O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet13/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Asosiy retseptura qisqartmalari

Qisqartmalar

To‘liq yozilgan holati

O‘zbek tilidagi tarjimasi

āā.

Ana

teng miqdorda

as.,asid.

Asidum

Kislota

amr.

Amrulla

Ampula

aq.

Aqua

Suv

aq. pur.

aqua purificata

tozalangan suv

but.

Butyrum

moy (qattiq moy)

somr.,srs., cp

somrositus (a, um)

Murakkab

D.

Da (Detur,Dentur)

Ber(berilsin, berilgan bo‘lsin)

D.S.

Da, Signa

Ber, belgila




Detur, Signetur

Berilsin,belgilansin

D.t.d.

Da (Dentur) tales dosis

Ber (berilgan bo‘lsin) ushbudozada

dil.

Dilutus

Suyultirilgan

div.in p.aeq.

divide in partes aequales

tengmiqdorgabo‘ling (qismlargaajrat)

extr.

Extractum

Ekstrakt

f.

fiat (fiant)

hosil bo‘lsin

gtt.

gutta, guttae

tomchi, tomchilar

inf.

Infusum

Damlama

in amr.

in amrullis

Ampulalarda

intab.

intab(u)lettis

Tabletkalarda

lin.

Linimentum

Liniment

liq.

Liquor

Suyuqlik

M.pil.

massa pilularum

pilyula massasi

M.

Misce, Misceatur

aralashtir (aralashtirilgan bo‘lsin)

N.

Numero

raqam bilan

o1.

o1eum

moy (suyuq)

rast.

Rasta

Pasta

ri1.

Rilula

pilyula, habdori

r.aeq.

rartes aequales

teng miqdorda

rpt., rraes.

Praesiritatus

cho‘kma

rulv.

Rulvis

kukun, sochma

q.s.

quantum satis

qancha talabqilsa, keragicha

r., rad.

Radix

Ildiz

Rr.

Recipe

Ol

Rer.

Rerete,Repetatur

qaytar, (qaytarilsin)

rhiz.

Rhizoma

Ildizpoya

S.

Signa,Signetur

belgila, (belgilansin)

sem.

Semen

urug‘

simpl.

Simplex

Oddiy

sir.

Sirupus

sirop (sharbat)

sol.

Solutio

Eritma

supp.

Suppositorium

shamcha (suppozitoriy)

tab.

tab(u)letta

Tabletka

t-ra, tinc.

Tinctura

Tindirma

ung.

Unguentum

Surtma

vitr.

Vitrum

shisha idish

Narkotiklar va ularga tenglashtirilgan dori vositalariga retsept, ularning dori shakllaridan qat’iy nazar, maxsus formadagi blankalarga yoziladi va ular davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokorining imzosi, muassasa shtampi, dumaloq muhri hamda shifokorning shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi. Bunday blankalar bosh shifokorlarda, seyfda saqlanadi va ishlatilganda maxsus hisobga olib boriladi.
Bitta retsept blankasiga tarkibida zaharli yoki narkotik modda saqlovchi bittagina dori vositasi yozilishi mumkin, boshqa hollarda esa ikkitadan ortiq bo‘lmagan vositaga yoziladi. Bemorning ahvoli dorini dorixonadan shoshilin chrav ishda berib yuborishni talab qiladigan bo‘lsa, retseptning yuqorisidan o‘ng burchagiga Cito! (tez) yoki Statum! (darhol yoki zudlik bilan) deb yozib qo‘yiladi. Bunda dori shoshilinch ravishda navbatdan tashqari tayyorlab berilishi lozim. Agar vrach dori vositasini o‘zi uchun yozgan bo‘lsa, bunda retsept blankasida Proauctore – Muallif uchun yoki Pro me – O‘zim uchun deb yozishi lozim.
Qayd qilinganlar yanada tushunarli bo‘lishi uchun shu joyda RETSEPT BLANKINING NAMUNASIni ham keltirib o‘tishni lozim deb topdik.
Retsept blankining o‘lchami: eni 105 mm, bo‘yi 148 mm.

Pasport qismi

1. Davolash-profilaktika muassasasining shtampi
2. Retsept yozilgan vaqt (sana) 2.IX.2011 y. .
3. Bemorning ismi-sharifi _______________________
4. Bemorning yoshi _______________________________
5. Vrachning ismi-sharifi ________________________
6. Kasallik tarixi № ____________________________

Retsepturaqismi

Rp.:basis (asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi modda)
adjuvans (qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatuvchi modda)
corrigens (to‘g‘rilovchi modda)
constituens (shakllantiruvchi modda)
M.f. (Misce ut fiat – aralashtir, … hosil bo‘lsin)
D.t.d.N. (Da tales dosis Numero – shunday dozalar-dan … tasini ber)
S. (Signa – belgila, tushuntir)

Vrachning shaxsiy muhri Vrachning imzosi__________


Retseptning amal qilish muddati ___________________

Dori shakllarining tasniflanishi (klassifikatsiyasi)
Dori shakli – dori moddalarining ulardan yetarli darajadagi profilaktik yoki davolavchi samara olish uchun ishlatishga qulay holga keltirilgan shaklidir. Bitta dori moddasi bir nechta dori shaklida tavsiya qilinishi mumkin(eritmashaklida,surtma shaklida, tabletkalarda va b.). Quyidagi dori shakllari tafovut qilinadi: suyuq, yumshoq va qattiq dori shakllari.
Suyuq dori shakllari
Suyuq dori shakllariga quyidagilar kiradi:

1)

Eritma



solutio

2)

Damlama



infusum

3)

Qaynatma



decoctum

4)

Tindirma



tinctura

5)

Aralashma



mixtura

6)

In’eksiya uchun ishlatiladigan eritmalar



injectio

7)

Ekstrakt



extractum

8)

Emulsiya



emulsum

9)

Shilimshiq



mucilago

10)

Suspenziya



suspensio

11)

Suyuq surtma



linimentum

Izoh: liniment – tarkibiy qismlariga ko‘ra yumshoq, konsistensiyasiga ko‘ra esa suyuq dori shakllariga mansubdir.
Eritmalar
Eritmalarsolutiones (eritma – bosh kelishik birlik sonda solutio, qaratqich kelishik birlik sonda – solutionis, qisqartirilgan holda – sol.).
Eritma suyuq dori shakli bo‘lib, qattiq dori modda yoki suyuqliklarni erituvchida eritish yo‘li bilan olinadi. Eritma ikkita tarkibiy qismdan: eritiladigan modda va erituvchidan iborat bo‘ladi. Erituvchi tariqasida ko‘pincha distillangan suv (Aqua destillata), etil spirti (Spiritus aethylicus), glitserin (Glycerinum) va suyuq moylar: shaftoli moyi (Oleum Persicorum), vazelin moyi (Oleum Vaselinum) va boshqalar ishlatiladi. Eritmalar ichish, sirtga qo‘llash va in’eksiya qilish uchun ishlatiladi. Ichiladigan eritmalar odatda darajalargabo‘linganstakanchalarda, qoshiqlarda hamda tomchilarda dozalanadi (beriladi).
Qoshiqlarda dozalanadigan (beriladigan) eritmalar
Terapevtik dozasining ahamiyati katta bo‘lmagan eritmalarni ichish uchun qoshiqlarda dozalanadi. Qoshiqlarning hajmi quyidagicha:
1 choy qoshiq – 5 ml;
1 desert qoshiq – 7-8 ml ≈ 10 ml;
1 osh qoshiq – 15 ml.
Qoshiqlarda dozalanadigan eritmalarga odatda retsept kuniga 3 mahal va 4 kunga etadigan qilib, hammasi bo‘lib 12 marta qabul qilishga (3 mahal x 4 kun = 12 marta) yozib beriladi. Eritmalar retseptda 3 xil shaklda: kengaytirilgan, qisqartirilgan va foizli (protsentli) ko‘rinishda yoziladi.
Misol. td=0,3 g bo‘lgan natriy bromid (Natrii bromidum) eritmasiga 4 kunga etadigan qilib retsept yozib berilsin. Bunda bemor eritmani 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichsin.
1. Retseptning birinchi shakli – yoyilgan, to‘liq, kengaytirilgan shakl:
Rp.: Natrii bromidi 3,6 (0,3 g x 12 marta = 3,6)
Aquae destillatae 180 ml (15 ml x 12 marta = 180 ml)
M.f. solutio
D.S. 1 osh qoshiqdan bir kunda 3 mahal ichilsin
2. Retseptning ikkinchi shakli – qisqartirilgan shakl:
Rp.: Solutionis Natrii bromidi 3,6 – 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan bir kunda 3 mahal ichilsin
3. Retseptning uchinchi shakli – foizli (protsentli) shakl:
180 ml – 3,6
100 ml – x
, demak, eritma 2 foizli ekan.
Rp.: Solutionis Natrii bromidi 2 % – 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan bir kunda 3 mahal ichilsin
Masala: 2 foizli eritmaning 1 osh qoshig‘ida qancha natriy bromid borligini aniqlang.
2 % = 100 ml – 2 g
15 ml – x
Demak, 1 osh qoshiq eritmada (15 ml da) 0,3 g natriy bromid bor ekan.
Mikstura
Aralashma (mikstura) – mixtura (mikstura – bosh kelishik birlik sonda mixtura, qaratqich kelishik birlik sonda – mixturae, qisqartirilgan holda – mixtr.) – suyuq dori moddalar yoki suyuq va qattiq dori Moddalarning ara- lashmasidir. Ular tiniq, loyqa va hatto cho‘kmali bo‘lishi mumkin. Miksturalar asosan ichish uchun buyuriladi. Miksturalar kengaytirilgan va yarim qisqartirilgan shaklda yoziladi. Retseptda miksturaning tarkibiy qismlari va ularning miqdori ko‘rsatiladi. Shundan keyin M.D.S. (Misce. Da. Signa – Aralashtir. Ber. Belgila.) deb yoziladi. «Mikstura» so‘zi retseptda yozil- maydi. Miksturalar choy, desert va osh qoshiqlarida berilib, 12 marta ichish uchun etadigan qilib buyuriladi.
Misol. Terapevtik dozasi 0,1 g bo‘lgan kofein natriy-benzoati va 0,5 g bo‘lgan analginlardan tashkil topgan aralashmaga retsept yozib berilsin. 1
osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin.
Hisoblash:
1) Kofein natriy-benzoati – 0,1 g x 12 marta = 1,2 g
2) Analgin – 0,5 g x 12 marta = 6,0 g
3) Suv (1 osh qoshiqda 15 ml) – 15 ml x 12 marta = 180 ml

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish