Ifodalanishi
|
Retseptda yozilishi
|
O‘qilishi
|
1
|
1,0
|
1 gramm
|
|
0,1
|
1 detsigramm
|
|
0,01
|
1 santigramm
|
|
0,001
|
1 milligramm
|
|
0,0001
|
1 detsimilligramm
|
|
0,00001
|
1 santimilligramm
|
|
0,000001
|
1 mikrogramm
yoki gamma
|
Retseptning umumiy tuzilishi va ahamiyati
Retsept – vrachning dorixonaga dori tayyorlash to‘g‘risidagi yozma murojaati bo‘lib, bunda bemor doridan qanday qilib foydalanishi kerakligi haqida ma’lumot ham beriladi. Retsept tibbiy va yuridik jihatdan muhim xujjat bo‘lib, dorixonalardan ko‘pchilik dorilarni olish uchun yagona asos bo‘lib xizmat qiladi.
Retseptlar ma’lum qoidalarga rioya qilingan holda yoziladi. Hozirda mamlakatimizda retsept yozish qonun-qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2010 yil18 iyunda qabul qilingan “Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini resept asosida berish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 191-sonli buyrug‘i (2010-yil 29-iyunda 2118-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan) da o‘z aksini topgan.
Mazkur buyruqqa asosan barcha davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarga dori vositalarini tayinlash tashxis va davolash standartlari asosida bir martalik, kunlik va kurslik dozalarini aniqlash orqali kasallikning og‘irligi va xususiyatiga hamda bemorning yoshini hisobga olgan holda davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi.
Bemorga tayinlangan dori vositalari (dori vositalarining nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki kiritish usuli, miqdori, davomiyligi va b.) uning tibbiy hujjatlari (kasallik tarixi va b.)da qayd qilinadi va bevosita davolovchi shifokor tomonidan imzolanadi.
Davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori tomonidan dori vositalari retsept asosida tayinlanganda, retseptda shifokorning farmatsevt xodimga dori vositasining tarkibi, dori shaklining nomi va dorini tayyorlash hamda berish to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasi lotin tilida yoziladi. Lotincha tekst retsept blankida Rp.: belgisi bilan boshlanadi, bu – Recipe (ol) ma’nosini bildiradi. Undan keyin dorilarning nomi asosan qaratqich kelishigida yoziladi. Har bir modda nomining o‘ng tomonida uning miqdori ko‘rsatiladi. Retseptda suyuq dori moddalar miqdori millilitrlar (ml) hisobida, yumshoq va qattiq dori moddalar esa grammlar hisobida belgilanadi (masalan: 1,0; 0,1; 0,01). Agarda preparat tomchilarda dozalanadigan bo‘lsa, u holda tomchilarning miqdori gtts. (guttas – tomchi) so‘zidan keyin rim raqamlari bilan belgilanadi, masalan: gtts V. Agarda preparatning dozasi ta’sir birliklarida yoki xalqaro birliklarda o‘lchanadigan bo‘lsa, u holda retseptda og‘irlik va hajm birliklari o‘rniga ta’sir birliklari yoki xalqaro birliklar soni yoziladi (500.000 TB yoki XB). Agarda bir nechta dori moddasining dozasi bir xil bo‘lsa, u holda Moddalarning o‘lchami oxirgisining nomidan keyin bir marta āā (ana – teng miqdorda) so‘zidan keyin yoziladi. Retseptning lotincha matni hamisha S. belgisi bilan tugallanadi. Buning ma’nosi Signa (belgila, tushuntir) demakdir. Bundan keyin bemor uchun doridan qanday foydalanishi to‘g‘risidagi yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilgan o‘zbek yoki rus tilidagi signaturayoziladi.
Retsept bemorga uning yoshi, dori vositasining savdo nomi bilan patentlanmagan xalqaro yoki kimyoviy nomi, murakkab tarkibli dori vositalari uchun savdo nomi, dori vositasi ekstemporal usulda tayyorlanganida uning tarkibiga kiruvchi dori vositalarining nomlari, shuningdek ularning dozasi, davriyligi, qabul qilish vaqti va davomiyligi, oziq-ovqatlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi dori vositalari (ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatdai keyin) ko‘rsatilgan holda 191-sonli buyruqning ilovasiga muvofiq maxsus retsept blankiga yozib beriladi (retsept blankining yuza va orqa tomonlari quyida keltirib o‘tilgan).
Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek, dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risidagi nizomning 2-ilovasiga muvofiq
Do'stlaringiz bilan baham: |