Simobni sariq oksidini ko‘proq ko‘zni infeksion jarohatlanishda ( kon'yuktivit, keratit) qo‘llashadi. Simob amidoxloridini odatda piodermiya kabi teri xastaliklarida qo‘llash uchun ko‘rsatma beriladi.
Simob birikmalari bilan o‘tkir zaharlanish, odatda simob ikki xloridini tasodifan yoki maqsadli ravishda ichish bilan bog‘liqdir. U qorin sohasida og‘riq, qayt qilish, diareya ( ovqat hazm trakti shilliq qavatiga kuydiruvchi ta'sir tufayli), hamda MNS va yurak-tomir sistemasi ( o‘tkir yurak yetishmovchiligi, kollaps) tomonidan bo‘ladigan o‘zgarishlarda ( kuchli susayish bilan almashinuvchi qo‘zg‘alish) namoyon bo‘ladi. 2-4 kundan keyin buyrak (“sulemali buyrak”) va ovqat hazm trakti (stomatit, yazvali kolit) tomonidan nekroz bilan bog‘liq belgilar rivojlanishi kuchayadi. Jarohatlarni aynan Shu a'zolarda joylashishi simob birikmalarini organizmdan ajralishini asosiy yo‘llari buyrak, hamda yo‘g‘on ichak va so‘lak bezlari bilan bog‘liqligi bilan tuShuntiriladi.
Simob ikki xlorid bilan o‘tkir zaharlanishni davolash avvalam bor dori vositani so‘rilishini oldini olishdan iboratdir. Ushbu maqsadda me'da yuviladi, unga simob birikmalarini antidoti bo‘lmish unitiol ( simobni bog‘lab oluvchi sulfgidril guruh lari bor) kiritiladi. Ba'zida faollashtirilgan ko‘mir, burushtiruvchi moddalar eritmasini, tuxum oqsilini kichik hajmda kiritiladi. Me'dani yuvishni juda extiyorlik bilan amalga oshirish lozim, chunki simob ikki xlorid qizil o‘ngach va me'da shilliq qavatini jarohatlaydi. Shundan keyin surgi dorilari beriladi, hamda unitiol eritmasi bilan sifon ko‘xna qilinadi. Qonga so‘rilgan dori vositani faolsizlantirish uchun unitiolni tomirga kiritiladi.
yengil va o‘rta darajadagi zaharlanishda peshob ajralishini shidatli kuchaytirish samaradordir. Kuchli zaharlanishda, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bilan kechishida tomirga unitiol va tetatsin-kalsiy1 (SaNa2 EDTA) kiritib gemodializ va peritonial dializni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Simob dori vositasi bilan surunkali zaharlanishda ( merkuzalizm2 ) og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati (stomatit), hamda MNS, qon hosil qilish a'zolari va boshqalar shikastlanadi. Bu ko‘proq kasb bilan bog‘liq simob dori vositalari bilan ishlash tufayli yuzaga keluvchi zaharlanish natijasidir. Shu sababli zaharlanish manbaasini bartaraf etish birinchi va asosiy tadbir bo‘lib hisoblanadi. Antidot sifatida unitiol, hamda tetatsin-kalsiy, natriy tiosulfat qo‘llashadi.
_______________________
1 Simob bilan kompleks birikmalar hosil qiladi.
2 Grekchadan mercurius – simob.
Bundan tashqari organizmdan moddani tezroq chiqarib tashlash uchun tadbirlar , hamda simptomatik terapiya amalga oshiriladi.
Kumush dori vositalaridan kumush nitrat ( lyapis; AgNO3), protargol ( kumush proteinat) va kollargol (kumush kolloid eritmasi). Ular mikroblarga qarshi, burushtiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirlarga ega. Ularni oftalmologiyada ( kon'yunktiit, blennoreya), yaralarni xo‘llash, peshob yo‘llari va peshob xaltasini yuvish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari kumush nitrat katta konsentratsiyalarda va qalamchalar sifatida eroziyalar, yazvalar, ortiqcha granulyasiyalarda, hamda traxomada qo‘llaniladi.
Antiseptik va burushtiruvchi vosita sifatida oftalmologiyada mis sulfatni ( mis ko’poros; CuSO4·5H2O), rux sulfatni (ZnSO4) qo‘llashadi. Traxomada tarkibida mis sulfat, nitrat kaliya, achchiq tosh va kamfora bo‘lgan maxsus ko‘z qalamini qo‘llashadi. Eruvchan tuzlar (mis sulfat va rux sulfat ) peshob yo‘llari va peshob xaltasini yuvish uchun qo‘llanishi mumkin.
Oksidlovchilar guruh iga vodorod perekisi ( H2O2 ) va kaliy permanganat (kaliy nordon margansovkasi, KMnO4). Ular antiseptik va dezodorantlik ta'sirga ega. Ikkala dori vositani ta'sir prinsipi kislorodni ajratishdan iborat.
To‘qimalardagi katalaza ta'sirida vodorod perekisi kislorod molekulasini ajralishi bilan parchalanadi.
H2 O2 2 H + O2
Ammo molekulyar kislorodning oksidlash, binobarin, mikroblarga qarshi faolligi juda past. Vodorod perekisini qo‘llaganda yaralar, jarohatlar, bo‘shliqlarni kislorod pufakchalarini ajralishi va ko‘pik hosil bo‘lishi bilan bog‘liq mexanik tozalanishi katta ahamiyatga ega. Vodorod perekisi dezodorantlik xossasiga ham ega. Dori vosita qisqa ta'sir etadi. Bundan tashqari vodorod perekisi qon oqishini to‘xtashani osonlashtiradi.
Kaliy permanganat organik moddalar bilan aralashganda atomar kislorodni ajratadi.
2KMnO4 + H2O 2KON + 2MnO2 + 3O.
Atomar kislorodning antiseptik ta'sir kuchi molekulyar kislorodga nisbatan birmuncha ko‘proq ifodalangan. Umikroblarga qarshi va dezodorantlik xossasini namoyon qiladi va hosil bo‘layotgan marganets oksidi burushtiruvchi ta'sirga ega. Katta konsentratsiyalarda kaliy permanganat Mahalliy ta'sirlantiruvchi va kuydiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Dori vositani eritma ko‘rinishida chayqash, yuvish, kuyish tufayli hosil bo‘lgan yaralarga ishlov berish, jarohat yuzalarini xo‘llash, morfin, fosfor va boshqalar bilan zaharlanganda me'dani chayqash uchun qo‘llaniladi.
Antiseptiklarga aldegidlar va spirtlar guruh iga mansub bo‘lgan ba'zi birikmalar kiradi.
Aldegidlarning namoyondalaridan biri bu formaldegid eritmasidir ( formalin: tarkibida formaldegid – NSNO 36,5-37,5% ni tashkil etadi). U kuchli antimikrob va dezodorantlik xossalariga ega. Uni dezinfeksiyalash vositasi, hamda terlashni bartaraf etish maqsadida teriga ishlov berish uchun qo‘llaniladi, chunki formaldegid eritmasi ta'sirida epidermisning zichligi ortadi ( oqsillarni denaturatsiyasi tufayli ) va ter ajralishi kamayadi. Dori vosita kuchli darajada Mahalliy ta'sirlantirish ta'siriga ega.
Etil spirti kuchli darajada antimikrob xossaga ega. Uni asboblarni dezinfeksiyasi, jarrox qo‘li va operatsiya maydoniga ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Etil spirtinig antimikrob faolligi uning konsentratsiyasini ortishi bilan kuchayadi. Ammo terini zararsizlantirish uchun epidermisning chuqurroq qatlamlariga kirib boruvchi 70% etil spirtidan foydalanish 95% ga nisbatan yaxshiroq. Antiseptik sifatida qator kislotalar va ishqorlar ishlatilishi mumkin. Jumladan shilliq qavatlarni yuvishda va og‘iz bo‘shlig‘ini chayqash uchun bor kislotasi (N3VO3) tavsiya etiladi. Uni teri ustiga kukun ko‘rinishida sepish va surtma ko‘rinishida qo‘llash mumkin. Ammo bor kislotasini antimikrob faolligi past.
Do'stlaringiz bilan baham: |