O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet373/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Rezorsin antiseptik ta'siri bo‘yicha fenoldan sustroq. Kichik konsentratsiyalarda rezorsin keratoplastik, katta dozalarda keratolitik xossaga ega. Uni ba'zi teri kasalliklarda (ekzema, seboreya va boshqalar), kon'yuktivitda qo‘llashadi.
_______________________
1 Metall buyumlarni sterilizatsiyalashda ularni zanglanishini oldini olish maqsadida korroziyaga qarshi vositalar qo‘shiladi
Qayn qatroni tarkibida fenol va uning hosilalari, yelim va boshqa birikmalar bor. Dori vosita qayn po‘stlog‘ini quruq haydashsh yo‘l bilan olinadi. Qayn qatroni mikroblarga qarshi, keratoplastik, keratolitik va yallig‘lantirish ta'siriga ega. Uni ko‘pgina teri xastaliklari va qo‘tirni davolashda qo‘llashadi.
Qayn qatroni yaralar va jarohatlarni davolashda ishlatiladigan A.V.Vishnevskiyning balzamik linimenti (Vishnevskiy surtmasi), hamda qo‘tir va terini zamburug‘lar bilan jarohatlanishida qo‘llaniladigan Vilkinson surtmasini asosiy tarkibiy qismlarida biri bo‘lib hisoblanadi.
Bo‘yoqlar guruhiga xar-xil kimyoviy tuzilishiga ega bo‘lgan ko‘pgina birikmalar kiradi. Trifenilmetan hosilasi bo‘lgan brilliant yashili eng ko‘p qo‘llaniladi. Ba'zan fenotiazin hosilasi metilen ko‘ki va akridin hosilasi etakridin laktat ishlatiladi.
Bo‘yoqlarga eng sezgir gramm musbat koklardir. Brilliant yashili yuqori faollikka ega va nisbatan tez ta'sir etuvchi antiseptik hisoblanadi. Oqsillar ularni samaradorligini susaytiradi. Asosan terining yiringli jarohatlanishida (piodermiyalarda) sirtga qo‘llaniladi.
Metilen ko‘ki (metiltioniy xlorid) faolligi bo‘yicha brilliant yashilidan sustroq. Uni sirtga antiseptik sifatida va peshob yo‘llari infeksiyalarida ichishga, hamda sianidlar bilan zaharlanganda tomirga kiritish tavsiya etilgan. Metilen ko‘ki (katta dozalarda) gemoglobinni metgemoglobinga aylantiradi, u esa sianidlar bilan bog‘lanib zaharligi past bo‘lgan sianmetgemoglobin hosil qiladi.
Etakridin laktat (rivanol) sariq rangga ega. Uni faolligi ancha yuqori bo‘lsa ham ta'siri sekin rivojlanadi. Uni sirtga va infeksiyalangan bo‘shliqlar (plevra, qorin), peshob xaltasi, bachadonni yuvish uchun qo‘llashadi.
Tarkibida galogenlarni tutgan dori vositalar asosan xlor yoki yod birikmalardan iborat. Eng faol antiseptiklar elementar galogen tutgan yoki uni ajratuvchisi hisoblanadi. Kuchli oksidlovchi xossasiga ega bo‘lgan gipoxlorid (NOSl) kislotasini hosil bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Xlorni ajratuvchi dori vositalardan biri antiseptik va dezodorantlik1 xossasiga ega bo‘lgan xloramin B hisoblanadi. Uni bemorni ajratmalari (masalan, qorin tifi, vabo, sil va boshqalar), uy - ro‘zg‘or buyumlari, metall bo‘lmagan asboblar, hamda qo‘llarni va infeksiyalar tushgan yara yuzalarini zararsizlantirish uchun qo‘llashadi. Biguanid hosilasi xlorgeksidin (xibiton) tarkibida xlor tutgan samarador antiseptiklardan hisoblanadi. U antibakterial va fungitsid ta'sir ko‘rsatadi. Jarroxlarni qo‘li, operatsiya maydoni, jarohatlarni, peshob xaltasini hamda asboblarni sterilizatsiyasida qo‘llaniladi. Jarrox qo‘liga ishlov berilganda terini qurishi, dermatitlar rivojlanishi mumkin. Suvni zararsizlantirish uchun qo‘llaniladigan pantotsid ham tarkibida xlor tutgan dori vositalarga kiradi. Mahalliy ta'sirlantiruvchi va chalg‘ituvchi xossasiga ega bo‘lgan yodning spirtli eritmasi antiseptik sifatida keng qo‘llaniladi. Xalqumni va xiqildoq shilliq qavatining yallig‘lanishlarida qo‘llaniladigan lyugol eritmasi (1 qism yod, 2 qism kaliy yodid va 17 qism suv) ham tarkibida elementar yod bo‘lgan dori vositalarga mansubdir.
Antiseptiklarni ko‘pgina qismi og‘ir metall tuzlari bilan ifodalangan. Og‘ir metall tuzlarining kichik konsentratsiyalarda mikroblarga qarshi ta'sir mexanizmi mikroorganizmlar fermentlarining sulfgidril guruh larini qamallanishi bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Katta konsentratsiyada metall, kislota qoldig‘i xarakteri, tuzning konsentratsiyasi, uning dissotsiatsiyalanish va eruvchanlik darajasiga qarab turli xil Mahalliy ta'sirotlar yuzaga kelishi mumkin ( burushtiruvchi, kuydiruvchi – nekrozga olib keluvchi, ta'sirlantiruvchi). Metall tuzlarining Mahally ta'siri oqsillar denaturatsiyasi bilan bog‘liq. Bunda hosil bo‘layotgan albuminatlar zich va g‘ovak bo‘lishi mumkin. Birinchi holda to‘qima yuzasida yupqa parda hosil bo‘ladi,to‘qima zichlashadi, yallig‘lanish kamayadi. Bunday o‘zgarishlar burushtiruvchi ta'sirga xosdir. Moddani chuqurroq qatlamlarga kirib borishi hujayra va nerv oxirlarini ta'sirlantiradi.
_____________________
1 Lotinchadan de - bartaraf etish,odor- xid.
Metall tuzlarining kuydiruvchi ta'siri eng keskin natija hisoblanadi. U albuminatlarning eruvchanligi qancha yuqori bo‘lsa, Shuncha kuchli namoyon bo‘ladi. Hosil bo‘ladigan albuminatlarni suvda va biologik suyuqliklarda eruvchanligiga qarab metallarni quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: Pb... Al, Zn, Cu,Ag.....Hg. Qo‘rg‘oshinda burishtiruvchi ta'sir ( zich albuminatlar hosil qiladi), simobda kuydiruvi ta'sir eng ko‘p namoyon bo‘ladi. Bir yo‘la ushbu qatorda qo‘rg‘oshindan simobga qarab antimikrob faollik ortib boradi.
Antiseptik sifatida qatorning o‘ng tarafda joylashgan metallar ayniqsa kumush va simob tuzlari eng ko‘p ahamiyatga egadirlar.
Antiseptik sifatida simob tuzlaridan quyidagi dori vositalar qo‘llaniladi:
a) suvda yaxshi eruvchan simob ikki xlorid ( sulema) – Hg Cl2
b) suvda erimaydigan simob amidoxlorid (oq cho‘kma hosil qiluvchi simob) - Hg NH2Cl va simobning sariq oksidi ( sariq cho‘kma hosil qiluvchi simob)- HgO.
Yaxshi eruvchan va dissotsiatsiyalanadigan simob ikki xlorid yuqori darajada mikroblarga qarshi faollikka ega. Dori vositani qo‘l terisini, idish-tavoqlar, xonalar va boshqalarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Metall buyumlarni dezinfeksiyalash uchun u yaroqsizdir, chunki metallarni korroziyaga olib keladi. Bemorlarni ajratmalarini zararsizlantirish uchun dori vosita qo‘llanilmaydi, chunki oqsillar simob ikki xlorid faolligini kamaytiradi. Dori vosita kuchli darajada Mahalliy ta'sirlantiruvchi xossaga ega bo‘lganligidan, qo‘lga ishlov berish uchun onda-sonda qo‘llaniladi. Simob ikki xlorid juda zaharli ekanligini e'tiborga olish lozim. Moddani teri va shilliq qavatlardan oson o‘ta olish xossasi noxush asoratlarni rivojlantiruvchi omillardandir.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish