Retsept davolovchi shifokorning imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bunda davolovchi shifokor shaxsiy muhrining tashqi aylana diametri 20 mm, kichik aylana diametri 10 mm, aylanalar orasidagi masofa 3 mm va kichik aylana ichidagi chiziq uzunligi 8 mm bo‘lishi hamda katta aylana ichida davolovchi shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi, kichik aylana ichida esa “shifokor” so‘zi yoziladi.
Retsept uni bergan davolovchi shifokorning imzosi bilan tasdiqlangan kundan boshlab bir oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Kasalligi surunkali bo‘lgan bemorlar uchun ambulatoriya sharoitida tayyor dori vositalariga va ekstemporal usulda tayyorlanadigan dori vositalariga retsept berilganda, davolovchi shifokor tomonidan istisno tariqasida uni amal qilish muddati bir yilgacha belgilanishiga ruxsat etiladi, miqdoriy buyum hisobida turuvchi anabolik faollikka ega bo‘lgan hamda tarkibida spirt saqlovchi ekstemporal usulda tayyorlanuvchi dori vositalari bundan mustasno.
Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vo-sitalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tar-tibi, shuningdek, dorixona muassasalari tomoni-dan aholiga dori vositalarini retsept asosida be-rish to‘g‘risidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq
Do'stlaringiz bilan baham: |