KIRISH
Mustaqillikka erishgan yillardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasini axborotlashtirish va ta’limda axborot texnologiyalarini qoʻllash masalalariga hukumat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, mamlakatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” nomli ma’ruzasida ta’kidlab oʻtganlaridek, “oldimizda turgan keng koʻlamli vazifalarni bajarish uchun kadrlar bilan ishlashning butun tizimini takomillashtirishga doir bir qator ishlarni albatta amalga oshirishimiz kerak”.
Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bob 26-moddasida “ta’lim-tarbiya jarayoniga oʻqitishning ilg’or shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar, oʻqitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini ta’minlaydi” deyilgan.
OTMlarda talabalarni mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotda qoʻllash malakalarini shakllantirishga qaratish oʻqitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlash lozimligini koʻrsatdiki, ular talabalarga nafaqat tayyor bilimlarni oʻzlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan mustaqil egallashlari, oʻzlarida shaxsiy nuqtayi nazarning shakllanishi, uni asoslashi va erishilgan bilimlarni yangi bilimlar olishlarida foydalanish malakalariga ega boʻlishlarini taqozo etdi.
Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan nafaqat hisoblash ishlarini olib borish uchun, balki hayotga tatbiq qilinadigan elektron darsliklar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni oʻzida saqlovchi dasturlar yaratish uchun ham foydalaniladi. Soʻnggi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga boʻlgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻg’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-yil 13-fevraldagi “Innovatsion faoliyatni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot muassasalari infratuzilmasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻg’risida”gi va 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi PQ-2909-sonli Qarorlariga asosan, “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini axborotlashtirish konsepsiyasi” qabul qilindi. Ta’lim tizimida shu va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan hamda ilg’or xorijiy tajribalarga asosan bulutli texnologiyalarni keng joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Yuqorida keltirilganlarga asosan, aytish mumkinki, ushbu bitiruv ishining mavzusi oliy ta’lim muassasalarida interfaol ta’lim texnologiyalarining joriy etilishi, xususan, kredit-modul tizimining oʻquv jarayonida qoʻllanilishiga oid dolzarb masalalarga bag’ishlangan.
Bitiruv ishi obyekti va predmeti. Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 5120100–Filologiya va tillarni oʻqitish ta’lim yoʻnalishining talabalariga oʻtiladigan “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini oʻqitish jarayoni.
“Ta’limda axborot texnologiyalari” fanining oʻquv materiallari yaratishda foydalanib ta’limni sifati hamda samaradorligini oshirish.
Bitiruv ishi maqsadi va vazifalari. “Bulutli xizmat koʻrsatish platformalarining qiyosiy tahlili” mavzusini kredit tizimi asosida oʻqitish metodikasini ishlab chiqish ishning asosiy maqsadini belgilaydi.
Ushbu maqsadni roʻyobga chiqarish uchun asosiy vazifa “Bulutli xizmat koʻrsatish platformalarining qiyosiy tahlili mavzusini kredit tizimi asosida oʻqitish metodikasi”ni oʻrganishda Kredit-modul tizimi va uning tarixan shakllanish bosqichlari, uni oliy ta’lim muassasalarida joriy etish tamoyillari, mavzusini kredit tizimi asosida oʻqitishdan iboratdir.
Bitiruv ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning oʻzaro tahlili. Bitiruv malakaviy ishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, яъни Sh.Mirziyoyevning “Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz” nomli asari1, shuningdek, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va shu dastur asosida tayyorlangan davlat ta’lim standarlari, fan boʻyicha namunaviy dastur talablari hisobga olingan. Bitiruv ishini bajarish davomida mavzuga doir Prezident qarorlari, sohaga oid qonun va qonun osti hujjatlari hamda tegishli adabiyotlar oʻrganib chiqildi. Bundan tashqari, N.H.Avliyoqulov, N.N.Azizxodjayeva, U.Sh.Begimqulov kabi olimlarning dasliklari va oʻquv qoʻllanmalaridagi materiallardan hamda SCOPUS bazasi roʻyxatiga kiritilgan ilmiy manbalardan ham foydalanildi.
Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati. “Bulutli xizmat koʻrsatish platformalarining qiyosiy tahlili” mavzusini kredit tizimi asosida oʻqitish metodikasi” mavzusi mazmunini talabalarga tushuntirishda BBB tahlili va sinkveyn usullarini qoʻllanilishi talabalarni mavzu boʻyicha qoʻllaniluvchi turli texnologiyalarning afzallik va kamchiliklarini, yaratadigan imkoniyatlarini tushunib yetishlari va farqlashlariga yordam beradi. Shuningdek, bulutli xizmat koʻrsatish platformalari asosida ma’lumotlarni serverga joylab, talabalarga bu ma’lumotlarga istalgan vaqtda murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
Bitiruv ishning tuzilmasining tavsifi. Bitiruv ish kirish, ikkita bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati hamda ilovalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |