Videoproektordan foydalanish
Videoproektordan foydalanish umuman olganda toza tutish va havo filtrini tozalab turish va almashtirishdan iborat bo’ladi. Havo filtrini har 100 ish soatidan keyin bajarish kerak, agarda u chang va tutunli xonada ishlatiladigan bo’lsa kamroq vaqtda almashtirish zarur. Bu juda muhim shart, chunki proektor qizishi rejimini kuzatib borish – uning buzilmasdan ishlashi garovidir. Shuning uchun proektorni o’rnatayotganda uning havo kiradigan yo’llariga havo bemalol kelib turishini ta`minlashga e`tibor berish kerak. Noto’g’ri issiqlik almashuvi yoki havo filtrining ifloslanishini ko’rsatuvchi aniq belgisi proektorning ko’p ishlamay turib, qizishini ko’rsatuvchi indikatorning yonib turishi yoki uning avtomatik o’chib qolishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |