Sensor analogli-rezistiv texnologiya
Unda o‘lchash tizimi analoglidir. Biroq olingan axborot raqamli ko‘rinishda qayta ishlanadi. Interfaol doskaning analogli-rezistiv echimi gorizontal va vertikal bo‘yicha ming nuqta bilan o‘lchanadi. Analogli-rezistiv doska eskirishga chidamli mat yuzali poliefik plastik bilan qoplangan va nur
Interwrite Learning va Smart Technologies interfaol sinf doskalarining qiyosiy xarakteristikalar jadvali
Ishlab chiqaruvchi (mamlakat)
|
Interwrite Learning (AQSH)
|
Smart Technologies
(Kanada)
|
Tipi
|
Raqamli
|
Analogli
|
Texnologiya
|
Elektromagnetik
|
Sensor (rezistiv)
|
Material
|
Metall
|
Plastik
|
YUzasi
|
Matli
|
Glyansli (silliq)
|
Ish sohasi maksimal o‘lchamlari (tomonlar nisbati 4:3) sm
|
172x132
|
156x117
|
Interfeys
|
RS 232, USB, bluetooth
|
USB, radiokanal
|
Tashqi/ichki echim
|
4000/1000
|
300/60
|
Operatsion tizimni quvvatlash
|
Windows 98, NT, 2000
|
|
ME, XR, MAS OS, Linux
|
Windows 95, 98, NT, 2000, ME, XR, MAS OS
|
|
Ixtisoshlashtirilgan dasturiy ta’minot
|
Interwrite Software
|
Smart Board Software
|
Kompyuter bilan doskani boshqarish imkoniyati
|
Ha
|
Ha
|
Masofadan ishlash imkoniyati
|
Ha
|
Ha
|
Sozlanadigan foydalanuvchi interfeysi
|
|
|
Tugmalar
|
Ha/ ha
|
Ha/yo‘q
|
Marker doskalar uchun standart quruq artiladigan markerlar bilan yozish imkoniyati
|
Ha
|
Tavsiya qilinmaydi
|
YUzasi qisman buzilganda doskaning ish qobiliyatini saqlab qolishi
|
Ha
|
Yo‘q
|
Og‘irligi, kg
|
16,3
|
13,6
|
Etkazib beriladigan komplekt
|
|
|
Marker diametri, mm
|
11
|
Ma’lumot yo‘q
|
Qo‘shimcha markerlar qiymati
|
1
|
Ma’lumot yo‘q
|
Plashnetning mavjudligi (alohida etkazib beriladi)
|
Istalgani to‘gri keladi
|
Yo‘q
|
Simsiz planshetning mavjudligi (alohida etkazib beriladi)
|
Interwrite PAD 400
|
Ha
|
Interaktiv panelning mavjudligi (alohida etkazib beriladi)
|
Interwrite Panel (17*)
|
Simpodium
|
Ovozlashtirishtizimining mavjudligi (alohida etkazib beriladi)
|
Interwrite PRS va Interwrite PRS RF
|
Sentero
|
tarqalishi keng burchagiga ega bo‘lgan ko‘p qatlamli “pirogdan” iborat. YUzasi anchagina yumshoq bo‘lib. Bosganda biroz egilishi uchun shunday ishlangan. Sensor analogli-sensitiv doska bilan ishlash uchun maxsus markerlarga ega bo‘lish shart emas, garchi komplektda butafor rangli markerlar va lastik etkazib berilsa-da, barmoq yoki ko‘rsatkich (ukazka) dan foydalanish mumkin.
Elektrmagnit texnologiya
Elektrmagnit texnologiyadan foydalanilganda doska qattiq yuzaga ega. Qatlamli struktura ichida vertikal va gorizontal koordinata o‘tkazgichlaridan iborat qalin regulyar panjaralar o‘rnatilgan. Uchida induktivlik katushkasi bo‘lgan elektron pero (marker), faol va passiv bo‘lishi mumkin, koordinata o‘tkazgichlardan raqamlari pero uchining joylashish o‘rnini belgilaydigan elektrmagnit signallarni topadi. Elektrmagnit doskalar, odatda, foydalanuvchi harakatlariga analogli-rezistiv doskalarga qaraganda tezroq javob qiladi.
Lazer texnologiyasi
Tizim ikkita infraqizil lazer burchak o‘lchagichdan iborat bo‘lib, ular, odatda, doskaning yuqori burchaklarida joylashtiriladi. Burchak o‘lchagich ishlashi anchagina sodda: doimiy burchak tezlikda aylanadigan oyna IQ nurni shunday yo‘naltiradiki, u radar antennasi misoli doskaning butun yuzasini bir nuqtadan turib skanerlaydi. Lazer interfaol doskada barmoq yoki oddiy marker bilan ishlab bo‘lmaydi - pozitsiyalashdagi xatolarni kamaytirish uchun doska yuzasiga perpendikulyar holatda tutish maqsadga muvofiq bo‘lgan maxsus marker kerak.
Ultratovush/infraqizil texnologiya
eBeam nomi bilan patentlangan tizim yorug‘lik va tovush to‘lqinlarini tarqalishidagi farqlardan foydalanadi. Elektron marker bir paytning o‘zida ham infraqizil nur, ham ultratovush taratadi. Doska burchaklarida joylashtirilgan IQ-datchik va ultratovush mikrofonlar signallarni qabul qiladi, shundan keyin o‘rnatilgan elektron tizim uoarning kelib tushish vaqtidagi tafovutga qarab, marker koordinatalarini hisoblaydi. Elektron marker, xuddi elektron lastik (o‘chirg‘ich) kabi batareyadan ishlaydi. Ultatovush/infraqizil texnologiyaning asosiy kamchiligi elektrmagnit va lazer texnologiyalaridagi kabi maxsus elektron markerdan foydalanishning talab qilinishidadir. StarBoard interaktiv doska – bu kompyuterdagi tasvirlarni proektor orqali namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta’minot matn, rasm, video va audio ma’lumotlar va ob’ektlar, hamda Internet-resurslar bilan ishlash va ular ustiga yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi. Interaktiv doska nafaqat taqdimot ko‘rinishidagi ma’lumotlarni, balki barcha turdagi ma’lumotlarni berish bilan birga odatiy matn yozish (konspekt qilish)ni bartaraf etib, vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini beradi. Tinglovchilar dars yakunida dars jarayonida keltirilgan barcha ma’lumotlar va yozuvlarni fayl ko‘rinishida yozib olish va undan keyinchalik ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Interaktiv doskalar ma’lumot olish samaradorligini oshiradi. Interaktiv doskani keng tadbiq etish borasida hal etilishi zarur bo‘lgan muammolardan biri professor-o‘qituvchilarni bu qurilma bilan samarali ishlashga o‘rgatishdir. O‘quv materiallarining elektron variantlarini tayyorlash uchun professor-o‘qituvchilardan axborot fazolarini loyihalash tajribasiga ega bo‘lish va axborotlarni samarali strukturalarini yaratishda interfeyslardan foydalana bilish tajribasiga ega bo‘lish talab qilinadi.
1.3 Ta’limda zamonaviy texnik vositalardan foydalanish
Hozirgi kunda Respublikamiz ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida asosiy talablardan biri zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib talabalarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, ularni mustaqil ta’limga o‘rgatish, berilayotgan bilimlarni tushunishlarini ta’minlash yo‘llarini yaxshilashdan iborat. O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnik vositalaridan biri - interfaol elektron doskalari hisoblanadi. Ular oddiy markerli doskalar kabi ko‘rinishga ega bo‘lib, ularda yozilayotgan har bir matn, grafik ko‘rinish, chizma, jadval kabilar daqiqalarda tez doska displeyida paydo bo‘ladi. Elektron doskalarning ta’limda asosiy afzalliklari quyidagilar:
Auditoriya talabalarni diqqat-e’tiborlarini bir obyektga yo‘naltirish;
Dars mavzusiga oid natijalardan nusxa olish, elektron pochta orqali jo‘natish, saqlash imkoniyatlarining mavjudligi;
Dars jarayonida matn, tovush, animatsiya, grafikalardan birgalikda foydalanish imkoniyatining kengligi;
Mavzuni tushuntirish jarayonida ma’lumotlarni tahrirlash uchun elektron qalamdan foydalanishning mavjudligi;
Hozirgi kunda Respublikamizdagi ta’lim muassasalari o‘quv auditoriyalarida Prometneon LTD firmasi ishlab chiqargan Activboard interfaol elektron doskalaridan keng foydalanib kelinmoqda. Activboard interfaol elektron doskalari konferensiya prezentatsiyalarini namoyish etish uchun mo‘ljallangan qulay texnika vositasi hisoblanadi. Interfaol elektron doska ACTIVboard dasturiy ta’minotlarda ishlash imkoniyatini beradi va bu orqali sizni tinglab turuvchi auditoriya a’zolariga ma’lumotlarni yetkazish sifatini oshiradi.
Activboard interfaol elektron doskalaridan foydalanish auditoriyadagi har bir qatnashuvchining faol ishtirokiga imkon yaratadi. Elektron qalam orqali kompyuterni sichqoncha kabi boshqarish mumkin.
ACTIVboard - interfaol elektron doska 1,25 m, 1,62 m, 1,99 m yoki 2,45 m diagonalli bo‘lib, kompyuter va proyektor bilan birgalikda ishlaydi. elektron qalam faol ekran orqali kompyuterni boshqarib, qalam kontekst menyu va bajaruvchi ikkita tugmachadan iborat. ACTIVboard - interfaol elektron doskaning Windows tizimining istalgan ilovasida ishlay oladi . Infraqizil portli panel yordamida faol ekranni auditoriyaning istalgan joyidan turib boshqarish mumkin.
Bu kabi yangi texnika vositalari va texnologiyalari yordamida ta’limda dars samaradorligini oshirish hozirgi kunda oldimizga qo‘yilgan maqsad bo‘lishi lozim. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan informatika va axborot texnologiyalari fanidan “Kompyuterning dasturiy ta’minoti” mavzusini zamonaviy texnika vositalari va texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan dars jarayonini ko‘rib chiqamiz.
“Kompyuterning dasturiy ta’minoti” mavzusini zamonaviy texnika vositalari va texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan dars ishlanmasi.
Mavzu: Kompyuterning dasturiy ta’minoti
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy: talabalarga zamonaviy texnika vositalaridan foydalanib kompyuterning dasturiy ta’minotini o‘rgatish.
Tarbiyaviy: talabalarga zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: talabalarga kompyuterning dasturiy ta’minoti mavzusi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish. Bunda o‘qituvchi darsga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rib, darsga oid yangi materiallar to‘plashi va to‘plangan materiallar talabaga tushunarli bo‘lishi lozim.
Dars turi: Nazariy mashg‘ulot – bunda o‘qituvchi darsni olib borish uchun didaktik materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yadai. Dars materiali zamonaviy fan yangiliklarini o‘z ichiga olgan, talabaga tarqatma material ko‘rinishada berib yuboriladigan yoki talabani qiziqtiradigan matn, video, animatsion, audio kabi axborotlar ko‘rinishda bo‘lishi talaba uchun vaqt tejamkorligi va o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Bu ko‘rinishdagi axborotni tayyorlashda o‘qituvchiga kompter, mikrafon qurilmasi, Snagit, EasyGIFAnimator kabi dasturiy vositalar yordam beradi. Bu kabi tayyorlangan dars materiali talaba uchun uy sharoitida televizor va DVD player qurilmalari yordamida dars mashg‘ulotlarini o‘qishi, ko‘rishi, eshitishi mumkin.
Darsga qo‘llaniladigan uslublar: ko‘rsatmalik, aqliy hujum, blits-so‘rov.
Xonaning jihozlanishi: Videoproyektr, elektron doska, tarmoqqa ulangan kompyuterlar
Darsdan kutilayotgan natijalar:
Talabalar kompyuter, proyektor, elektron doskadan foydalanish nazariyasiga ega bo‘ladilar.
Talabalar kompyuterning dasturlari bilan ishlashni o‘rganadilar.
Darsning borishi
Darsning tashkiliy qismi: O‘qituvchi bu darsni tashkil etish uchun darsga doir ma’lumotlarni oldindan tayyorlab qo‘yadi va dars yakunida test asosida bilimlarini baholashini aytadi.
Darsning mazmuni: O‘qituvchi darsning tashkiliy qismini o‘tkazib darsdan kutilayotgan natijalarni talabalarga e’lon qiladi. O‘tilgan mavzular bilan yangi mavzuning bog‘liqliligini aytib o‘tadi. Yangi mavzuni elektron doskaga yozib kompyuterning dasturiy ta’minoti haqidagi ma’lumotlarni misollar bilan qayta boshlaydi. O‘qituvchi tomonidan operatsion sistemaning bajaradigan vazifalarini, imkoniyatlarini, qo‘llaniladigan sohalarini elektron doskada tasvirlanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: O‘qituvchi yangi mavzuni mustahkamlash uchun talabalardan test sinovi o‘tkazadi. O‘zlashtirish natijalar asosida tayyorlangan dars materiali talabalarga tarqatiladi.
Yuqoridagi dars ishlanmasi qisqa, sodda texnologiyada tashkil etilgan bo‘lib darsning ba’zi bir jihatlari to‘liq bayon etilmagan ammo bu dars jarayonida elektron doskaning ishlatilishi odatdagi darslardan ko‘ra vaqtni tejaydi, dars davomida talabani bilim saviyasini oshiradi hamda dars mavzusi uchun oldindan tayorlangan tarqatma material talabaning mustaqil ta’lim olishiga yordam beradi.
Xulosa
Texnika bilan samarali munosabatda bo’lish va ulardan oqilona foydalanish uchun oo’qituvchi bilimlarning ma’lum sistemasini o’rganib chiqishi, tegishli tajriba orttirishi kerak. O’quv muddatini o’zgartirmay o’quv tarbiya jarayonini qulaylashtirish, o’quvchi va talabalarga puxta va chuqur bilim berish, ularda bilim olish ko’nikmalarini hosil qilish kabi vazifalarni amalga oshirishda o’qitishning zamonaviy texnik vositasi alohida o’rin tutadi. O’qutuvchi texnik vositasining imkoniyatlarini to’la tushunishi va undan foydalashni bilish muhim hisoblanadi
Multimedia proektorlar ma`lumotlarni tasvirlash sohasida insoniyatning eng katta ixtirosidir. Monitorlardan farqli ravishda proektorlarni uzoq vaqt tomosha qilish sog’likka zarar etkazmaydi, chunki zararli nurlanishga ega emas. proektor o’quv jarayonida juda qulay, chunki deyarli hamma uchun boshqarishda juda oddiy, tasvirning haqiqiylikka yaqinligi esa ma`lumotlarni “o’zlashtirish” da ikki barobar oshadi.
Dars jarayonida elektron doskaning ishlatilishi odatdagi darslardan ko‘ra vaqtni tejaydi, dars davomida talabani bilim saviyasini oshiradi. Ishining natijasi shundan iboratki, barcha foydalanuvchilar o’z faoliyatlarida qo’llash imkonini beradi. Bundan tashqari , nafaqat informatika fani o’qituvchilari boshqa fan o’qituvchilari ham foydalanishlari mumkim.
Foydalanilgan adabiyotlar
I.Karimov. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.
T.: “O‘zbekiston”. – 1998.
2. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Manaviyat”, 2008, 61 – bet
3. L.P. Pressman Metodika primeneniya texnicheskix srestv obucheniya. – M.: Prosveщenie, 1988. 192 c.
4. SHaxmaev N. M. Texnicheskie sredstva obucheniya.-M.: Znanie, 1975. 191c
5.Belkin E.L., Karpov V.V., Xarnash P . I. Texnicheskie sredstva obucheniya. – YAroslavl, 1977.
6.Driga I. I., Rax G.I. Texnichesie sredstva obucheniya v obщeobrazovatelnoy shkole.- M.: Prosveshenie, 1985.
7.Zavade A. S. Uchebnoe kino na urokax istorii v V-VII klassax.-M.: MGIUU, 1981.
8.Pressman L. P. Osnovы metodiki primeneniya ekranno-zvukovыx sredstv v shkole.-M.: Prosveщenie, 1976.
9.CHashko L. V. Grafoproektor na urokax.-Kiev: Radyanska shkola, 1981 (na ukr. YAz.).
10.SHmargun N. I. Ekranno- zvukovыe posobiya v obuchenii fizike.-M.: Prosveщenie,1985
11.G.V. Karpov, V. A. Romanin. Texnicheskie sredstva obucheniya.
M.:”Prosveщenie”,M.,1979.
12.T.Hioyatxo'jayev. Kinoproyektsion apparatlar.T.: O’qituvchi , 1975.
13.L.M. Yoqubov va boshqalar O’qitishning texnikaviy vositalari T.: O’qituvchi , 1985. 140 bet.
14.B.Ziyomuhammadov, M. Tojiyev. “Pedagogik Texnologiya-Zamonaviy o’zbek milliy modeli” T.: “Lider Press” 2009
15.Bespalko V. P. O vozmojnostyax sistemnogo podxoda v pedagogike. “ Sov pedagogika”, 1989 №7.C.59-60.
Do'stlaringiz bilan baham: |