135
Mol go‘shtida 21,6%, jigarda 17,9%, kolbasalarda o‘rtacha 15,5%,
tuxumda 12,7% oqsil mavjudligini 3-jadvalda keltirilgan ma'lumotlar bilan
solishtirsak, o‘simlik donlarida bu qimmatli mahsulotlarning ancha ko‘pligini
ko‘ramiz.
Lekin hayvon mahsulotlaridagi oqsillar tarkibida
ayrim
almashinmaydigan aminokislotalar o‘simlik oqsillariga qaraganda ko‘proq
bo‘ladi. Shunga qaramasdan o‘simlik oqsillarini maqsadga muvofiq holda
aralashtirib iste'mol qilish yo‘li bilan vujudning to‘la qiymatli oqsillarga bo‘lgan
ehtiyojini to‘liq qondirish mumkin. Bu hol kelajakda kishilarning oqsillarga
bo‘lgan ehtiyojini o‘simlik mahsulotlari hisobidan ta'minlash arzon va osonroq
degan xulosaga olib keladi. Buning uchun o‘simlik mahsulotlaridan to‘laqonli
oqsil sintez qilishda qishloq xo‘jalik texnologiyasining yangi yutuqlaridan
unumli foydalanish zarur.
Yana shu narsa muhimki, o‘simliklarni hayvonlarga berib ularning
oqsilidan iste’mol uchun foydalanish ancha samarasizdir. Chunki hayvon
yegan oqsilining atigi 15–25% go‘sht va sut sifatida qaytarib olinib, 75–85%
hayvonni o‘zi uchun sarflanishi aniqlangan. Buning o‘rniga o‘simlik oqsilini turli
xil zamonaviy biotexnologik jarayonlar vositasida ajratib olib to‘g‘ridan-to‘g‘ri
(bevosita) foydalanilsa, uning samaradorligi yuqori bo‘ladi. Boz ustiga
o‘simliklardan ajratib olingan quruq oqsillar uzoq vaqt uy haroratida saqlansa
ham buzilmaydi, hyech qanday salbiy o‘zgarishlarga uchramaydi, ular
zararkunandalar va noqulay ob-havo sharoitlarida yaroqsiz holga kelmaydi,
aminokislotalari kamaymaydi. Shuning uchun ularni kerakli miqdorda zahira
qilib olish va ancha davomli muddatda saqlash mumkin.
O‘rtacha bir kecha-kunduzda qabul qilinadigan oziq moddalar quvvati
qiymati ko‘rsatkichining 11–13% oqsillar hisobidan qoplanishi kerak. Bu
miqdor
o‘z o‘rnida 55% hayvon oqsiliga to‘g‘ri kelishi kerak. Katta yoshlilarda azot
muvozanati bir kecha-kunduzda 55–60 g sof holdagi oqsil iste'mol qilinganida
ta'minlanadi. Lekin har xil muhit sharoitlari, bajariladigan jismoniy ishlar
hisobga olinsa, bunday ovqatlanish manfiy azot balansiga olib kelishi mumkin,
shuning uchun kecha-kunduzlik oqsilga bo‘lgan talab 85–90 g/sutkani tashkil
qiladi. O‘rtacha olganda kishi bir kecha-kunduzda 1 kg tana og‘irligi hisobiga 1
g oqsil qabul qilishi kerak. Yosh bolalarda oqsilga talab bir muncha yuqori
bo‘lib, u o‘rtacha sutkasiga 1 kg tana vazniga 1,5–4,0 g tashkil qiladi.
Shuningdek, og‘ir jismoniy ish bajarilganda oqsilga talab oshib ketadi (jami
oqsil 120–150 g).
136
Hayvon mahsulotlari tarkibidagi oqsillar nisbatan oson tanamiz
oqsillariga aylanadi, o‘simlik oqsillari esa tarkibida almashmaydigan
aminokislotalar juda kam bo‘lgani bois, bu o‘rinda anchagina past o‘rinni
egallaydi. Shunga qaramasdan, vegetarianlarga o‘xshab faqat o‘simlik
mahsulotlaridan iste'mol qilib ham yashash mumkin. Iste'moldagi o‘simlik
mahsulotlari tarkibidagi almashmaydigan aminokislotalar (masalan, don va
don mahsulotlarida) hisobidan ham tegishli to‘qimalar, hujayralar sintez
qilinadi. Lekin ularda (boshqa odamlarda ham) almashmaydigan
aminokislotalarning ichak mikroflorasi faoliyati tufayli hosil bo‘lishi mumkin,
degan fikrlar ham bor.
Agar oqsillar ko‘rsatilgan miqdordan ko‘p qabul qilinsa, to‘qimalarda
ammiak hosil bo‘lishi kuchayadi, yo‘g‘on ichakda ularning parchalanishidan
zaharli moddalar ko‘plab hosil bo‘ladi, natijada jigar va buyraklar zo‘riqadi.
Aminokislotalar vujudda dezaminlanish yo‘li bilan uglevodlar va yog‘larga
aylanishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: