O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Oqsillar 
Oqsillar  azotli,  yuqori  molekulali  polimerlar  bo‘lib,  aminokislotalardan 
tuzilgan.  Ular  ikkita  katta  guruhga  bo‘linadi,  ya'ni  proteidlar  (murakkab 
oqsillar)  va  proteinlar  (oddiy  oqsillar).  Tana  vaznining  20%,  hujayra  quruq 
vaznining  esa  50%  ini  oqsillar  tashkil  qiladi.  Oqsillarning  vujuddagi  vazifasi 
xilma-xil  bo‘lib,  ular  hujayra  tarkibining  asosini  tashkil  qiladi,  ya'ni  hujayra  va 
to‘qimaning hosil bo‘lishida qatnashadi, mushaklar qisqarishida ishtirok qiladi, 
fermentlar,  gormonlarning  asosini  tashkil  qiladi.  Proteinlar  vujudda  himoya 
vazifasini  ham  bajaradi.  Oqsillar  toksinlarni  zararsinlantirib  vujuddan  chiqarib 


132 
 
yuboradi.  Qon  ivishi,  qon  orqali  kislorod,  karbonat  angidrid,  oziq 
moddalarning tashilishi ham oqsillar  ishtirokida sodir bo’ladi. Oqsillar boshqa 
oziq  moddalarga  o‘xshab  (yog‘  va  uglevodlarga  o‘xshash)  vujudda  zahira 
holatda saqlanmaydi, shuning uchun u ovqat bilan peshma-pesh doimiy holda 
qabul  qilib  turilishi  kerak.  Oqsillarga  bo‘lgan  talabni  o‘rganish  uchun  tanada 
oqsil  muvozanati,  ya'ni  kecha-kunduz  davomida  oziq  moddalari  bilan  qabul 
qilingan  proteinlar  va  shu  vaqt  ichida  ularning  parchalanishidan  hosil  bo‘lgan 
moddalar  nisbati  solishtiriladi.  Oqsil  muvozanati  haqida  xulosa  azot 
muvozanatini  o‘lchash  bilan  chiqariladi.  Agar  ovqat  tarkibida  to‘la  qiymatli 
oqsil  yetarli  bo‘lsa,  tanaga kirgan  hamda  chiqarib  yuboriladigan azot  miqdori 
bir-biriga  teng  bo‘lib,  bu  azot  muvozanati  (balansi)  deyiladi.  Yosh,  o‘suvchi 
vujudda  anabolik  jarayonlar  ustun  bo‘lib,  mushaklarda  oqsil  vazni  ko‘payadi, 
gormonlar,  fermentlar  hosil  bo‘ladi.  Shu  bois  bolalarda  musbat  azot 
muvozanati,  ya'ni  ovqat  bilan  tanaga  kirgan  azot  miqdori  chiqarib 
yuboriladiganidan ko‘p bo‘ladi. Keksalarda va oqsili kam hamda to‘la qiymatsiz 
oqsilli  ovqat  iste'mol  qilinganida  buning  teskarisi,  ya'ni  manfiy  azot 
muvozanati  kuzatiladi.  Bunda  ovqat  bilan  kiradigan  azot  miqdori  chiqarib 
yuboriladiganidan  kam  bo‘ladi.  Manfiy  azot  muvozanati  vitaminlar,  ayrim 
aminokislotalar  va  mineral  moddalar  me'yoridan  kam  yoki  butunlay  iste'mol 
qilinmasa,  oshqozon-ichaklardagi  so‘rilish  jarayonlari  buzilsa  ham  sodir 
bo‘ladi. 
Oqsillarning  biologik  qiymati  uning  tarkibidagi  almashinmaydigan 
aminokislotalari,  ularning  almashtirib  bo‘ladiganlariga  nisbati  hamda  me'da-
ichak  yo‘lida  qanday  hazm  bo‘lishi  bilan  belgilanadi.  Almashinmaydigan 
aminokislotalarga  lizin,  triptofan,  valin,  leytsin,  metionin,  fenilalanin, 
izoleytsin  va  treoninlar  kiradi.  Keyingi  yillarda  bu  qatorga  yana  gistidin  va 
arginin ham kiritildi. Almashtirib bo‘ladigan aminokislotalarning (alanin, serin, 
asparagin  kislotasi,  glutamin  kislota,  lizin,  prolin,  glutamin,  sistein)  kundalik 
ratsionida 
yetarli 
miqdorda 
bo‘lishi 
muhim 
bo‘lib, 
bu 
hol 
almashinmaydiganlarini tejab sarflashga olib keladi. 
Har  ikkala  guruh  aminokislotalarining  bir-biriga  nisbati  ona  suti  va 
tuxum  tarkibida  eng  ma'qul  darajada  bo‘ladi.  Kattalarda  almashinmaydigan 
aminokislotalarga  talab  bir  kecha-kunduzda  triptofan–1,  leytsin–4-6, 
izoleytsin–3-4, valin–3-4, treonin–2-3, lizin–3-5, metionin–2-4, fenilalanin–2-4, 
gistidin–1;  5-2,0,  arginin  6  g  ga  teng  bo‘lib,  homiladorlik,  sut  emish  va  sport 
bilan  shug‘ullanish  bu  miqdorlarning  bir  muncha  ko‘payishiga  olib  keladi. 


133 
 
Oqsillarning  tarkibida  almashinmaydigan  aminokislotalarning  barchasi  yoki 
ko‘pchiligi  bo‘lsa,  ular  to‘la  qiymatli  oqsillar,  faqat  almashtirib  bo‘ladigan  va 
ayrim  almashinmaydigan  aminokislotalardan  tarkib  topgan  bo‘lsa,  to‘la 
qiymatsiz oqsillar deyiladi. Biologik to‘la qiymatli oqsillar go‘sht, tuxum, jigar, 
sut,  sut  mahsulotlari,  baliq  va  1-toifali  ichak-chavoq  aralashmasida  uchraydi. 
O‘simlik  oqsillari  odam  vujudiga  asosan  non  bilan  kiradi  (7%),  yana 
dukkaklilarda  ham  oqsil  anchagina  (24%).  Odam  vujudi  tomonidan  hayvon 
oqsilining  esa  83-85%  qismi  o‘zlashtiriladi.  Oqsillarning  o‘zlashtirlishiga 
taomlarning  tayyorlanish  jarayoni  ham  ta'sir  qiladi.  Mahsulotlarning 
pishirilishi,  sirka  kislotasining  past  zichlikdagi  eritmasi  bilan  aralashtirilishi 
ularning 
tarkibidagi  oqsillarga  tegishli  fermentlarning 
ta'sir  etish 
imkoniyatlarini  kengaytiradi,  natijada  ular  yaxshi  o‘zlashtiriladi.  Agar  ovqat 
pishirilganidan  keyin  yuqori  haroratda  uzoq  vaqt  ushlab  turilsa  uning 
tarkibidagi oqsillar zichlashib, fermentlar ta'sirida parchalanishi yomonlashadi, 
qiyin  hazm  bo‘ladi.  Shuning  uchun  qaynatilgan  go‘shtdan  uning  yuqori 
haroratda qovurilgani qiyin o‘zlashtiriladi. Qovurib pishirilgan go‘shtning qiyin 
hazm  bo‘lishi  ko‘pchilikka  ma'lum,  bunday  taomning  yetarli  darajada 
o‘zlashtirilishi  uchun  shuncha  miqdordagi  qaynatilib  pishirilgan  go‘shtga 
sarflanadigan  fermentdan  ko‘proq  va  faolroq  ferment  kerak  bo‘ladi. 
Fermentning  o‘zi  ham  oqsildan  iborat,  uning  ishlab  chiqarilishi  vujuddan 
tegishli  quvvat  va  aminokislotalar  sarflanishini  talab  qiladi.  Shu  bois  me'da-
ichaklari nosog‘lom kishilar uchun qovurilgan go‘shtli ovqat tavsiya qilinmaydi, 
ularda  ko‘pincha  hazm  shiralari  tegishli  faollikdagi  proteolitik  fermentlarga 
ega bo‘lmaydi.  
3-jadval 
 Ayrim o‘simlik donlaridagi oqsillarning miqdori 
Mahsulotlar 
Oqsillar (%) 
Mahsulotlar 
Oqsillar (%) 
Soya  
Kungaboqar  
Yeryong‘oq  
Kunjut urug‘i 
Uzum urug‘i 
Makkajo‘xori 
murtagi  
34,9 
20,7 
26,3 
19,4 
12,0 
24,8 
Paxta chigiti 
Zig‘ir  
Raps  
Maxsar  
Pomidor 
urug‘idan  
siqib 
olingan 
modda  
34,5 
22,0 
22,3 
10,0 
 
 35,0 
 


134 
 
Aholini  tegishli  miqdorda  to‘la  qiymatli  oqsillar  bilan  ta'minlash ancha 
muhim muammo bo‘lib, uni hal qilishda eng avval oqsilga boy bo‘lgan go‘sht, 
baliq,  tuxum,  sut-qatiq,  dukkakli  o‘simliklar,  don  kabi  turli-tuman 
mahsulotlarning  yetarli  bo‘lishiga  erishish  zarur.  Bulardan  tashqari  yana 
oqsillarning  noan'anaviy  manbalari  ham  mavjud  bo‘lib,  ularga  ko‘pgina 
o‘simlik donlari, xususan, yog‘ olinadigan donlar, bir hujayralilar (xlorella va b), 
sintetik  yo‘l  bilan  tayyorlanadigan  aminokislotalar  va  boshqalar  kiradi.  Yog‘i 
olingandan  keyin  donning  qolgan  qismi  ko‘pincha  tashlab  yuboriladi  yoki 
ozuqa  sifatida  mollarga  beriladi,  vaholangki  ular  oqsilga  juda  boy.  3-chi 
jadvalda  shunday  donlar  tarkibida  qancha  oqsil  bo‘lishi  haqida  ma'lumot 
berilgan. 
4-jadval  
Tavsiya qilinadigan oqsil me'yorlari 
Aholi 
guruh 
lari 
Yoshga ko‘ra 
qo‘shimcha 
guruhlar 
 
 
Oqsilga bir kecha-kunduzda bo‘lgan talab, g 
Erkaklar uchun 
Ayollar uchun 

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish