Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


 “Bulutli xizmat koʻrsatish platformalarining qiyosiy tahlili” mavzusini kredit tizimi asosida oʻqitish



Download 5,41 Mb.
bet19/23
Sana01.03.2022
Hajmi5,41 Mb.
#476698
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
BMI Safarov 2021

2.3. “Bulutli xizmat koʻrsatish platformalarining qiyosiy tahlili” mavzusini kredit tizimi asosida oʻqitish


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlanish konsepsiyasi tuzildi[1]. Konsepsiya doirasidagi mazmuni Oʻzbekistonning milliy tiklanishdan milliy yuksalish bosqichida oliy ta’lim vazifalari, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning normativ-huquqiy hujjatlari, ilgʻor ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash, oʻquv jaroyonini tashkil etishning zamonaviy uslublari boʻyicha soʻnggi yutuqlar, pedagogning kreativ komponentligini rivojlantirish, global Internet tarmogʻi, multimediya tizimlaridan foydalanish va masofaviy oʻqitishning zamonaviy shakllarini qoʻllash boʻyicha tegishli bilim, koʻnikma, malaka va kompitentsiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan[1].


Bulutli hisoblash (ing.cloud compyuting) odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini internet-xizmat koʻrinishida taqdim etadi. Shunday yoʻl bilan foydalanuvchiga “sof” koʻrinishidagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi oʻzining qanday kompyuter ishlov berayotganligini va qanday turdagi operatsion tizim(OT) boshqaruvida amalga oshirilayotganligi kabi savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida, bu savollarga javob izlashning zarurati boʻlmaydi[5].
Ish yuritilishida oʻxshashlik va umumiylik topib, bulutli texnologiyani “maynfreym”lar bilan taqqoslash mumkin. Biroq “bulut”ning “maynfreym”dan tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqlari mavjud, xususan “bulut” hisoblash quvvatlarining nazariy jihatdan cheklanmaganligidir.
Biz bilamizki, ma’lumotlar axborotga aylanishi uchun quyidagi uch sifatga ega boʻlishi kerak[5]:
– ma’lumotlar toʻliq boʻlishi kerak;
– ma’lumotlar ishonchli boʻlishi kerak;
– ma’lumotlar ma’lum ma’noda qimmatli boʻlishi kerak.
Dastlab paydo boʻlgan ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-hisoblash(1990 yillarda) bir muncha keng tarqalish koʻrinishiga ega boʻldi. Bu yoʻnalish texnik vosita prossesorining boʻsh turgan resurslaridan unumli foydalahish va hisoblash quvvatlarini ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati bilan qaraldi. Grid texnologiya bilan “bulut” texnologiya koʻpgina oʻxshashliklarga ega, lekin uzoqdagi hisoblash resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha egiluvchan platformaga ega boʻlganligi bois bulutli hisoblash modeli istiqbolli texnollogiya deb tan olindi[10].
Bulutli texnologiyadan foydalanish uzluksiz muvaffaqiyatga erishib borayotganligining sababi oddiy: ularni qoʻllash turli imkoniyatlarga ega hamda, infra tuzilish, xizmat koʻrsatish va xodimlarga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi. Masofadagi ma’lumotlar markazida ma’lumotlarga ishlov berish va axborotlarni saqlashga imkon beruvchi texnik ta’minot yetarli darajada soddalashtirilishi mumkin[10].
Ommaviy bulut(public cloud) – bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash xizmatlaridan ta’lim jarayonlarida masofali oʻqitish tizimida foydalanish mumkin, yetkazib beruvchilar tomonidan ma’lumotlar taqdim etiladi va korporativ tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Bunday bulut foydalanuvchilari bulutdagi ma’lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlmaydi, barcha ma’suliyat bulut egasiga yuklatiladi. Bunday usullarni foydalanuvchilarga Amazon YEC2 i Amazon Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft Office Web onlayn-xizmatlarini misol sifatida keltirib otish mumkin[11]. Bulutli tarmoq platformasini tashkillashtirish uchun koʻplab serverlar bugungi kunda dunyo boʻylab tashkil etilgan. Masalan, ommalashgan bulutli tizimlarga яндекс.disc va disc google misol keltirishimiz mumkin. Ushbu bulutli serverlar orqali dunyoning istalgan joyidan serverga ma’lumot joylash, saqlash va boshqarish mumkin. Dropbox bulutli server xizmati asosida ta’lim tizimida masofali oqitishni tashkillashtirishni ketma-ket koʻrib chiqamiz. Dropbox bulutli xizmat tizimi https://www.dropbox.com/ sayti asosida tashkilashtiriladi. Ushbu saytda tizimni tashkillashtirish va unga ma’lumotlarni joylashtirish quyidagi ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi:
– Yangi papkalar yaratish;
Yangi fayllarni yukalsh;
– Yangi kataloglar yaratish va qoʻshish;
– Umumiy ulanishni tashkillashtirish;
– Fayllarni tahrirlash va oʻchirish.
Shunday qilib, ushbu texnologiyalar ta’limda masofali oqitish tizimini samarali tashkillahtirish imkoniyatini beradi. Ta’lim tizimida elektron resurslarni boshqarish va foydalanish imkoniyatlarini ochib beuvchi zamonaviy texnologiya sifatida qarash mumkin.
Modul – bu alohida individual oʻquv fani. Oʻzida bilimga egalik qilish va kasbiy jihatlarini qamrab olgan boʻlib, ta’lim oluvchilarning oʻquv dasturini oʻzlashtirish natijasida shakllangan bilim, koʻnikma va kompetensiyalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanishni nazarda tutadi.
Kredit-modul oʻqitish tizimi esa, har bir oʻquv moduli tarkibini tuzishga asoslangan modulning oʻquv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali ta’lim oluvchilarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini muntazam ravishda baholab boruvchi oʻquv dasturini oʻzlashtirish jarayonini tashkil etish tizimi hisoblanadi.
Mazkur oʻqitish tizimi ma’ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari, oʻquv amaliyoti, klinik oʻquv amaliyotlar, kurs loyihasi (ishi), shuningdek ta’lim oluvchilarning mustaqil mashg’ulotlari boʻyicha haftalik soat yuklamasi va ta’lim oluvchilarning faoliyatini baholash mezonlarini aks ettiradi. Ta’lim oluvchilar tomonidan barcha majburiy faoliyat turlari bajarilgandan va ular baholangandan soʻng kreditlarni toʻplash mumkin.
Kredit birliklari tizimiga toʻxtaladigan boʻlsak, bu kredit dasturlarini uning tarkibiy qismlari, ya’ni modullar, modullar bloklari, kurslar va boshqalarga biriktirish orqali ta’lim dasturlarini tavsiflashning tizimli usulidir.
Kredit-modul oʻqitish tizimi oʻquv jarayonining quyidagi shakllaridan tashkil topadi:

  • auditoriya mashg’ulotlari – ma’ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari, oʻquv (klinik) amaliyoti;

  • auditoriyadan tashqari mashg’ulotlar – ilmiy kutubxonada ishlash, mustaqil ishlar, individual maslahatlar, klinik vazifalar, ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, ta’lim oluvchilarning ilmiy anjumanlarda qatnashishi, magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat turlari va boshqalar.

Odatda, kredit ta’lim oluvchi tomonidan oʻquv rejasi bajarilishining koʻrsatkichi boʻlib, tegishli oʻquv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt (soat)lardan tashkil topadi. Bu modul xususiyati va boʻlajak mutaxassisni shakllantirish uchun oʻquv ishlarining muhimligidan kelib chiqib ta’lim muassasasi tomonidan belgilanishi mumkin. Har bir modul mustaqil kreditga ega boʻladi.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:
– o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
– bitta fan, kurs (kredit)ning­ qiymatini aniqlash;
– talabalar bilimini reyting ball asosida baholash;
– talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
– ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish;
– ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi.
Yuqoridagilar dars mashg‘ulotlarini nafaqat o‘qitishni innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil o‘qib-o‘rganish, ta’limga yangicha munosabatda bo‘lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo‘naltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini ta’minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir.
Xorijiy tajribaga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 2– 4 tagacha moduldan iborat bo‘ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o‘zaro uzviy to‘ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish ­malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
– o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi;
– talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo‘ladigan malakasiga qo‘yiladigan talablar;
– modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya’ni ma’ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustaqil ta’limni baholash uchun mo‘ljallangan topshiriqlar;
– o‘qitishning qisqacha bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat.
Modul asosida o‘qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o‘quv faoliyati, ya’ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, o‘zlashtirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi.
Kredit (credit) — talabaning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) bo‘yicha fanlarni o‘qib o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun sarflangan o‘quv yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligidir. Kredit — talabaning me’yoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda ta’lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o‘lchovidir. Talabaga kredit ma’lum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi.
Har bir talaba kelajakda tanlagan yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega bo‘lishi uchun kreditlarni yig‘ib borishi lozim. To‘plangan kredit talabaga butun umr davomida o‘zining malakasini oshirib borish yoki qo‘shimcha oliy ma’lumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, to‘plangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi.



Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish tizimi HEMIS asosiy oynasi








Oʻquv jarayonini tashkil qilishda oʻquv reja boʻlimiga oʻtib tanlangag yoʻnalishlar uchun joriy yildagi oʻquv reja tanlanadi.





Semestrlar boʻlimi orqali joriy oʻquv yilida kurslar va yoʻnalishlar uchun semestrlarni yaratish amalga oshiriladi.



Fanlar bloklari boʻlimi orqali tanlangan oʻquv rejaga mos oʻqitiladigan fanlar bloki shakllantirib olinadi.





Shundan soʻng oʻquv rejadagi fanlar uchun guruhdagi talabalar biriktirib chiqiladi.





Tanlangan oʻquv rejadagi fanlarni talabalarga oʻqitilishini amalga oshirish uchun dars jadvalini shakllantirib olishimiz lozim boʻladi. Buning uchun Dars jadvali boʻlimidan foydalanamiz.





Talabalar belgilangan vaqt oraligʻida fanlarni oʻzlashtirishlarini baholab borish uchun ulardan nazorat ishlari oʻtkazilib boriladi va talabalar joriy va oraliq nazoratlarni topshirishlari kerak boʻladi.





Bir semester uchun ajratilgan fanlar belgilangan haftalar davomida talabalar tomonidan oʻrganilib boriladi, oxirida har bir fandan imtihon topshiradilar. Talabalar 100 ballik tizim boʻyicha kerakli balni yigʻadilar.


Kredit texnologiyasi ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-o‘qituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu o‘quv jarayonlarini baholashning o‘ziga xos qiymat ko‘rsatkichi bo‘lib ham hisoblanadi.

Download 5,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish