Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


II BOB. “BULUTLI XIZMAT KOʻRSATISH PLATFORMALARINING QIYOSIY TAHLILI” MAVZUSINI KREDIT TIZIMI ASOSIDA OʻQITISHNING METODIK ASOSLARI



Download 5,41 Mb.
bet16/23
Sana01.03.2022
Hajmi5,41 Mb.
#476698
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
BMI Safarov 2021

II BOB. “BULUTLI XIZMAT KOʻRSATISH PLATFORMALARINING QIYOSIY TAHLILI” MAVZUSINI KREDIT TIZIMI ASOSIDA OʻQITISHNING METODIK ASOSLARI


Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayot­gan talabalarning ilmiy va pedagogik yuksalishini, ularning yetuk mutaxassis sifatida shakllanishini muntazam ravishda baholab boruvchi va hamma uchun tushunarli boʻlgan oʻlchov birligini oʻrnatish maqsadida ECTS kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.


ECTS kredit-modul tizimi tarkiban ikki zaruriy elementdan iboratdir, ya’ni: oʻqish yuklamalari va oʻqish natijalari. Talaba shu elementlarni bajargandagina oʻsha fan boʻyicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qoʻlga kiritishi mumkin.
Mazkur bobda ECTS kredit-modul tizimi va undan muayyan mavzuni oʻqitishda metodik jihatdan foydalanish mumkin boʻlgan xususiyatlari haqida soʻz boradi.


2.1. Kredit-modul tizimi va uning tarixan shakllanish bosqichlari


Kredit-modul tizimi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida AQShda joriy etilgan. Oʻsha paytda mamlakat oliy ta’lim muassasalari qat’iy belgilab qoʻyilgan oʻquv dasturlari asosida faoliyat yuritgan. Oʻquv dasturlari, asosan, oʻsha davr diniy falsafasi bilan bog’liq fanlardan tashkil topgan. Deyarli barcha universitet­larda lotin tili alohida fan sifatida oʻqitilgan. Aslida bu paytga kelib lotin tili allaqachon oʻlik tilga aylanib boʻlgan edi. Ya’ni, amaliyotda bu tilda deyarli ehtiyoj boʻlmagan. Universitet oʻquv dasturlarida bu kabi amaliyotda ahamiyatini yoʻqotgan fanlar koʻlami anchani tashkil qilgan. Natijada universitetlar mutaxas­sislar tayyorlaydigan dargoh emas balki oʻsha davrda aholining oʻziga toʻq qatlami shunchaki obroʻ va toʻkinlik belgisi sifatida ta’lim oladigan muassasaga aylanib qolgan. Buning oqibatida oddiy fuqarolar orasida universitetlarga qiziqish kamaya boshlagan [].


1869-yilda Harvard universitetiga oʻsha davrning eng ilg’or fikrlovchilari­dan boʻlgan Charles Elliot prezident etib saylanadi. Koʻp oʻtmay u universitetdagi qat’iy belgilab qoʻyilgan oʻquv dasturlarini bekor qiladi. Endilikda, Harvard universitetida talabalar oʻquv dasturida taklif qilinadigan fanlar orasidan oʻzlari xohlagan, qiziqqan fanlarni tanlab, oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar [].
Ya’ni, har bir talaba endilikda oʻzining universitetdagi oʻqish dasturini ma’lum ma’noda oʻzi shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlgan edi. Kredit tizimi tamoyillarini AQSH oliy ta’lim muassasalarida yanada kengroq tarqalishining keyingi bosqichi 1900-yillar boshlarida roʻy berdi. 1906-yilda AQSH dagi poʻlat sanoati magnati, yirik filantrop Endyu Karnegi oliy ta’lim muassasalarining oʻqi­tuv­chilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ta’limni rivojlantirish jamg’armasi” tashkil etadi. 1930-yillarga kelib AQSH oliy ta’lim muassasalarining deyarli barchasi kredit tizimida faoliyat yurita boshlagan edi.
1976-yilda Yevropa Ittifoqi davlatlari ta’lim vazirlari mazkur davlatlar universitetlari oʻrtasida hamkorlikda oʻqish dasturlari joriy etish borasida kelishuvga erishishadi [].
Lekin bu loyihani amalga oshirish, loyihaning moliyaviy va huquqiy tomonlarini ishlab chiqish uchun 10 yildan koʻproq vaqt kerak boʻldi. Va nihoyat 1987-yilda Yevropa Ittifoqining London Sammiti davomida ittifoq a’zo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida talabalar almashinuvini qoʻllab-quvvatlovchi ERASMUS dasturi tashkil etiladi. Bundan koʻzlangan maqsad Yevropa ittifoqi davlatlari universitetlarida oʻqiyotgan talabalar bir yil yoki bir semestr davomida boshqa a’zo davlatlar hududidagi universitetlarda oʻzaro almashlash boʻyicha ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish edi.
Yevropa ittifoqi bunday xalqaro talabalar almashinuvi dasturlarini qoʻllab-quvvatlash va dasturning tizimli ijrosi uchun katta miqdorda grantlar ajratadi. Erasmus dasturi natijasi oʻlaroq Yevropa universitetlarining koʻpchiligi unda qatnashish maqsadida oʻzlarida Erasmus ofislarini ocha boshlaydi.
Lekin Erasmus dasturi tashkilotchilari tez orada dastur muvaffaqiyati uchun bir katta muammoni hal etishlari kerakligini tushunib yetishadi. Dastur muvaffa­qiyati uchun eng muhim shartlardan biri bu talabalar xorijda oʻrgangan fanlari oʻz universitetiga qaytgandan soʻng tegishli ta’lim darajasini qoʻlga kiritishlari uchun tan olinishiga erishish edi. Lekin amalda a’zo davlatlar universitetlari oʻquv dastur­larini vaqt, yuklama va mohiyat nuqtayi nazaridan qiyoslash mexanizmi mavjud emas edi.
Bu muammoning yechimi sifatida Erasmus dasturi 1989-yilda Amerika kredit tizimi va Niderlandiya oliy ta’lim tizimiga asoslangan holda yangi kredit-modul tizimi qoidalarini ishlab chiqadi va uni European Credit Transfer System (ECTS) deb nomlaydi.
Ushbu qoidalar oʻzida Yevropa Ittifoqi davlatlari universitetlarining oʻquv dasturlari, ularda taklif etiladigan fanlarni qiyoslash va talabalar almashlash dasturlari doirasida horij universitetlarida olgan fanlarini oʻz universitetlarida tan olinishi tamoyillarini qamrab olgan edi. ECTS kredit-modul tizimi qoidalarini joriy etish natijasida Yevropa Ittifoqi davlatlari universitetlari oʻrtasida talabalar almashinuvi rivojlana boshlaydi. Dasturida qatnashuvchi universitetlar oʻquv dasturlari xalqaro darajada e’tirofga ega boʻla boshlaydi [].
1999-yilga kelib Yevropada “Bolonya protsessii” deb atalgan Yevropa mam­lakatlari oliy ta’lim vazirliklari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish xalqaro forumi ish boshlaydi. Forumning maqsadi Yevropa davlatlarida oliy ta’lim stan­dartlari va sifatini uyg’unlashtirishga qaratilgan edi. Bolonya protsessida Yevropa davlatlari endilikda ECTS’ni oʻzlarining oliy ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etishning asosiy usuli sifatida targ’ib qilishga kelishib olishadi. Buning natijasida ECTS endilikda nafaqat talabalar xalqaro almashinuvi maqsadida balki, Yevropa mamlakatlari doirasida universitetlarda ta’limni tashkil qilish usuli sifatida keng tarqala boshlaydi.
Hozirgi vaqtda ECTS kredit-modul tizimidan Yevropaning qirq sakkizta davlatidagi oliy ta’lim muassasalari tomonidan turli darajada ta’limni boshqarish usuli sifatida foydalanib kelinmoqda. Bolonya protsessiga a’zo davlatlar orasida Rossiya, Belorussiya, Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog’iston ham teng huquqli a’zosi sifatida qatnashib kelmoqda va ECTS kredit-modul tizimini oʻzlarining oliy ta’lim muassasalarida joriy etish boʻyicha faoliyat olib borishmoqda.



Download 5,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish