Erolin quyidagicha qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga: Loradatinni odatdagi boshlang'ich dozasi 10 mg ga teng, ya'ni bir kunda 10 ml sirop.
Jigar yoki buyrak faoliyati buzilgan bemorlarga (glomerulyar fil`trlanish tezligi minutiga 30 ml bo'lganda): Doza individual ravishda tayinlanadi. Bu holatlarda boshlang'ich doza odatda kuniga 5 mg gacha (5 ml sirop) yoki kunora 10 mg dan (10 ml sirop) buyuriladi.
Keksa yoshdagi bemorlarga: Bunday bemorlarda nojo'ya ta'sirlar ko'proq uchraydi. Shuning uchun keksa yoshdagilarga Erolinni buyrak faoliyati normal bo'lgan katta yoshdagi bemorlarga buyuriladigan dozalarda ehtiyotlik bilan qo'llaniladi.
6-12 yoshdagi bolalarga: Preparat tana vazniga qarab buyuriladi. Tana vazni 30 kg dan kam bo'lgan bolalar kuniga 5 mg (5 ml sirop), 30 kg dan katta bo'lganlar esa kuniga 10 mg (10 ml sirop) qabul qiladilar. Siropni ovqatdan avval yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Agar bir qabulni unutsangiz, keyingi dozani ikki barobar oshirib qo'llamang.
Davolash davomiyligini davolovchi shifokor belgilab beradi.
Nojo'ya ta'siri. Bosh og'rig'i, uyquchanlik, charchash, og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, ishtahaning kuchayishi, oshqozon sohasidagi noxushliklar, ichak faoliyatining buzilishi. Davolash davrida farzandingizda bezovtalik, astmatik nafas olish, charchoqni sezish, yuqori faollik, qorin sohasida og'riqni sezish, ko'z qizarishi va yallig'lanishi, gapirishda adashishlar, umumiy holsizlanishlarni kuzatsangiz shifokorga murojaat qiling. Ushbu yo'riqnomada
keltirilmagan nojo'ya ta'sirlar sezsangiz yoki nojo'ya ta'sirlar juda xavfli tus olsa shifokoringizga murojaat qiling.
Eslotin (dezloratadin)
Farmakologik xususiyatlari. Eslotin antigistamin, allergiyaga qarshi va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi, uyquchanlik chaqirmaydi. Ichga qabul qilingan dezloratadin (loratadinning birlamchi faol metaboliti) periferik N1-gistamin retseptorlarini selektiv bloklaydi. Sitostatik reaktsiyalarning kaskadini bostiradi: yallig'lanish oldi sitokinlarining, shu jumladan interleykin-4 (IL-4), interleykin-6 (IL-6), interleykin-8 (IL-8), interleykin-13 (IL-13), RANTES turi yallig'lanish oldi xemekinlarining ajralib chiqishini, polimorf yadroli neytrofillar tomonidan faollashtirilgan superoksid anionlarning ishlab chiqarilishini, eozinofillarning adgeziyasi va xemotaksisi, adgeziya molekulalarining ekspressiyasi, shu jumladan R-selekatinning ekspressiyasi, gistaminning, D2 prostaglandinning va S4 leykotrienning IgE ga bog'liq ajralib chiqarilishini susaytiradi.
Qo'llanishi. Mavsumiy polinoz va yil davomidagi allergik rinit (aksirish, burundan shilimshiqni ajralishi, qichishish va burunni bitishi, ko'zlarni qichishishi va qizarishi, ko'zyoshni oqishi, tanglayning qichishishini yengillashtirish yoki bartaraf etish);
- surunkali idiopatik eshakemi (terining qichishishi va toshmasini kamaytirish va bartaraf etish).
Do'stlaringiz bilan baham: |